Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Лебедева С.В. Содержание и специфика термина “проксиматика”// Вопросы 
психолингвистики. – 2009. – № 10. – С. 62-68. 
2. Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность. – Изд. 2-е, стереотипное. – М.: 
Смысл, 1997. – 216 с. 
3. Орлова С.Н. Причины появления эвфемизмов в экономической прессе // Вестник 
Университета российской академии образования. – М., 2010. – № 5 (53). – С. 169. 
4. Залевская А.А.Значение слова через призму эксперимента: монография. – Тверь: ТГУ, 
2011. – С. 80. 
5. Nutq madaniyati. L.Raupova. . – Innovatsiya ziyo. 2019. – T.: -B.138. 
6. O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”romani. “Yangi asr avlodi” nashriyoti, -T.: - B.584 
SAVDO OBYEKTLARINI NOMLASH TAMOYILLARI 
(NUKUS SHAHRI RESTORAN, KAFE VA TO‘YXONALARI MISOLIDA) 
PRINCIPLES OF NAMING COMMERCIAL OBJECTS 
(NUKUS CITY AS AN EXAMPLE OF RESTAURANTS, CAFES AND WEDDING 
VENUES) 
Farhod Bobojonov 
*
 
 
Annotation. The article covers the relationship between naming and naming service, the 
formation of the naming system in Uzbek, the problems in choosing or creating a name in the 
state language, the analysis of the names of restaurants, cafes and wedding halls in the city of 
Nukus. 
Key words: naming, naming, naming principles, naming service, naming, naming service, 
nationality, popularity, sonority, compactness, territorial compatibility, naming trade, 
production and service facilities, restaurant, cafe and wedding hall names. 
 
O‘zbek tilida keyingi yillarda neyming atamasi tilshunoslikka doir ilmiy ishlarda, biznesga 
doir matnlarda ko‘p uchraydi. Neyming termini nomlash, nom berishga nisbatan ishlatilsa-da
ma’no doirasi, qo‘llanish obyektiga ko‘ra so‘zlashuv nutqiga xos nom so‘zidan farq qiladi. 
“O‘zbek tilida nom so‘zi borliqdagi har qanday narsa-predmet, voqea-hodisa, belgi-harakat, 
miqdor kabilarga nisbatan ishlatiluvchi so‘z bo‘lsa, neyming ishlab chiqarish va savdo-sotiq 
obyektlari, mahsulotlar, ularning markasi (brendi) nomlarini qamrab oluvchi terminologik birlik 
ekanligi bilan xarakterlidir. Bu termin zamonaviy tilshunoslikka ham aynan shu ma’nosida kirib 
* Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish 
asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi rahbari 


178 
keldi va bugungi kunda ishlab chiqarish va savdo-sotiq obyektlari, mahsulotlarni nomlashning 
lingvistik jihatlarini o‘rganuvchi faoliyat turiga nisbatan faol ishlatilmoqda.”[2]
Obyektlarni davlat tilida va milliy an’analardan kelib chiqqan holda nomlashni 
muvofiqlashtirish tizimini huquqiy tomondan tartibga solishga, nomlashni davlat tilida amalga 
oshirishga keying yillarda hukumat darajasida e’tibor qaratilyapti. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martda qabul qilingan “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 144-sonli 
qarori [1] sohaning rivojlanishi uchun huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Qaror ijrosini ta’minlash 
maqsadida mamlakatimizda ko‘plab obyekt va hududlarni davlat tilida nomlash masalasi 
ko‘tarilmoqda va bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan 
savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, qo‘shma korxonalar, firmalar va boshqa xo‘jalik 
birlashmalarini milliy brend darajasiga ko‘tarila oladigan nomlar bilan atashda tilshunoslarning 
tavsiyalari muhim o‘rin tutadi.
Tilda har qanday nom til hamjamiyati vakillari ongida qandaydir borliq tasavvurini yoki 
mavhum tushunchaning in’ikosini shakllantirishi lozim. Ya’ni nomlash jarayonidagi eng muhim 
jihat nom inson ongida predmet yoki tushunchaning vizual modelini yaratishi kerak. 
Shuningdek, nomlashda milliylik, ommaboplik, jarangdorlik, ixchamlik, hududiy muvofiqlik 
kabi talablarni ham hisobga olish zarur. 
Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berish masalasini Nukus 
shahridagi restoran, kafe va to‘yxonalar misolida ko‘rib chiqqanimizda nomlash bilan bog‘liq 
qiziqarli xulosalarga keldik.
Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida, umuman Qoraqalpog‘istonda o‘zbek va 
qoraqalpoq tillari davlat tili hisoblanadi. Shu bois tashqi yozuvlar, savdo obyektlarining nomlari 
har ikki tilda ham yozilishi mumkin. Biroq tilakka qarshi eng ommabob savdo obyektlari 
hisoblangan yirik restoran va to‘yxonalarning nomlanishi jarayonlarini o‘rganib chiqqanimizda, 
ularning aksariyati xorijiy so‘zlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tahlillarimizda obyektlarning turlari 
va nomlanish davriga e’tibor qaratish orqali qiziqarli natijalarni qo‘lga kiritdik. 
Savdo obyektlaridan ommabop, xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha Nukus shahrida top 10 
talikka kiritilgan restoran, kafe va to‘yxona nomlarini tahlil obyekti sifatida tanlab oldik. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling