Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Some damn fellow that's too rich to afford to be caught stealing sets back and leaves a 
durn fool that never saw twenty-five hundred dollars before in his life at one time, pull his 


191 
chestnuts for him. Juda ham bitib ketgan razil maxluq o‘zini quruqqa olib qochadi, boshqasi – 
ahmoqlarning eng ahmog‘i esa, garchi umrida qo‘liga ikki yarim ming ushlamagan bo‘lsa ham, 
anov razilga cho‘g‘ ustidan pista olib berib turadi. 
Inglizcha matndagi pull his chestnuts for him “u uchun kashtan uzib bermoq” 
mazmunidagi frazeologik birikma cho‘g‘ ustidan pista olib berib turmoq frazeologizmiga  
almashtirilgan. Tarjimonning mahorati lisoniy ongga madaniy nuqtai nazaridan yondashganida 
ko‘rinadi. Pull his chestnuts for him “u uchun kashtan uzib bermoq” frazeologizmi o‘zbek 
madaniyatiga notanish manzara. Birinchidan, O‘zbekiston hududida kashtan daraxti kam 
uchraydi. Ikkinchidan, o‘zbeklar ongida “kashtanning uzib olinishi”, undagi qiyinchilik 
haqidagi bilim mavjud emas. Cho‘g‘ ustidan pista olib berib turmoq iborasi esa aniq tasavvur 
hosil qiladi. Kitobxon ongida cho‘g‘ va uning kuydirish xususiyati, pistaning kichik hajmdaligi 
haqida axborot mavjud. Bu bilim jarayonning murakkabligi to‘g‘risidagi idrokni hosil qiladi. 
I at last succeeded in evading his other down-at-heel compatriots like my first informant; men a 
little soiled and usually unshaven, who were unavoidable in the cantinas and coffee shops, loud, 
violent, maintaining the superiority of the white race and their own sense of injustice and of 
outrage among the grave white teeth, the dark, courteous, fatal, speculative alien faces, and had 
Midgleston to breakfast with me. Men haligi birinchi hamsuhbatimga o‘xshagan uning 
sho‘rpeshona vatandoshlari hayotda ko‘p ezilgan, to‘zgan, doim soch-soqollari o‘sib yuradigan, 
qachon qaramang, kafe va barlarni to‘ldirib o‘tirib, tishlari injuday oppoq, qoramag‘iz, nazokatli, 
o‘ychan yerli kishilar orasida shovqin-suron ko‘tarib, oq tanlilarning afzalligi, boshlariga 
tushgan turli nohaqlik va xafagarchiliklardan vag‘irlashib so‘zlashadigan kimsalardan andak xoli 
qolishim bilan o‘zim uni birgalikda nonushta qilishga taklif qildim.
Keltirilgan parchadagi grave white teeth “qabr toshiday oppoq” deb sifatlangan tish 
o‘zbek tilida injuday oppoq, the dark “qorong‘ulikday” ma'nosidagi so‘z qoramag‘iz, deb 
tarjima qilingan. Tishning qabr toshi oppoqligiga qiyoslanishi o‘zbek madaniyatiga xos emas. Bu 
holat qabrtoshning oqligi o‘zbek madaniyatida etalon emasligi, qabr tushunchasi bilan bog‘liq 
aksqadriyatlar bilan belgilanadi. O‘zbek madaniyatida, mumtoz adabiyotida tishning oqligi inju 
rangiga qiyoslanadi. Bunda tishning nafaqat rangi, balki sog‘lomligi haqida ham axborot 
beriladi. “Qorong‘ulikday” mazmuni insonga nisbatan qo‘llanmaydi, balki makon va zamon 
bilan bog‘liq tushunchadir. 
But some is born for one thing and some is born for another thing. And the fellow that is born a 
tadpole, when he tries to be a salmon all he is going to be is a sucker. Tarjimada: Lekin har 
kimniki o‘ziga. Jo‘ja bo‘lib tug‘ilgan ekansan, baribir hyech qachon burgut bo‘lib qolmaysan, 
oxiri tovuq bo‘lasan, xolos. 
And the fellow that is born a tadpole, when he tries to be a salmon all he is going to be is 
a sucker. Itbaliq bo‘lib tug‘ilgan ekansan, losos bo‘lishga qanchalik urinsang-da, oxirida bir 
tirrancha bo‘lasan, xolos mazmunidagi o‘xshatishlar Jo‘ja bo‘lib tug‘ilgan ekansan, baribir 
hyech qachon burgut bo‘lib qolmaysan, oxiri tovuq bo‘lasan, xolos o‘xshatishlariga 
almashtirilgan. 
O‘zbek kitobxoniga itbaliq yaxshi tanish bo‘lsa-da, losos haqidagi tasavvur yetarli 
darajada to‘liq emas. Lisoniy ongda losos, uning xususiyatlari haqida ma'lumotlar, deyarli 
kuzatilmaydi. Shuning uchun tarjimon o‘xshatishlarda madaniyatga tanish etalonlardan 
foydalangan. Mazkur o‘xshatishlar tushuncha ifodalash bilan bir qatorda emotsional- ekspressiv 
xususiyatlarni ifodalaydi. Shuning barobarida tushunchani darajalab ko‘rsatishga ham xizmat 
qilgan. Graduonimiya tarjima matnda ham o‘z ifodasini topgan. 
№ Asliyatdagi o‘xshatishlar 
Tarjima matndagi ifodasi 
Gradual ma'no 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling