Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘LIM” KONSEPTINING AKSIOLINGVISTIK TAHLILI AXIOLINGUISTIC ANALYSIS OF THE CONCEPT OF "DEATH" Gavharoy Komilova *
- Key words
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абитова А.Р. Социопрагматика текста «поток сознания» (на материале современной немецкой прозы): Дисс. ... канд. филол. наук. – Пятигорск, 1999. – С.19. 2. Боймирзаева С.Ў. Ўзбек тилида матннинг коммуникатив-прагматик мазмунини шакллантирувчи категориялар: Филол. фан. дри … дисс. автореф. – Тошкент, 2010. 3. Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. “O‘LIM” KONSEPTINING AKSIOLINGVISTIK TAHLILI AXIOLINGUISTIC ANALYSIS OF THE CONCEPT OF "DEATH" Gavharoy Komilova * Annotation. In the value picture of the world of interpretation of the concept, as a value and anti-value is substantiated with the help of proverbs. The purpose of the research is to determine the value orientations of society members about death that have been formed for centuries and are still valid today. The article talks about the value of death of the Uzbek people and the values created on the basis of this value. Key words: value, anti-value, axiolinguistic analysis, concept, death, proverb, axiological concept, value picture of the world. Hayot-o‘lim aksiologemasi inson uchun hayotiy jarayonlarning boshlanishi va tugallanish nuqtasi sifatida bir xil ahamiyatga ega. O‘zbek tilida o‘limni nomlashda o‘lim, qazoyi qadar, narigi dunyo, chin dunyo, oxirat, ajal kabi ot leksemalardan foydalaniladi. Vafot etmoq, o‘lmoq, rixlat qilmoq kabi so‘zlar, jon bermoq, joni uzildi efemizmlari “o‘lmoq” tushunchasini ifodalaydi. Ranglardan qora rangi o‘zbek tilida o‘limga ishora qilsa-da, ham hissiy ratsional, ham ijobiy estetik bahoni ifodalab, mental xususiyat kasb etadi: qora kiymoq birikmasi “a’za tutmoq” ma’nosida kelsa, qora soch, qora ko‘z, qora qosh go‘zallik sifatida lirik va epik asarlarda salmoqli o‘rinni egallaydi. Qora rang “Qadimgi turkiy tilda belgi tushunchasini, ko‘chma ma’nolarda “katta, ulug‘”, “baxti qora”, “g‘amgin”, “og‘ir”, “yomon”, “odatiy”, “oddiy”, “ahmoq” kabi ma’nolarni anglatgan. “Boburnoma”da “belgi”, “katta, ulug‘”, “oqmas”, “asir bo‘lmoq”, “to‘da”, “vujud, tana” singari ma’nolarda qo‘llangan” [Xolmanova, * Katta o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 196 2021:187,189]. Hozirgi o‘zbek tilida yuqorida qayd etilgan ma’nolardan “belgi”, “baxti qora”, “g‘amgin” semalari mavjud. O‘lim aksiologik konsepti tahlilidagi qarashlarni ikki blokka birlashtirish mumkin: 1) o‘lim – qadriyat (ijobiy); 2) o‘lim –aksqadriyat (salbiy). O‘lim qadriyati quyidagi maqollarda reallashgan: Obro‘li o‘lim: Vatan uchun o‘lmoq sharaf; Eldan ayrilgancha, jondan ayril, Bir boshga bir o‘lim, Er yigit o‘zi uchun tug‘ilar, eli uchun o‘lar. O‘lim konseptining “jangdagi obro‘li o‘lim” belgisi boshqa til egalari uchun ham qadriyat hisoblanishi tadqiqotlarda aks etgan [Валентина, 2008:21]. Bir boshga bir o‘lim maqolida o‘limga tik boqib, Allohga tavakkal qilish singari diniy qadriyatlar voqelangan. Orsizlikdan o‘lim yaxshi. Maqollarda or-nomus o‘limga tenglashtirilgan. Bunda o‘lim qadriyat sifatida namoyon bo‘lgan: Er yigitga ikki nomus – bir o‘lim, Er yigitni nomus o‘ldiradi; Nomus – yarim o‘lim; Mayna bo‘lmoq – tirik o‘lmoq. Or-nomus o‘limdan ustun qo‘yiladi: Nomus – o‘limdan qattiq; Yigit xo‘rligi – o‘limdan qattiq; Joningni fido qilsang qil, Nomusingni fido qilma; Odam ochlikdan o‘lmas, ordan o‘lar; Odamni nomus o‘ldirar, Quyonni – qamish; Odamni ochlik emas, or o‘ldirar. Orsizlikdan, nomussizlikdan o‘lim afzal deb baholangan: Nomussiz yurmoqdan nomusli o‘lmoq yaxshi; Orsiz turmushdan orli o‘lim yaxshi; Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling