Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Bir mahal oyimning piqillab yig‘layotganini eshitib, boshimni ko‘tardim. U ro‘molining 
uchini yuziga bosgancha hiq-hiq yig‘lar edi. 
- Bu dunyoga kelib nima ko‘rdi bechora, - dedi titroq lablarini tishlab, odamzodning holi 
shu-yu, qadri yo‘q.( O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani) 
2. 40 yoshlardagi madaniy saviyasi pastroq o‘qimagan ayol nutqi: 


176 
- Nima gap tinchlikmi ? 
 - Kazangap o‘lib qoldi. 
- Qachon ? 
- Yaqindagina. Shunday kunda o‘ladi, deb kim o‘ylabdi. Qanday mo‘min qabil odam edi-
ya! Ko‘zi ochiq ketdi dunyodan. Yopib qo‘yishga ham odam topilmabdi-da,- zarlanib yig‘lardi 
u.( Ch.Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani). 
3. 7 yoshlardagi qiz bola nutqi. 
– Urre! Katta adam jevachka obkeldila! 
U qo‘limdan saqichni yulqib oldi-yu, kutib turgan o‘rtog‘i tomonga yugurdi. 5-6 qadam 
nariga borib to‘xtadida, bir nima esiga tushgandek orqasiga qayrilib qaradi: 
 – Katta ada, buvim o‘ldila … - dedi ko‘zlarini pirpiratib. ( O‘.Hoshimov. “Ikki eshik 
orasi”romani.) 
Tilshunos L.Raupovaning 18-25 yoshdagi kishilar bilan 30-50 va undan katta yoshdagi 
kishilarning nutqi anchagina farqlanishini, xususan, 18-25 yoshdagi kishilar nutqida jargon, 
argo, vulgarizmlar, olinma so‘zlar tez-tez qo‘llanilishi haqidagi mulohazalariga qo‘shilish 
mumkin. Darhaqiqat, ayol yoki erkak nafaqat biologik va fiziologik jihatdan, balki ularning 
nutqi ham bir-biridan farqlanadi. Tadqiqotlarda qarg‘ish muallifi sifatida aksariyat hollarda 
ayollar ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo badiiy asarlar tahlilidan kuzatish mumkinki, 
otalarning qarg‘ishi ham og‘zaki muloqotda uchrab turadi. O‘zbek otalari o‘g‘il-qizlari ular 
yuzini yerga qaratganda, oila nomusini bukkanda, yomon yo‘lga kirganda qarg‘ashga majbur 
bo‘ladi. Masalan: O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida yozuvchi Kimsanning yo‘qolib 
qolganligidan foydalanib, uni qochoqlikda ayblagan Umar Zakunchining gapini eshitgan ota 
farzandini quyidagicha duoyi bad qiladi [O‘.Hoshimov, 2016: 584]
- Qo‘yvor! – cholim qo‘shqo‘llab Oqsoqolning o‘g‘ir dastasidek yo‘g‘on bilagiga yopishdi. 
– Oq qildim! – dedi chiyillab. – Bunaqa o‘g‘lim yo‘q! Oq qildim.(O‘.Hoshimov. “Ikki eshik 
orasi”romani). 
O‘zbek nasrining qimmatli asarlaridan “Ufq” romanida qochoq o‘g‘li bilan ro‘para kelib 
qolgan Ikromjon ota o‘g‘li el-yurt oldida obro‘sini to‘kkanligi uchun o‘g‘lini qarg‘aydi: 
- Yur!.. 
- Qayoqqa? 
- Qishloqqa. Yurt oldiga. Sen yaramasning jazoingni yurt bersin. 
- Dada, dadajon! 
- Dada dema. Sendek bolam yo‘q. Seni allaqachon o‘ldiga chiqazib qo‘yganman.
Ko‘zlaring o‘yilsin, o‘qraygan ko‘zlaringni quzg‘unlar cho‘qisin!
Said Ahmadning mohirona uslubida otaning ustma-ust qarg‘ishi orqali asar 
ta’sirchanligini oshirish, otaning dardini aniq bayon etish maqsadi yotganligini ko‘rish mumkin: 
- Kim uchun! Kimga deb yig‘dim bularni? Ko‘r bo‘lgur, basir bo‘lgur. Xudoyo xudovando 
ikki ko‘zing sitilib oqsin seni. 
Tahlillarga olingan misollardan ko‘rinadiki, o‘zbek erkak va ayollarining nutqiy muloqoti 
o‘ziga xos bo‘lib, ular xarakter-xususiyatini ifodalashga xizmat qiladi. Biz ham 
A.N.Leontyevning fikrlariga muvofiq, til psixik ma’nolarining alohida holatlaridan biri bo‘lib, 
shuning uchun odam og‘zaki bo‘lmagan usullarda ma’no hosil qilishi mumkinligini aniqladik. 
Bizning fikrimizcha, reklama, xususan, ijtimoiy reklama maxsus ijtimoiy evfemizmlarning paydo 
bo‘lishiga olib keldi, shu bilan birga, zamonaviy evfemizmlar ham kontekstga ta’sir qiladi, bir 
vaqtning o‘zida olamga munosabatning ijtimoiy va individual usulini amalga oshiradi, shuning 
uchun u ichki kontekstdir. S.V.Lebedevaning ta’kidlashicha, insonning ichki kontekstini 
shakllantirishda biologik va ijtimoiy xususiyatlar bilan ajralib turadigan shaxsiyatning 
rivojlanish jarayoni hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Bizning fikrimizcha, fikrni ixcham yetkazish zarurati, shuningdek, zamonaviy aloqa 
kanallarining o‘ziga xosligi va reklama uchun ajratilgan vaqtning tejalishi ijtimoiy reklamada 
vaqti-vaqti bilan turli kodlarning evfemistik birliklaridan foydalanishning sabablaridan biridir. 
Shu tariqa zamonaviy jamiyat ham evfemiyaning alohida turi paydo bo‘lishiga hissa 


177 
qo‘shmoqda, uni biz o‘z tadqiqotimizda ijtimoiy evfemiya – narsalarning asl mohiyatini 
niqoblash, tushunchalarning o‘rnini bosish deb ataymiz, bu esa shaxsning unga munosabatini 
aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy institutlarning vazifalari, masalan: narxlarni 
oshirish – narxlarni erkinlashtirish; jinsiy aloqa – bu yaqinlik; korrupsiya – bu illat; o‘ldirish – 
zararsizlantirish va boshqalar.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi ijtimoiy vaziyatda evfemizmlar, ya’ni insonning ijtimoiy 
mavqeiga ko‘ra “qo‘llangan” evfemizmlar evfemik vorisiylikni buzadi. Har qanday so‘z ma’nosi 
tabiati bo‘yicha zamonaviy psixolingvistik tadqiqotlar ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, ma’noni 
talqin qilishda, birinchi navbatda, insonning obyektiv voqelikni tushunishdagi rolidan kelib 
chiqib, so‘z individual leksikaning birligi sifatida uning barcha o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish kerak. Kundalik amaliy faoliyatda bizga so‘z shakllari asosan anglash vositasi va 
“mexanizmi” sifatida kerak [Залевская А.A, 2011: 240] , ular biz uchun obyektlar, harakatlar, 
sifatlar va munosabatlardir.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling