Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


“NUTQIY KOMMUNIKATSIYA”, “NUTQIY FAOLIYAT”, “DISKURS”


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

“NUTQIY KOMMUNIKATSIYA”, “NUTQIY FAOLIYAT”, “DISKURS”, 
“MATN” TUSHUNCHALARINING O‘ZARO MUNOSABATI 
INTERRELATION OF THE CONCEPTS OF “SPEECH COMMUNICATION”, 
"SPEECH ACTIVITY", “DISCOURSE”, “TEXT” 
 Manzura Shamsiyeva

 
Annotation. The article describes the terms widely used in sociolinguistics and 
psycholinguistics, i.e. the concepts of “speech communication”, “speech activity”, “discourse” 
and explains their relationship. The concept and categories of discourse are explained. The 
relationship between the concepts of “discourse”, ‘text”, and “speech” is expressed. 
Key words: speech communication, speech activity, discourse, text, constitutive 
categories, genre-style categories. 
 
Nutqiy kommunikatsiya turli fanlar, birinchi navbatda, lingvistika, psixologiya, falsafa 
fanlari doirasida o‘rganiladi. Mazkur masalaga bag‘ishlangan aksariyat zamonaviy tadqiqotlarda 
kommunikatsiya insonlarning o‘zaro munosabati va o‘zaro aloqasi orqali tahlil qilinadi. 
Ko‘pchilik mualliflar “kommunikatsiya” va “muloqot” terminlari chambarchas bog‘liqligini 
ta’kidlashadi. Ba’zi mualliflar bu tushunchalarni o‘xshash, ba’zilari – chambarchas bog‘liq, 
kesishuvchi, lekin o‘xshash emas, deb hisoblaydi. 
Kommunikatsiyani an’anaviy tarzda individlar o‘rtasida umumiy ramzlar (belgilar), 
xususan, til belgilari tizimi vositasida ma’no (ma’lumot) almashinuvi tarzida atash qabul 
qilingan. Lingvistika doirasida tadqiqotchilar e’tibori verbal (nutqiy) kommunikatsiya, muayyan 
jamiyatda til sohiblarining nutqiy qobiliyatida tildan foydalanish masalalarini o‘rganishga 
qaratiladi. Nutqiy kommunikatsiya – qator vazifaviy-uslubiy turlar (xizmat muloqoti, kundalik, 
ilmiy va b.) ni o‘z ichiga olgan faoliyatning turli moddiy-amaliy va bilishga oid jihatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan jamiyatdagi intersubyektli nutqiy o‘zaro munosabatdir. Ba’zi mualliflar nutqiy 
kommunikatsiyani eng maqbul nutqiy vositalarni tanlashga asos bo‘ladigan strategik jarayon 
sifatida talqin qiladi. Kommunikatsiya jarayonida ma’lumotni uzatish so‘zlovchining qarorlari 
seriyasi sifatida qaralishi mumkin. Shu tariqa, nutq kommunikatsiyaning asosiy vositasi 
hisoblanadi. Psixolingvistika paydo bo‘lishidan boshlab nutqiy faoliyat nazariyasi sifatida 
yuzaga kelgan va rivojlangan. Aksariyat psixolog va lingvistlar nutqqa butun akt faoliyati (agar u 
boshqa faoliyat turlari bilan amalga oshmaydigan maxsus motivatsiyaga ega bo‘lsa) ko‘rinishida 
yoki qandaydir nutqsiz faoliyatni o‘z ichiga olgan nutqiy harakatlar ko‘rinishida namoyon 
bo‘luvchi nutqiy faoliyat sifatida qaraydi (Rubinshteyn L.S., 1998; Leontyev A.N., 1974; 
Leontyev A.A., 1969, 2003.; Jinkin N.I., 1982; Zimnyaya I.A., 1984, 1991). A.A. Leontyevning 
fikricha, nutqiy faoliyat faoliyatning “klassik” turlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydigan 
maxsus faoliyat turini o‘zida aks ettiradi. U alohida nutqiy harakatlar shaklida barcha faoliyat 

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi 


206 
turlariga xizmat qiladi, ularning tarkibiga kiradi. Ya’ni nutq nutqsiz faoliyatni amalga oshirish 
vositasi, “insonning boshqa bir faoliyati vaqtida muloqot qilish uchun tildan foydalanish 
jarayoni” sifatida tushuniladi. Faoliyat tarkibiga motiv, maqsad, harakat, operatsiyalar 
(harakatlarni bajarish usullari sifatida), shuningdek, faoliyatning shaxsiy ko‘rsatma va natijalari 
kiradi. A.A. Leontyevning tasnifi bo‘yicha, nutqiy faoliyatning farqli belgilari quyidagilar: 
predmetlik, ya’ni obyektiv predmetli tashqi olamga yo‘nalganlik; 
maqsadga yo‘nalganlik – har qanday akt tugashi bilan, har qanday harakat esa subyekt 
tomonidan oldindan ko‘zlangan oraliq maqsadi mavjudligi bilan xarakterlanadi
motivlashganlik – har qanday faoliyat akti bir vaqtning o‘zida bir necha motivlar asosida 
paydo bo‘ladi; 
iyerarxiyalik – nutqiy faoliyat butun holda va uning birliklari iyerarxik (vertikal) 
tuzilmaga ega; 
fazaviylik – nutqiy faoliyat, shuningdek, gorizontal (fazaviy) tuzilmaga ega. 
I.A. Zimnyaya nutqiy faoliyat o‘zida til vositasida shakllangan fikrlarning faol, maqsadga 
yo‘nalgan, motivlashgan, predmetli (mazmunli) uzatish yoki qabul qilish jarayoni, muloqot 
jarayonida insonning kommunikativ-bilish ehtiyojlarini qondirishga yo‘nalgan jarayon ekanligini 
ta’kidlaydi (Zimnyaya I.A., 1984). 
Nutqiy faoliyat va nutqiy muloqot munosabati psixologiya hamda psixolingvistikaning 
asosiy masalasi hisoblanadi. Muloqot psixologiyada ijtimoiy aloqalar vazifasini yechishga 
qaratilgan faoliyat sifatida belgilanadi. Insonlar o‘rtasidagi asosiy va universal o‘zaro ta’sir 
ko‘rinishi nutq, nutqiy faoliyat hisoblanadi. Ya’ni muloqot faoliyati va nutqiy faoliyat umumiy 
va xususiy sifatida qaraladi. Nutq bir vaqtning o‘zida muloqotning shakli va usuli hisoblanadi. 
Lekin nutqiy faoliyat muloqot doirasi bilan chegaralanmaydi. A.A. Leontyevning ta’kidlashicha, 
nutqiy harakat va operatsiyalar boshqa faoliyat turlariga, birinchi navbatda, bilish faoliyatiga 
kirishi mumkin. I.A. Zimnyayaning ko‘rsatishicha, nutq, nutqiy faoliyat shaxsning ajralmas 
tarkibiy qismi bo‘lib, ong bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling