Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- cho‘ziladi
- [sod. f.] – sodda fel, [t.f.]
Oshiq omonimi ishtirokidagi
kontekst Oshiq so‘zidan oldingi yoki keyingi qism Oshiq leksemasi turkumi va ma’nosi Mening yoshligimda birga oshiq o‘ynab, yaxmalak otib o‘sgan bir og‘aynim bor. 0 →oshiq; oshiq +ø→ o‘ynab turdosh ot (t.o), “o‘yin ashyosi” Bu o‘rinda 0-qismning mavjud emasligi, ø-grammatik shaklning belgisiz ekanligini, g.sh- grammatik shaklni, g.v.-grammatik vositani bildiradi. Ushbu misolda tushum kelishigining belgisiz qo‘llangani ham shu so‘zning turdosh otga mansubligini bildiradi. Chunki tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi faqat turdosh otlarga xosdir. 5-, 8-misollardagi chiqish kelishigi ko‘rsatkichi leksemaning ravish turkumiga mansubligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Omonimlar bilan bog‘liq muammo kompyuter lingvistikasining tayanch usullaridan biri hisoblangan teglash (razmetkalash) orqali bartaraf etilishi mumkin. Razmetkalarni ikkiga ajratish mumkin: 1. Xalqaro razmetkalar. 2. Milliy tilda qabul qilingan razmetkalar. Xalqaro miqyosda qabul qilingan maxsus belgilar tizimi tushunchalarni umumiy tarzda kodlashga xizmat qiladi. Milliy tilda yaratilgan korpuslar shu millat ijtimoiy doirasida foydalaniladi. Bunday korpuslarning maqsadi milliy til sohibiga shu tilga oid matn mazmunini, tushunchalar va terminlarni yetkazishni maqsad qiladi. Shu bois milliy korpuslarda milliy til asosidagi razmetkalarni qo‘llash ijobiy natija beradi. Xorijiy mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlarda bo‘lganidek, o‘zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasiga doir izlanishlarda ham milliy teg asoslarini yaratishga bo‘lgan intilishni kuzatish mumkin. Masalan, Sh.Hamroeva tomonidan mualliflik korpusi tuzish tamoyillari ishlab chiqilgan. Razmetkaning korpus tuzishdagi ahamiyati, tegning lingvistik vosita ekanligi asoslab berilgan: “Fe'l turkumini razmetkalashning lingvistik modelini ishlab chiqishda fe'lning barcha grammatik kategoriyalari hisobga olinadi; fe'l-lemmaga so‘zshaklga qarab shu belgilardan tegishlisi yoziladi. Razmetka ko‘rinishi: cho‘ziladi [f], [must. f.], [har. f.] , [o‘-siz f.], [b-li f.], [o‘zl. n.], [sod. f.], [t.f.], [x.m.], [k.z.], [III sh.b.]”. [2] Ushbu razmetkalar quyidagicha dekodlanadi: [f] –fe'l, [must. f.] – mustaqil fe'l, [har. f.] – harakat fe'li, [o‘-siz f.] –o‘timsiz fe'l, [b-li f.] –bo‘lishli fe'l, [o‘zl. n.] – o‘zlik nisbat , [sod. f.] – sodda fe'l, [t.f.] – tub fe'l, [x.m.] –xabar mayli, [k.z.] –kelasi zamon, [III sh.b.] – III shaxs birlik. Milliy teglar bazasi lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyatli korpuslarni shakllantirish uchun zarurdir. Ma'lumotlarning tushunarli bo‘lishi, modellashtirish, qidiruv jarayoni qulayligini ta'minlash maqsadiga xizmat qiladi. Razmetkalar qo‘yishda tilning o‘ziga xos xususiyatlari ham e'tiborga olinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi omonimlarni farqlash uchun maxsus teglar talab qilinadi. O‘zbek tilidagi matnlarda omonimlarni farqlashda kodlardan, simvollardan, turkumni bildiruvchi teglardan foydalanish talab etiladi. Buning uchun izohli lug‘atlarda qo‘llanadigan rim raqamlaridan teg sifatida foydalanish mumkin. Faqat rim raqamlarini qat’iy tarzda belgilab olish kerak bo‘ladi. I –ot, II–fe'l, III–sifat, IV–ravish. O‘zbek tilida ot-fe’l omonimligi ko‘pligi darajasiga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi (tut I – daraxt, tut II –harakat). Ot-sifat omonimligi (chanqoq I “tashnalik” – chanqoq III “tashna”) yoki fe'l-sifat omonimligi (yotII –harakat, yot III – “begona”) keyingi o‘rinda turadi. Ot-ravish omonimligi uchramaydi. Sifat-ravish-fe'l omonimligi kam uchraydi: tik II harakat, tik III “qiya”, tik IV “to‘ppa-to‘g‘ri”. oshiq I –“ishq sohibi”; oshiq I – “tana qismi”, oshiq I – “o‘yin nomi”; oshiq II– “shoshmoq”; oshiq III– “ortiq”. 185 Bir turkumga oid so‘zlarni farqlash zarurati omonimlar uchun tanlangan teglarning cheklangan tomonini ko‘rsatadi. Omonimik qatori a'zolarini farqlash uchun yana maxsus belgi talab qilinadi: oshiq I –“ishq sohibi”; oshiq I – “tana qismi”, oshiq I – “o‘yin nomi”. Bir xil teglangan omonimlarni tarjima dasturi yana farqlamaydi. Bu omonimik shakllarga qo‘shimcha ravishda maxsus belgilar qo‘yib chiqish kerak bo‘ladi: oshiq Ish–“ishq sohibi”; oshiq Iz – “hayvon tanasi qismi” (tananing bu qismi umurtqali jonzotlarda, xususan, insonda ham bo‘lishidan qat'iy nazar so‘z anglatgan tushuncha faqat tuyoqlilarga nisbatan xoslanib qolgan. Shu bois hayvonlarga xoslanish belgisini ifodalashda z (zoonim) razmetkasidan foydalandik), oshiq Iǒ – “o‘yin nomi”. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling