Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Mardni o‘ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq; Yigitni or o‘ldirar, Tuyani – sarbon; Mardni 
o‘ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq kabi 30dan ortiq maqollar er kishi oldidagi milliy va 
shaxsiy qadriyatlarni ifodalaydi. Ular xalqdagi or-nomus, g‘urur tushunchalari hayot-mamot 
masalasi ekanligi, xatto o‘lim evaziga or-nomusni saqlab qolish zaruriyatini gavdalantiradi. 
Obro‘ isitar, uyat kuydirar; Uyat - o‘limdan qattiq; Eman daraxtining egilgani – singani, Er 
yigitning uyalgani - o‘lgani maqollarida ham uyat leksemasining “nomus” semasi voqelanib
o‘lim qadriyati aks etgan. 
Yigitning sazasi o‘lgandan o‘zi o‘lgani yaxshi; Yigitning sazasi singuncha, Shaytonning 
bo‘yni uzilsin; Er yigitning so‘zi o‘lguncha, O‘zi o‘lgani yaxshi. Sazo leksemasi saza shaklida 
ham ishlatiladi. Forsiy (“mukofot”; “qasos”). O‘zbek tilida “qilmishiga yarasha oladigan tanbeh, 
dashnom”; “oniy istak”; “intilish”, “ra’y, harakat” ma’nolarida qo‘llanadi (O‘TIL, 2007: 421). 
Matnda “ra’y”, “intilish” semalari ifodalangan. Etnosning fiziologik qadriyatlarida o‘g‘il 
farzand tarbiyasi, ovqatlanish tartibi, jismoniy va ma’naviy sog‘ligiga alohida e’tibor berilgan. 
Ular avlodning davomchisi, oila boquvchisi sifatida qadrlangan. Shu boisdan ham hayotga 
bo‘lgan intilishning yo‘qolishi, g‘ayratsizlik, xohish-istakning rad etilishi oldida o‘lim ijobiy 
baholangan deyish mumkin. 
Yolg‘ondan o‘lim yaxshi. Ikki qasam - bir o‘lim. Yigitlar o‘rtasida va’da berib bajarmaslik 
jamiyatda hurmatning yo‘qolishi, obro‘ning to‘kilishiga olib keladi va bu holat maqollarda o‘lim 
qadriyati bilan voqelangan. Ikki chin so‘z – bir yolg‘onning yelimi, Ikki yolg‘on – bir yigitning 
o‘limi maqolida yolg‘on meyori, miqdoriga ko‘ra baholangan. Ikki sanoq soni ko‘plik miqdorini 
ifodalagan. Ya’ni rost (chin) so‘z miqdorining ko‘pligi bir aytilgan yolg‘onni “yelimlashi”, 
salbiy oqibatini sezdirmasligi mumkin. Ikki yolg‘on, ya’ni yolg‘on miqdorining ko‘payishi bir 
yigitning o‘limi bilan tenglashtirilgan. Bir soni ham bu maqolda o‘z ma’nosida qo‘llanilgan: bir 
yolg‘on deganda miqdorni, kamlikni ifodalagan bo‘lsa, bir yigit deganda “butun boshli” 
ma’noni bildirib kelgan. 
Qo‘rqoqlikdan o‘lim yaxshi. Qo‘rqoqlik illat va kasallik sifatida qaralgan. Tibbiyot, 
psixologiya fanlarida qo‘rqoqlikning tana va vujudga salbiy ta’siri isbotlab berilgan. 
Maqollardagi “qo‘rqoqlik” aksqadriyati harbiy harakatlardagi munosabatlarni baholagan. 
Chunki qo‘rqoqlik dushman qo‘shiniga boy berishdagi asosiy sabablardan biri sifatida 
tavsiflangan. Maqollarda qo‘rqoq shaxsning ruhiyati ham tasvirlangan: Qo‘rqoq o‘lmasdan 
burun o‘lar, O‘likdan nima kutib bo‘lar. Birinchi o‘lmoq biologik jarayonni ifoda etgan bo‘lsa, 
ikkinchi o‘lmoq ruhiy holatni bildirib kelgan. Qo‘rqqan shaxs “o‘lik” deb qiymat berilgan. 
Qo‘rqqanni ajal quvlar maqolida ham shaxsning ruhiy holati qo‘rqqan holatining sodir bo‘lishi 
bilan asoslangan. Botirdan o‘lim qo‘rqar maqolida botirdan o‘lim qochishi ta’kidlangan. Aslida 


197 
ham shunday; qo‘rqoq sarosimiga tushib o‘zini himoya qilolmaydi. Nomard bo‘lib ko‘pga 
kirguncha, Mard bo‘lib o‘lgan yaxshi maqolida “ko‘pga kirish” iborasi “uzoq umr ko‘rish” 
ma’nosida kelgan. 
Arslonning o‘ligi – sichqonning tirigi; Mardning o‘ligi - Nomardning tirigi; Nomard 
dushman ko‘rsa g‘ussadan o‘lar; O‘ldirsa ham mard o‘ldirsin; Mard yigit o‘lar yerga kulib 
boradi; Saxiy molidan kechar, Mard - jonidan.
O‘lim – natija askiologemasida o‘limga olib keluvchi narsa-hodisalar ifodalangan. 
Maqollarda “o‘lim” aksqadriyatining sabablari ham keltirilgan. Aksariyat o‘rinlarda ruhiy 
iztirob, g‘am-g‘ussa, tushkinlik o‘limga olib keluvchi sabablar sifatida baholangan: Qayg‘u 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling