Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy model tili.
- Siyosiy prosedura tili.
- Erotetik siyosiy til.
Assertorlik siyosiy til – siyosiy fikrni o‘ziga xos tarzda ifodalash tili. Uning yordamida
siyosiy til nazariyasining asosiy g‘oyalari ta’riflanadi. Assertorlik siyosiy til formallashgan va formallashmagan bo‘ladi. Formollashtirilgan siyosiy tilga har qanday siyosiy voqelikni ifodalovchi formal mantiqiy dalilalar misol bo‘lishi mumkin. Formallashtirilmagan siyosiy tilga obyektiv siyosiy o‘zgarishlarning tasdiqlovchi, siyosiy bashoratlarni o‘z ichiga oluvchi siyosiy atamalar bilan to‘ldirilgan fragmentlari kiradi. 2. Siyosiy model tili. U yangi siyosiy model va model- reprezentatsiya siyosiy matnning boshqa elementlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Bu til ancha mukammal tavsiflash tiliga ega bo‘lib, u yuqorida aytilganidek ham formallashgan va formallashtirilmagan tillarga bo‘linadi. Formallshtirilgan siyosiy model tillari siyosiy matnni yaratishda matematik belgi va vositalardan foydalanishga asoslanadi. 3. Siyosiy prosedura tili. U ikkinchi darajali siyosiy til turkumiga kiradi va o‘lchash sanash proseduralari hamda hamda siyosiy til iboralarini o‘zgartirish qoidalarini, vazifalarini qo‘yish va yechish jarayonlarini tavsiflashga xizmat qiladi. 4. Aksiologik siyosiy til. U siyosiy nazariya unsurlariga berilgan turli baholarni tavsiflash uchun imkoniyat yaratadi, yangi siyosiy nazariya, tajriba strukturasidagi jarayonlar va proseduralarni taqqoslash vositalarini o‘z ichiga oladi. 5. Erotetik siyosiy til. U siyosiy savollar, siyosiy masalalar, siyosiy muammolar, siyosiy vazifalar yoki topshiriqlarni ta’riflashni o‘z ichiga oladi. 6. Evristik siyosiy til. U siyosiy nazariyaning evristik qismini, ya’ni nomuayyanlik sharoitidagi siyosiy maqsadlarni tavsiflashni amalga oshiradi. Ya’ni siyosiy muammoni qo‘yish aynan evristik siyosiy til yordamida amalga oshiriladi [Siyaeva, 2016:54] Hozirgi kunda tilshunoslar tomonidan siyosiy nutq, uning funksiyalari hamda konsepsiyalar keng o‘rganilmoqda. Diskurs tadqiqoti usullari orasida T. Van Deyk tomonidan bildirilgan tahlilning quyidagi turlarini ahamiyatlidir: • grammatik (fonologik, sintaktik, leksik va semantik) tahlil; • nutq va muloqot harakatlarini pragmatik tahlil qilish; • ritorik tahlil; • stilistik tahlil • tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlarini (janri va boshqalar) tahlil qilish (hikoya, yangiliklar, parlament bahslari, ma’ruzalar, reklama matnlari va boshqalar); • suhbatning konversion tahlili; • ovozli, vizual material va nutq o‘zaro ta’sirning boshqa multimodal parametrlarini semiotik tahlil qilish [ Ван Дейк Т. А., 2013: 20]. Siyosiy nutq institutsional aloqa sifatida talqin etilib, shaxsga yo‘naltirilganidan nutqdan farqli o‘laroq, u ma’lum bir professional yo‘naltirilgan belgilar tizimdan ya’ni lug‘at, frazeologiya va paremiologiyadan foydalanadi. 223 Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, siyosiy diskursda vositalar va usullar bilan ifodalangan xalqchillik ruhi kuchli bo‘ladi. Bu siyosiy diskursning oldiga qo‘ygan maqsadlariga mutanosib ravishda vazifalariga bog‘liq bo‘ladi. Negaki, xalq ruhiyatiga hamda tiliga mos so‘zlar va iboralar auditoriyani o‘ziga jalb qila oladi. Siyosiy nutq va siyosiy lingvistikaning strukturaviy funksional tahlili dastlab yunon faylasuflari Platon, Aristotel qarashlarida ifodalangan holda bugun kun faylasuflari hamda lingvistlarining diqqat e’tiborida hamda tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling