Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIYOSIY LINGVISTIKANING SHAKLLANISH TARIXI VA TAKOMILIGA DOIR ILMIY QARASHLAR SCIENTIFIC VIEWS ON THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF POLITICAL LINGUISTICS
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mengliyev B. Globallashuv : tillar taraqqiyoti va tanazzuli. “Ma’rifat” gazetasi , 2017-yil, 19-oktabr, 76-son 2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 56 б. 3. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – T., 2011. 4. www.Wikipedia.uz 5. www.kutubxona.com 6. www.ziyouz.com so'zning sinonimlari so'zga semantik jihatdan aloqador so'zlar qatori (semantik assotsiatsiya) 220 SIYOSIY LINGVISTIKANING SHAKLLANISH TARIXI VA TAKOMILIGA DOIR ILMIY QARASHLAR SCIENTIFIC VIEWS ON THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF POLITICAL LINGUISTICS Elbek Ro‘ziyev Annotation. This article discusses the processes of formation of political speech, political linguistics, stages of development, and theoretical views on the history of speech and oratory art. It has been shown that political linguistics is important as one of the modern directions of today's linguistics on the basis of theoretical views on speech culture. Key words: speech, oratory, political linguistics, discourse, oriental oratory Siyosiy lingvistika, xususan, siyosiy nutqning strukturaviy funksional tahlili borasidagi qarashlar dastlab, Platon, Aristotel, J.Bul, J.Miller asarlari, ilmiy qarashlarida bayon qilib o‘tilgan. Siyosiy lingvistikaning lisoniy asoslari, strukturaviy unsurlari, boshqa lingvistik yo‘nalishlar bilan o‘zaro aloqadorligi masalalari M.Baxtin, R.Bart, X.Gadamer, D.Devidson, J.Delez, Y.Lotman, A.P. Chudinov kabi olimlarning tadqiqotlarida tizimli ravishda o‘rganildi. Siyosiy lingvistika borasida ishlarning o‘zbek tilshunosligidagi o‘rganishlari borasida to‘xtalar ekanmiz, bevosita bu ishlar nutq madaniyati, notiqlik borasidagi tadqiqotlar doirasida bajarilganini ta’kidlash o‘rinlidir. A.H.Aripovaning “Notiqlik nutqining lisoniy-uslubiy vositalari” nomli tadqiqot ishida notiqlik madaniyati tarixi, uning uslubiyatiga doir masalalar tadqiqi barobarida ijtimoiy –siyosiy notiqlik, uning mazmuniy ifodalanish borasida fikrlar bildirib o’tilgan[Aripova, 2002]. Siyosiy nutqning til tarixida qo‘llanilishi borasi tadqiqotlar olib borgan olimlar xususan, professor Qosimjon Sodiqov uni ikki turga bo‘lib farqlaydi: 1) ogʻzaki nutq – xon va sultonlarning ogʻzaki buyruq va koʻrsatmalari, kishilar bilan boʻlgan rasmiy muloqoti; 2) yozma nutq – yozma rasmiy-diplomatik nutq. Turkiy rasmiy uslubning, davlat hujjatchiligi, diplomatikaning shakllanishi va takomili bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u ulus egalari nomidan bitilgan qadimiy bitigtoshlar, tarix kitoblari, yorliqlar, buyruq va koʻrsatmalar, xonlar oʻrtasidagi rasmiy yozishmalar, vasiqalarda tamgʻalanib qolgan. Ushbu hujjatlar til tarixining turli bosqichlarida amal qilgan siyosiy, rasmiy-diplomatik nutq, uning oʻziga yarasha belgilarini oʻrganishda muhim manbalar boʻlib xizmat qiladi; rasmiy muloqotning lingvokulturologik, etik-estetik, xalqaro-diplomatik oʻlchovlarini aks ettiradi.[Sodiqov, 2022: 507] Nutq madaniyati, notiqlik san’atiga odamlar azaldan qiziqqanlar. Nutq madaniyatining yuqori turi hisoblanuvchi notiqlik san’ati qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Notiqlik amaliy va ilmiy tadqiqot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan. Uning ilk ko‘rinishlari Misr, Ossuriya, Vavilon, Hindiston mamlakatlarida paydo bo‘lgani ma’lum. Sitseron fikricha, notiqqa qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1. Notiq nutq jarayonida dadil boʻlishi, nutq mavzusini chuqur bilishi kerak; 2. Nutq toʻla isbotlanishi kerak; 3. Nutq oldi-qochdi soʻzlardan, ahamiyatsiz fikrlardan holi boʻlishi lozim; 4. Nutq materiallarini sidqidillik bilan toʻplash, bu materiallar oʻz mavzusi bilan tinglovchilarda qiziqish uygʻotishi kerak; 5. Manbalarni reja asosida joylashtirish, tushunishga oson boʻlishini taʼminlash lozim. Qadimgi Yunoniston va Rimda asosan uch xil notiqlik koʻrinishi faoliyat koʻrsatgan: a) sud notiqligi; b) siyosiy notiqlik; v) maqtov notiqligi. O'qituvchi,Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi 221 Bu davlatlarda ravnaq topgan notiqlik sanʼati oʻrta asr va keyingi davr notiqligiga oʻrnak boʻldi. Aflotun fikricha: “Notiqlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan shaxs, avvalo, oʻz uslubini, talqin etish yoʻllarini aniqlab olishi, notiqlik koʻrinishlarinipuxta egallab, soʻng ish boshlashi lozim”dir [ Platon, 1970: 202]. Aflotun notiqlikni qobiliyat, mahorat sohibi egallashi mumkinligini taʼkidlab, notiqlikka qoʻyiladigan eng asosiy talab - bu “emotsional ishontirish” ekanligini aytib oʻtadi. U notiqlikning yana bir talabi – “mantiqiy isbot”ni keyingi oʻringa qoʻyadi. “Isbotlash emas, ishontirish, ishontirganda ham taʼsirli ishontirish kerak”, - deydi Aflotun. Arastu (er. old.335-yil) tomonidan “Ritorika” asarining yaratilishi ham madaniy, ham ilmiy- maʼrifiy voqea boʻldi. Arastuning bu asari uch kitobdan iborat. Birinchi kitobida ritorika fanining boshqa fanlar orasida oʻrni va nutq turlari haqida soʻz boradi. Ikkinchi kitobi isbotlash usullari haqida, uchinchi kitobida - uslub va nutq tuzilmasi haqida soʻz yuritiladi. Arastu nutqning uch turini ajratadi: suhbat, sud va epideyktik mavzudagi turlar. Ularning maqsadlari quyidagicha: suhbat mavzusidagi nutqlarda-ishontirish yoki inkor; sud nutqlarida - oqlash yoyinki ayblash; epideyktik nutqlarda - maqtash yoki kamchiliklarni koʻrsatish kabilardan iborat. Notiq bu mavzularni oʻz nutqida yoritishi asosiy talab hisoblanib, undan maqsad -tinglovchilarni yaxshi xulqqa chorlash va yaxshi odatlarni egallashga undash edi. Bu kabi xislatlarni egallagan shaxs davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta foyda koʻrsatishi aniq, deb hisoblanar edi. Korneliy Tatsit (er. 57-117) bizga notiqlar xususiyatlari bayon etilgan “Notiqlar haqida soʻz” risolasini yozib qoldirgan. Ushbu risolada yozilishicha, Gorgiy uch ritorik unsurni birinchi boʻlib qoʻllagan. Bular: parallelizm, antiteza, anafora. Frasemax esa birinchi boʻlib, notiqlik sanʼatida ritm masalasini koʻrib chiqqan. Pol va Likimiy (Gorgiy shogirdlari) notiqlik leksikasi masalasi bilan shugʻullanganlar. Tarixchi va siyosatshunos Tatsitni notiqlikning mazmun mohiyatini oʻrganish masalasi qiziqtirgan. Qadimgi Rim notiqligining yana bir isteʼdodli namoyandasi – Mark Tulliy Sitseron (er.old. 106-43 y). Uning notiqlikka bagʻishlangan uch yirik risolalari –“Notiq haqida”, “Brut, yoki mashhur notiqlar haqida”, “Notiq” kabilar, notiqlik sanʼatiga qoʻshilgan bebaho tuhfadir. Sitseron notiq oldiga ikki shartni qoʻyadi: birinchisi, nutq mavzusini chuqur bilishlik; ikkinchisi, nutq mazmunini anglash va tinglovchilarga yetkazib bera olish. Sitseron fikricha: “Notiqlik - bu avvalo, sanʼat, ammo sanʼatlarning eng mashaqqatlisidir”. “Notiq haqida” risolasida Sitseron notiqqa uch talab qoʻyadi bular: 1) Noyob qobiliyat, ong va xotirali boʻlish; 2) notiqlik nazariyasini puxta oʻrganish; 3) nutqiy amaliyot. Sitseron risolalarining birida shunday yozadi: “Soʻzlay olishning oʻzi-tabiat inʼom etgan xususiyatlarning eng bebahosidir; uni rivojlantirish, doimiy ustida ishlash lozimdir”[ Кохтев, 2013:23]. Markaziy Osiyo madaniyati tarixida nutq madaniyati va uslubiyati muammosi bilan shug‘ullanish mavjud bo‘lib u o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Qadimgi sharqda notiqlik san’ati voizlik deb nomlangan. “Vaz” so‘zi arabcha targ‘ib qilish pand-nasihat degan ma’nolarni anglatadi. “Voiz” so‘zi esa va’z aytuvchi nutq so‘zlovchi shaxs ma’nosini bildiradi. IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini xalifalar, shohlar bajargan [Ortiqov A, 2001: 5]. IX asrdan boshlab davlat rahbarlari bu tadbirni o‘z ixtiyorlaridagi maxsus odamlarga topshirganlar va ular nomiga “Voiz” so‘zi qo‘shib aytilgan. XII asrdan boshlab voizlik san’ati va nazariyasiga oid ko‘plab ilmiy asarlar yaratilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning “Avbob ul-inon”, voiz qazviniyning “Zilolu maqol”, Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis”, Muhammad Voizning “Hidoyat ul-taqvim”, Quraysh Saidiyning “Anis ul-voizin”, VoizSamarqandiyning “Ravzat ul-voizin”, Qozi O‘shiyning “Miftoq ul-najjih”, Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Mahsan ul-insho” kabi asarlari kiradi. Zamonaviy diskurs nazariyasining mustaqil fan sohasi sifatida shakllanishini asosan XX asrning 60-yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davr olimlarining tilni ajralmas aloqa vositasi deb hisoblash istagi matnlarni o‘rganishda namoyon bo‘lgan. Tilshunoslik asta-sekin shakliy, formal- funksional doiradan chiqib, tilni mazmuniy, yaxlit, izchil o‘rganishi asnosida diskurs atamasi ham faol qo‘llanila boshlandi. 222 XX asrning 90- yillari o‘talariga kelib ushbu yo‘nalishda bir qator diqqatga sazovor ishlar paydo bo‘ldi (Altunyan, Proskuryakov, E. Sheygal, V.Deyk kabi olimlar). Aynan mana shu tadqiqotlar siyosiy lingvistikaning keyingi taraqqiyotida katta o‘zgarishlarni olib keldi. 2003-yili bu fan bo‘yicha rus tilidagi ilk qo‘llanma – A.P.Chudinovning “Siyosiy lingvistika” kitobi yozilgan. Bundan keyin E.V.Budayev boshchiligidagi hammualliflar tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma ishlab chiqildi. Siyosiy lingvistika bo‘yicha mavjud ilmiy ishlar orasida E.I.Sheygalning “Siyosiy diskurs semiotikasi” nomli dissertatsiyasi muhim o‘ringa ega hisoblanadi [Шейгал, 2005]. Siyosiy diskursda siyosiy ritorika ham muhim o‘ringa ega hisoblanadi. Siyosiy ritorika siyosiy diskursda insonning siyosiy notiqlik ko‘nikmasi orqali namayon bo‘ladi. Siyosiy diskursda muloqot matni ham muhim sanaladi. Siyosiy muloqot matnini yaratishda milliy tildan foydalanish zarur bo‘ladi. Tadqiqotchi G.Siyaeva siyosiy diskursda siyosiy tilining quyidagi turkumlarini ajratib o‘tish muhimligini ta’kidlab o‘tadi: 1. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling