Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


O‘ZBEK TILIDAGI OMONIMLARNI TEGLASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

O‘ZBEK TILIDAGI OMONIMLARNI TEGLASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH 
FORMATION OF A SYSTEM OF HOMONYMS IN THE UZBEK LANGUAGE 
Muqaddas Abdurahmonova

 
Annotation. The article highlights the phenomenon of homonyms in Turkic languages
the role of homonyms in the development of thinking. The issue of forming a database of 
homonyms and defining homonyms was considered. Recommendations on the formation of a 
system of information tastes and tags of homonyms in the Uzbek language are given. Examples 
of touching homonyms in Uzbek language are described. 
Key words: homonym, homonyms function, computer linguistics, database, tagging, 
tagging system. 
 
 
O‘zbek tili mavqeyi va nufuzining ortib borishi tilshunoslikning amaliy sohalari bo‘lgan 
kompyuter va korpus lingvistikasi rivogi bilan bog‘liq. Korpus lingvistikasi hozirgi kunda 
mustaqil rivojlanayotgan, kelajakda barcha ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga xizmat qiladigan 
zamonaviy yo‘nalish hisoblanadi. Korpus lingvistikasining asosiy masalalarini yoritish, milliy 
korpus, mualliflik korpusi, parallel matnlar korpusi, taqdimot korpusi va boshqa bir qator 
ma'lumotlar bazasini yaratish, korpus lingvistikasi yo‘nalishlari yuzasidan tadqiqot olib borish 
uchun, eng avvalo, har bir tilning o‘ziga xos tabiatini e'tiborga olish lozim bo‘ladi. Chunki 
kompyuter lingvistikasi ham, korpus lingvistikasi ham umumiy emas, xususiy xarakterga egadir. 
Kompyuter va korpus lingvistikasi har bir tilning NLP (Natural Language Proessing) 
ko‘rinishidagi, tabiiy tilning qayta ishlangan, modellashtirilgan shakliga asoslangan holda barcha 
lingvistik masalalarni hal qilishga yo‘naltiriladi. 
Omonimlik o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan bo‘lib, undan nafaqat tushunchalarni 
ifodalashda, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, tafakkurni o‘stirishda amalda foydalanib kelingan. 
Hazrat Alisher Navoiy shakldoshlik asosidagi tajnis san'ati va uning tuyuq janridagi o‘rnini ham 
ilmiy, ham amaliy jihatdan tahlil qilib bergan. Tuyuq janrini “turkiy xalqlarning xos ash'ori” deb 
atagan. Turkiy xalqlarning “baland idrok”, “tezfahm”lik stereotiplarini shakllantirishda tuyuq 
janrining o‘ziga xos ahamiyatini ko‘rsatib bergan. 
Hozirgi o‘zbek tili ta'limining yetuk vakillaridan biri, taniqli pedagog ommaviy axborot 
vositalaridan biridagi chiqishlarida tuyuq janri va uning asosidagi tajnis san’atini “keys”ning eng 
yorqin namunasi sifatida baholagan edi. 
Ammo omonimlardagi bir xil shakl va har xil mazmun tabiiy tilni qayta ishlashda, o‘zbek 
kompyuter-axborot uslubini ishlab chiqishda muammolar tug‘diradi. Masalan, omonimlarni 
tarjima qilish jarayonida so‘z shakl va ma'nosi farqlamaslik bilan bog‘liq holatlar ko‘zga 
tashlanadi. Masalan, oshiq omonim leksemalarining tarjimada, aksariyat o‘rinlarda, “ishq 
sohibi” ma'nosidagi so‘z sifatida talqin qilinishi shu ma'nodagi leksik birlikning qo‘llanish 
chastotasi bilan belgilanadi. 
Hozirgi ingliz tilida turkum omonimiyasini morfologik razmetkada bartaraf etish uchun 
qurshovdan (oldin yoki keyin kelgan so‘zdan: pravыe i levыe kollokatы) foydalaniladi. 
Birikma so‘zning qaysi turkumga mansubligini aniq ko‘rsatib turadi. [1] Kollokatsiy (правыe 
и левыe коллокаты – biz bu usulni “semantik qurshov” deb nomladik) usulidan o‘zbek 

O‘zMU dotsenti, f.f.n. 


184 
tilidagi omonim so‘zlarni ajratishda foydalanish mumkin. Bu usulni oshiq omonimik qatori 
misolida tahlil qilamiz. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling