Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hasanov A. O‘zbek adabiy tilidagi leksik bo‘shliqlarni to‘ldirishning dialektal asoslari. T. 2022 2. Z.Xolmanova O.Saidahmedova, O.Nurullayeva Lingvokulturologiyaga oid tushunchalar tadqiqi. T. 2018 3. Nurullayeva O. O‘zbek tilidagi lingvistik korpus ta’minoti. T. 2020 4. Xamrayeva Sh. Til korpusining lingvistik va boshqa sohalardagi ahamiyati// O‘zMU xabarlari. 2016-yil ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA TEZAURUSLARNING O‘RNI THE ROLE OF THESAURI IN MODERN LINGUISTICS Oydin Nurullayeva Annotation. This article discusses the importance of modern linguistics and the development of computational linguistics. The importance of thesauruses in computer linguistics was also discussed. Key words: computer linguistics, thesaurus, corpus, dictionary, human intellect, synonym, antonym, semantics, machine translation. Til ma’naviy merosimizni asrash va boyitishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tillarni saqlab qolish milliy ma’naviyatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl ma`naviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi. Mamlakatimizda tilga e`tibor ma’naviyatga e`tiborning ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ona tilimizni avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilining zamonaviy axborot- kommunikatsiya tizimida keng qo‘llanishiga erishish kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifaga aylandi. Chunki ona tilimizning jahonga chiqishiga erishish milliy ma’naviyatni takomillashtirish va yuksaltirishning asosiy yo‘llaridandir. [1, 2] Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligining turli tarmoqlarini to‘liq yoritishga bag‘ishlangan qator izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya keng qulayliklar eshigini ochdi. Kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘atlar va tezaurus(til xazinasi)lar fikrimiz tasdig‘idir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bu borada tezauruslar yaratish hamda korpus lingvistikasini rivojlantirish tilshunoslik, til o‘qitish metodikasi sohalaridagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida kompyuter lingvistikasida avtomatik tarjima, sun'iy intellektning o‘zbek tilini tushunish va qayta ishlashiga erishish borasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa ham, lekin tilshunoslikka amaliy qadam hamon oqsamoqda. Binobarin, barcha ilmiy yo‘nalishlar qatorida tilshunoslikda ham “...ilmiy va ijodiy izlanishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘qituvchisi 218 ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifa”sining belgilanishi fanlar integratsiyasi bo‘yicha chuqur izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi. [2,56] Takomillashib borayotgan kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida avtomatik tarjima sifatini yaxshilash, tilni lingvistik modellashtirish, algoritmini yaratish hamda muayyan tilning ko‘p asrlik milliy-madaniy merosdan foydalanish imkonini oshirish maqsadida ularni elektronlashtirish jahon tilshunosligida dolzarb masalaga aylandi. Kompyuter lingvistikasini yanada rivojlantirish, xususan, tezauruslarni yaratish, mavjudlarini to‘ldirib borish, hajmini kengaytirish, matnni avtomatik tahrir qiladigan dasturlar yaratish tilshunoslik oldida turgan yechimi muhim ahamiyatga ega masalalardandir. Tezaurus (yunoncha "xazina"), umumiy ma'noda lug'at, ma'lumotlar to'plami, aniq leksik maqsadga yonaltirilgan maxsus tushunchalar, ta'riflar va atamalarni to'liq qamrab oluvchi korpus. Birinchi tezauruslardan biri Filona Biblining «Sinonimlar lug'ati»dir. Birinchi zamonaviy inglizcha tezaurus 1805-yilda Piter Mark Rojer tomonidan yaratilgan. U 1852-yilda nashr etilgan va shu davrdan hozirgacha foydalanilmoqda. 1970-yillarda tezauruslardan maʼlumot qidirish vazifalarida faol foydalanila boshlandi. Izohli lug'atdan farqli o'laroq, tezaurus ma'noni nafaqat ta'rif orqali, balki so'zni boshqa tushunchalar va ularni semantik guruhlarga birlashtirish orqali ham izohlash imkonini beradi, bu turdagi lug'atlar sun'iy intellekt tizimlarining bazalarini boyitish uchun ham ishlatilishi mumkin. Ilgari tezaurus atamasi birinchi navbatda tilning lug'at boyligini misollar bilan maksimal darajada ifodalovchi lug'atlarga nisbatan qo'llangan. Hozirgi vaqtda tezaurus kompyuter tizimlarida so'zlarni qidirishda qo'llanuvchi, internet va mashina tarjimasi bilan bog'liq holda paydo bo'lgan lug'atlarni ham o'z ichiga oladi. Tezaurus til qamrovi darajasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Bir tilli ma'lumot qidirish tezauruslari; 2. Ko'p tilli ma'lumot qidirish tezauruslari. Tezaurus lug‘atda bir qancha lug‘at belgilarining mujassamlangan holatini ko‘rish mumkin. Bu lug‘atning elektron formatdagi kkoo‘rinishi insonning vaqtini tejash, bir so‘z haqida to'liq ma’lumot olish imkonini beradi. Tezaurus lug‘atda har bir so‘zning sinonimi, antonimi, etimologiyasi, omonimi va u bilan birika oladigan so‘zlar qatori ochib beriladi. Tezaurus birinchi navbatda so‘zlar va ulaming matndagi qo‘llanishiga doir misollar izohlangan maksimal darajada to‘liq lug‘at hisoblanadi. Tezauruslar, asosan, elektron ko‘rinishlarda yaratiladi va muayyan predmetlar sohasini atroflicha tavsiflash vositasi hisoblanadi hamda muayyan predmet haqida to‘liq holatda axborot beradi. [3,76] Thesaurus.com - dunyodagi yetakchi raqamli lug'at. Tezaurus millionlab inglizcha so'zlar izohi, imlosi, ularni talaffuz qilishning namunaviy audio varianti va so'zlarning kelib chiqishini taqdim etadi. Thesaurus.com ning asosiy leksik manbayi RANDOM HOUSE lug'ati bo'lib, u tajribali leksikograflar jamoasi tomonidan doimiy ravishda yangilanadi va tezaurusni boyitish uchun bir qator ishonchli manbalar, jumladan American Heritage va Harper Collins lug'atlari bazalari bilan ham to'ldiriladi. Thesaurus.com 1995- yildan beri ingliz tilini o'rganuvchilarga xizmat qilib kelmoqda hamda foydalanuvchilarga 550 000 dan ortiq sinonimlarni taqdim etadi. Qidiruv paneliga istalgan so'zni yozish orqali quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin: a) so'zning sinonimlari b)so'zning antonimlari c) so'zning gap tarkibida qo'llanilishi d)so'zga semantik jihatdan aloqador so'zlar qatori (semantik assotsiatsiya) «Sun» (quyosh) so'zini qidiruv paneliga yozib ko'ramiz: 219 Xulosa qilib aytganda, tezaurus lug‘atlarning yaratilishi har bir til rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tezaurusli lug‘atlari bor tilda oson sun’iy intellekt yaratish mumkin. Bu esa o‘sha tildagi mashina tarjimasi va boshqa amaliy lingvistik ishlarni juda katta miqyosda tezlashtirib yuboradi. Tez orada o‘zbek tadqiqotchilarining bu boradagi yirik ilmiy ishlari natijasi o‘laroq sistemalashgan elektron tezurusli lug‘atlar yaratiladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling