Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Metod va metodologiya. Maqolada kognitiv-semantik tahlil asoslari yoritilgan
tadqiqotlar, kognitiv tahlil usullari, tavsiflash, chog‘ishtirish metodlari, diaxron va sinxron metodlardan foydalanildi. Metafora va frazeologik birliklarda so‘z va so‘z birikmasining kognitiv xususiyatlari. Ongda o‘zaro aloqadorlik xaritasi sifatida ta'riflangan metafora va uning nutqdagi lingvistik shakllarda namoyon bo‘lish masalalari tadqiqotlarda yoritilgan. Dastlabki tushunchalar hamda metaforalarning nutqni qayta ishlash jarayonida kognitiv ifodalanish munosabatlari tahlil qilingan. Nutqni tilshunoslik, diskurs-analitik, shuningdek, psixologik qarashlar bo‘yicha ko‘p bosqichli hodisa sifatida tushunish tahlillari asosida lingvistik shakllarni, konseptual tuzilmalarni, kommunikativ funksiyalarni va kognitiv tasvirlarni tavsiflovchi metafora ko‘rinishlari misollar asosida izohlangan. Lingvistik shakllar, konseptual tuzilmalar va kommunikativ funksiyalarni o‘rganishda tahlilning semiotik tomonigagina emas, balki individual kognitiv jarayonlar va ularning nutqda voqyelanishiga e'tibor qaratilgan [Hyermmann,2013]. Rasmiy nutqdagi metaforalarning xususiyatlari ham tadqiq qilingan. Metaforalarga asos bo‘lgan chegaralar, manbalar va qat'iyatlilik kabi xususiyatlar belgilangan. Metaforalar shakllanishining gender belgilari tahlil qilingan. Metaforalardan nutqda foydalanish xususiyatlarini tushunish persepsiya jarayonining takomillashuvi uchun xizmat qiladi. Belgilangan metafora mavzulari, birinchi navbatda, erkaklar nutqida ilgari suriluvchi mavzulardan farq qilishini bilish, jinslar o‘rtasidagi muloqotni ilmiy asosda tavsiflash imkonini beradi [Trena,2008]. Metaforalarning rasmiy nutq doirasida tahlil qilinishi rasmiy va ommabop uslub xususiyatlarining uyg‘unlikda namoyon bo‘lishini ifoda etadi. Nutqiy muloqotning gender aspektdagi tadqiqi ayol va erkaklar nutqining o‘ziga xosligini ko‘rsatish bilan birga madaniy munosabatlar, qadriyatlardagi gender belgilarni ajratishga xizmat qiladi. Iqtisodiy mavzudagi matnlarda metaforalarning qo‘llanishiga oid izlanishlar amalga oshirilgan. Kognitiv tilshunoslik yo‘nalishida ta'kidlaganidek, biz atrofimizdagi dunyoni tushunish va o‘zaro munosabatda bo‘lish uchun foydalanadigan ma'noni shakllantirish jarayoni dinamik va o‘z navbatida metaforik xarakterga egadir. Metafora madaniy-kognitiv xususiyatga ega bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini, tafakkur darajasini, dunyoqarashini, qadriyatlarini va ijtimoiy munosabatlarini o‘rganish uchun qulay vositadir. Pragmatik darajada metafora yozuvchilarning maqsadlariga erishishlari uchun qulay usul hisoblanadi. Tasvir sxemasining o‘zgarishiga qarab, konseptual metaforadagi madaniyatlararo farqlarni kuzatish taklif qilingan [Mei,2010]. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima matnlardagi metafora namunalariga e'tibor beraylik. So she says, 'Don't you call me Mattie' and he hushed and he just stood there a little man; he looked kind of like me, they said tapping one of them little high-price cigars on his glove, with his face looking like he had thought about smiling a little and then he decided it wasn't even any use in that [Faulkner,2021]. O‘shanda ham xotini shartta betgachoparlik qilgandi: «Men senga Metti emasman!» Sho‘rlik eri turgan joyida qotib qoldi, tili tanglayiga yopishdi, o‘zi kichkinagina uvoq odam deng, – menga sizga o‘xshaydi, deb aytishardi. A'lo navli 188 sigarasini qo‘lqopiga asta-asta urganicha, yuzida yuz qolmagan, kulmoqchi bo‘lgan, lekin kulishini ham bilmagan bir alfozda turibdi deng [Folkner,2020]. Bu matnda little man sodda birikmasi (tobe+hokim so‘z) kichkinagina uvoq odam deng (tobe+tobe+hokim) shaklidagi murakkab birikmaga almashtirilgan. Tarjima matndagi uvoq so‘zi o‘zbek madaniyati mental ongidagi kichkina aniqlovchisining obrazli muqobilini aks ettirgan. Metaforalarning badiiy matndagi xususiyatlarini o‘rganishga oid bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. A.Paudah tadqiqotida Edgar Allan Po she'rlaridagi metafora turlari va metafora ma'nosi tahlil qilingan. Metafora majoziy tilning bir qismi bo‘lib, bir narsani boshqasiga qiyoslaydi. Tadqiqotlarda konseptual metafora, ontologik metafora, orientatsion metafora, sinestetik metafora, standart metafora, kengaytirilgan metafora, jonlantiruvchi metafora, faol metafora kabilar tahlil qilingan. Asosan, Edgar Po ijodidagi ontologik metafora xususiyatlari izohlangan [Puadah,2017]. Metafora masalalari N.A.Arutyunova, U.Yu. Vaulina, V.G.Gak, V.P. Grigorev, Yu.N.Karaulov, Yu.I.Levin, G.D.Sklyarevskaya, V.N.Teliya ishlarida ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotlarda metafora va metaforik tafakkur genezisi, ot va fe'l asosli metaforalarning yuzaga kelishi, tavsifi, metaforik ko‘chish mohiyati, metafora turlari, metaforik birliklarning leksik-semantik, morfologik, sintaktik aspektlardagi tahlili amalga oshirilgan. Uzual metafora hodisalari va muallif nutqiga xos okkazional metaforik ko‘chim o‘rtasidagi farqning namoyon bo‘lishi, metaforalarning uslubiy xususiyatlari, metafora usullarining badiiy matndagi ifodasi o‘rganilgan. M.Mirtojiev metaforaga oid tilshunoslik ilmidagi fikrlarni umumlashtirib, myetaforani hosila ma'no yuzaga kelish usullari (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, tobelilik)ning eng faoli sifatida baholagan. Hosil qiluvchi va hosila ma'no referentlari o‘xshashligiga asoslangan ko‘rinishi ekanligini ta'kidlagan. M.Mirtojiev simvolizatsiyaning nutq kechimidagi ellipsis bilan bog‘liq ekanligini, allegoriyaning esa nutq kechimidagi qochirim bilan aloqadorlikda yuzaga chiqishini ta'kidlab, metaforani oddiy metafora, personifikatsiya, sinesteziya kabi turlarga ajratgan [Mirtojiev,2010:67-69]. O‘z navbatida, til hodisasi bo‘lgan metaforaning yevropa tillariga oid ba'zi adabiyotlarda o‘xshatish belgisiga ko‘ra bir necha turga bo‘linganini ma'lum qilgan. Ayrim adabiyotlarda personifikatsiya, simvolizatsiya, allegoriya, sinesteziyalar metaforaning ko‘rinishi tarzda izohlangan [Mirtojiev,2010:67]. Oddiy metafora referentlarning oddiy qiyosi, o‘xshashligiga asoslansa, personifikatsiya jonsiz referentning jonli referentga o‘xshatilishiga; sinesteziya bir sezgi vositasida his qilingan referent belgilarining boshqa sezgi bilan his qilingan referentga ongda umumlashtirib qiyoslanishiga, o‘xshatilishiga asoslanadi [Mirtojiev,2010:71]. Metafora til imkoniyatlarini, til egasining tafakkur qobiliyati va idrok darajasini namoyon etuvchi ma'no ko‘chishidir. Bu hodisa til egalarining narsa-buyum, tabiat, jamiyat xususiyatlari, o‘simliklar dunyosi, jonzotlar olami haqidagi belgilarni chuqur o‘zlashtirishlari natijasidir. Shu bois metafora milliy-madaniy tafakkurdagi o‘xshatish asosidagi nomlashni ifoda etadi. “Ritorika va leksikologiyada metafora birinchi navbatda nomlash vositasi deb qaraladi. Lekin bu yerda metaforaning tavsiflovchi vazifasini birlamchi deb qarash keng yoyilgan, bu esa predikatning o‘rni bilan chambarchas bog‘liqdir. Semantik jihatdan ikki tomonlamalik uning predmet bilan bog‘liqlik munosabatini ikkilamchi o‘ringa surib qo‘yadi. Metaforada referensiya predmetning bevosita nomlanishi bilan bo‘lgan aloqani o‘rnatish orqali amalga oshiriladi” [Xajiev,2007:9]. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling