Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: text, artistic text, sociopragmatic approach, writer, character. 
 
Maʼlumki, har bir matn ko`p qirrali va turli aspektlarda o`rganilishi mumkin bo`lgan 
nutqiy faoliyat mahsulidir. Matn axborotni ifodalashiga ko`ra informativ, muayyan nutq uslubiga 
tegishliliga ko`ra stilistik, matnni idrok etish masalasi bilan bogʼliq holda psixologik, nutq 
vaziyati, muloqot ishtirokchilari bilan aloqador ekanligiga ko`ra pragmatik, estetik vazifasiga 
ko`ra lingvopoetik va shu kabi belgilariga ko`ra nutq faoliyatini o`rganuvchi turli fan 
sohalarining tekshirish obʼekti bo`la oladi. Shuningdek, matn nutqda til vositalari orqali verbal 
ifodalanishiga ko`ra tilshunoslikning o`rganish obʼekti sanaladi.
Badiiy matn tadqiqida uning sotsiopragmatik xususiyatlarini o`rganish alohida o`rin tutdi. 
Matnning ijtimoiylik xususiyati, yaʼni uning jamiyatning turli sotsial qatlami uchun xizmat 
qilishi, shuningdek, matnda yozuvchi va kitobxonning ijtimoiy roli, matn qurilishida dialekt, 

Qarshi davlat universiteti dotsenti


194 
sheva, nutq vaziyati, ijtimoiy-madaniy muhit kabilarning o`rni masalasi matnni sotsiopragmatik 
aspektda tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirgan deyish mumkin. Matn turlari ichida, ayniqsa, 
badiiy matn ijtimoiylik xususiyati bilan ajralib turishi sababli uni sotsiopragmatik aspektda 
o`rganishga qiziqish yanada ortdi.
Badiiy asarni sotsiopragmatik matn tipi sifatida o`rganishda yozuvchi va u yaratgan 
personajlarning til belgisiga munosabati masalasi muhim o`rin tutadi. Shuningdek, badiiy 
asarning sotsiopragmatik jihati unda turli ijtimoiy qatlamga mansub kishilar o`rtasida 
kommunikativ muloqotning aks etishida ham kuzatiladi.
Turli ijtimoiy tiplar o`rtasidagi kommunikativ aloqa ko`rinishlarini o`rganish va bunda 
sotsiomadaniy muhitning kommunikatsiya jaryoniga taʼsirini aniqlash sotsiopragmatikaning 
muhim aspekti bo`lib, bu masala, ayniqsa, badiiy matnda yorqin aks etadi. Zero, А.R.Аbitova 
qayd etganidek, sotsiopragmatikada matn axborotni material jihatdan tashuvchi (ifoda plani) 
hamda sotsiomadaniy muhitda funktsiyalanuvchi til birliklaridan iborat makrobelgi sifatida 
tushuniladi. [1.19]
Badiiy matn, avvalo, yozuvchi va kitobxon, yozuvchi va personajlar o`rtasida 
kommunikativ muloqotni hosil qiluvchi vosita sifatida ahamiyatlidir. Matnnng bu tipida 
yozuvchi va kitobxon o`rtasida amalga oshuvchi kommunikativ muloqot kitobxonning asarni 
o`qishi jarayonida yuz beradi. Kitobxon badiiy asarni mutolaa qilar ekan, yozuvchi bilan xayolan 
muloqotga kirishadi, u bilan beixtiyor bahsga kirishadi, unga eʼtiroz bildiradi yoki muallifning 
qarashlari, asarda ifoda etgan gʼoyalarini maʼqullaydi. Xullas, yozuvchi va kitobxon o`rtasida 
kommunikativ muloqot kitobxonning asarni o`qishi, uning mazmunini, gʼoyasini idrok etishi 
jarayonida yuzaga keladi.
Badiiy asarda yozuvchi va personaj o`rtasida yashirin kommunikativ muloqot ham 
amalsha oshishi mumkin. Garchi asar personajlari hatti-harakati, gap-so`zi yozuvchi tomonidan 
belgilansa-da, baʼzan personajlar yozuvchi ixtiyoriga “bo`ysunmaydi”, uning xohish-irodasiga 
qarshi tarzda “harakatga tushadi”. Yozuvchi baʼzan o`zi yaratgan personajning xatti-harakatlarini 
olqishlaydi yoki qoralaydi. Bunday holatda yozuvchi va personaj o`rtasida kommunikativ 
muloqot yuzaga keladi.
Har bir badiiy asarda tasvir obʼektiga nisbatan muallifning subʼektiv munosabati, qarashlari 
ham aks etadi. Yozuvchining voqelikka bo`lgan munosabati ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga 
bogʼliq holda shakllanishi tabiiydir. Har bir yozuvchi o`zi yashayotgan, tarbiya topgan ijtimoiy 
muhit, madaniyat doirasidan tashqariga chiqib keta olmaydi. U tashqi olam, unda sodir 
bo`layotgan voqea-hodisalarni jamiyatning muayyan sotsial tipi – ijodkor shaxs sifatida idrok 
etadi va uni asarlarida aks ettiradi. Bu jihatdan ham har bir badiiy asar sotsiopragmatik 
aspektga aloqador manba hisoblanadi.
Аytish mumkinki, har qanday badiiy asar nafaqat yozuvchi shaxsiga oid nutq, uning voqelikka 
munosabati kabilarni, balki asarda “harakatlangan” turli ijtimoiy guruhlar nutqini namoyish 
etishiga ko`ra sotsiopragmatik ahamiyatga egadir.
Badiiy matnning ijtimoiylik belgisini aniqlashda hamda uni aynan shu belgilari asosida 
tasniflashda sotsiopragmatik bilimlarning o`rni ahamiyatli.
Har qanday matn tilning ijtimoiy vazifalari bilan bogʼliq holda yaratilishi bois u quyidagi 
sotsiopragmatik bilimlar bilan bevosita aloqador bo`ladi:
1. Til va millat munosabati, nutq yaratilishida milliy qarash va tasavvurlarning o`rni masalasi.
2. Til va sheva munosabati.
3. Tilning nutqda insonning jamiyatdagi ijtimoiy roli, ijtimoiy mavqei kabilarga bogʼliq holda 
voqelanishi masalasi.
3. Tilga ijtimoiy muhitning taʼsiri masalasi.
5. Kommunikatsiya jarayonida tilning nutqiy strategiya, kommunikativ taktika kabilar bilan 
bogʼlanishi masalasi.
6. Ko`ptillilik va uning nutq yaratilishiga taʼsiri muammosi va boshqalar.
Inson matn yaratar ekan, uning millati, tili, shevasi, kasb-kori, yoshi, jinsi, ijtimoiy 
mavqei, jamiyatda bajaradigan roli, atrof-muhitga munosabati kabilar uning nutqiga ko`chadi. 


195 
Jumladan, yaratilgan har qanday matnda insonning til bilimi, nutq yaratish ko`nikmasi 
namoyon bo`ladi. Inson til bilimiga, til vositalaridan o`rinli va maqsadli foydalanish 
mahoratiga ega bo`lmas ekan, matn yarata olmaydi. Аynan sotsiopragmatik bilimlar insonning 
til birliklarini qay darajada egallaganligi va ulardan nutq jarayonida o`rinli foydalana olishi 
masalasini qamrab oladi. Zero, muloqot kompetentsiyaga ega bo`lishlik maʼlum bir nutq 
vaziyatida tildan o`rinli foydalana bilishlikni taqozo etadi.
Baʼzan inson matn yaratishda kasbiy bilimlariga tayanadi. Shu sababli uning nutqida kasb-
koridan kelib chiqqan holda yondashuvlar, so`z qo`llash, jumla tuzishdagi o`ziga xos jihatlar 
kuzatiladi. O`qituvchi, vrach, injener, dehqon yoki savdo xodimining nutqidagi kasbiy 
xususiyatlar bilan bogʼliq tafovutlarning kuzatilishi bejiz emas, albatta.
Matn yaratilishida insonning yoshi, jinsi ham muhim o`rin tutadi. Turli yosh yoki jinsdagi til 
egalari tomonidan yaratilgan matnlar bir-biridan aynan shu belgilariga ko`ra farqlanib turadi. 
Bu holat til egasi yoshi va jinsining u yaratgan matnlarda ham bevosita aks etishini ko`rsatadi.
Xuddi shunday, til egalarining ijtimoiy mavqei, jamiyatda bajaradigan roli, hatto ular 
yashayotgan ijtimoiy muhit kabilar ham ular yaratgan matnlarda bevosita namoyon bo`ladi. 
Bularning hammasi matn yaratilishida til va jamiyat hayoti, til va undan foydalanuvchilarning 
sotsial xususiyatlari kabi bilimlarning muhim o`rin tutishini dalillaydi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling