Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

qaritar, g‘am o‘ldirar; Dard tomirni yeydi, Hasrat – umrni; O‘rinsiz g‘azab – o‘zingga azob; 
O‘tda yongan - kuyadi, g‘amda yongan –o‘ladi; Umid o‘rga tortar, umidsizlik – go‘rga; 
Janjalli uy - azobli go‘r; Yomon xotin eriga do‘zax qilar va h.k. Ushbu maqollarda g‘am, 
g‘azab, umidsizlik, janjal, yomon xotin baholash asoslari sifatida namoyon bo‘ladi. 
O‘lim marosimlariga berilgan baho: O‘lim borning molini sochar, Yo‘qning sirini ochar. 
Maqollarda nafaqat voqea-hodisalarga, balki xalqning milliy marosim rituallariga baholovchi 
munosabati ham aks etadi. Demak, ushbu maqol aza marosimlari va ularning iqtisodiy qiymati 
haqida ma’lumot beradi. To‘yga – qo‘shiq, Azaga – yig‘i xalq og‘zaki ijodi janri – marsiyani 
esga soladi. “Devonu lug‘otit turk”dagi Alp Er To‘nga marsiyasi yaqin kishisi o‘tganda yig‘i 
marosimlari o‘tkazilgani qadimdan borligini ko‘rsatadi. Ba’zi hududlarda aza marosimlarida 
ishtirok etuvchi marsiya aytuvchilar hozir ham mavjud. voqelangan.
O‘lim aksqadriyati inson umrining qaysi bosqichida sodir bo‘lishi jihatiga ko‘ra 
baholangan: Uyquning tinchi yaxshi, O‘limning – kechi; Qari o‘lsa – davlat, Yosh o‘lsa – 
qiyomat kabi maqollarda keksalar o‘limi tabiiy – fiziologik hayotning yakuni sifatida, erta o‘lim 
esa fojia deb qabul qilingan. Qiyomat arabcha “diniy e’tiqodga ko‘ra, insonlarning qayti tirilish 
kuni”, “qo‘zg‘olon” ma’nolaridagi leksema bo‘lib, o‘zbek tilida “oxirat, mahshar”, “qiy-chuv, 
to‘polon, janjal” (salbiy) va “juda ajoyib” (ijobiy) semalarda qo‘llanadi. Maqolda leksemaning 
ko‘chma ma’nodagi semasi “qiy-chuv, to‘polon, janjal” voqelangan. Ya’ni yosh umri hazon 
bo‘lgan insonning armonlari, yaqinlari ruhiyati, g‘am-tashvishlariga qiymat berilgan; Ota-
onaning dog‘i – oz-moz, Farzand dog‘i tinch qo‘ymas maqoli farzand dog‘ining nihoyatda og‘ir 
yuk ekanligini ta’kidlaydi. O‘lim aksqadriyati aksiologik shkalasining eng yuqori darajasi 
farzand o‘limini ko‘rsatadi. 
Yoshlikning yeli kuchli, Keksalikning – aqli; Yoshning hurmati – qarz, Qarining 
hurmati – farz, Yosh kelsa – ishga, Qari kelsa – oshga, Qari bor uyning zari bor, Qarisi bor 
uyning parisi bor, Parisi bor uyning barisi bor, Qari – uyning farishtasi, saranjomi, sarishtasi. 
Qarida xislat ko‘p singari maqollar orqali keksalik qadri til egalarining uzoq umr ko‘rish 
orzulari bilan uyg‘unlashgan. 
O‘lim – qismat. O‘zbek maqollarida o‘lim aksqadriyati qismat sifatida baholangan. Bu 
baho xalqning turmush tajribasi, diniy tasavvurlari va hayotiy bilimlari bilan izohlanadi. 
O‘limdan qo‘rqmaslikka da’vat qilingan, uning qismat ekanligi uqtirilgan: Bugun bo‘lsa ham 
shu o‘lim, erta bo‘lsa ham shu o‘lim. Ayrim maqollarda o‘lim haqligi, bu dunyo davlati, mol-
mulkni ko‘paytirishga chalg‘imaslik, umrning g‘animatligi aks etgan: Mol molga yetguncha
Azroil jonga yetar. Bo‘rkni tashlab bo‘ridan qutulib bo‘lmas maqoli mazmuni hayotiy voqelik 
mazmuniga qurilgan. Bo‘rk qadimgi turkiy tilda bosh kiyim ma’nosida qo‘llangan bo‘lib, 
hozirgi maqollar saqlanib qolgan. Ba’zi shevalarda ishlatiladi. Bo‘ri quvlagan odamlar 
qachonlardir bosh kiyimini uloqtirib, yirtqichni chalg‘itishga urunishgan. Bu harakatning 
bo‘ridan qochish uchun foyda bermasligi yirtqichga o‘lja bo‘lishni “qismat” sifatida baholashga 
asos bo‘lgan. Keyinchalik bo‘ri timsolida “o‘lim”, “ajal” belgisi voqelangan. Jon bor yerda – 
qazo bor; O‘zakli jonda o‘lim bor; Odam tuzar, taqdir buzar. Ushbu maqollarda o‘limning 
haqligi, tug‘ulish o‘limga qo‘yilgan qadam sifatida baholangan.
Bevaqt o‘lim - aksqadriyat: O‘lim qosh bilan qovoqning orasida; Falokat qayerda? 
Oyog‘ing ostida; Birda qo‘noq so‘ramay keladi, Birda – o‘lim. Ushbu maqollarda bevaqt o‘lim 
tasviri ko‘rsatilgan. 


198 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling