Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK TILI SHEVALARIDAGI LAKUNAR BIRLIKLAR KORPUSINI YARATISH ASOSLARI BASICS OF CREATING A CORPUS OF LACUNAR UNITS IN THE DIALECTS OF THE UZBEK LANGUAGE
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Анисимов А. Компьютерная лингвистика для всех - Мифы, Алгоритмы, Язык. –М. 1991 2. Жеребило Т.В. Словарь лингвистических терминов. –Назрань: Пилигрим, 2010 3. Mahmudov N. O‘zbek tili sotsiolingvistikasining dolzarb muammolari.//O‘zbek tilshunosligini rivojlantirish dolzarb muammolari. –Toshkent: O‘ZKITOBSAVDO, 2020 4. Mahkamova D.N. Terminologik tizim modernizatsiyalashuvi // O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari. –Toshkent, 2019 5. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-tom. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 6. Hojiev A. O‘zbek terminologiyasining hozirgi holati va uni takomillashtirish chora- tadbirlari //Atamashunoslik –kasbiy tafakkurni shakllantirishda, fan va ta'limni rivojlantirishda. –Toshkent, 2008 7. Шемчук Ю.М. Модернизация существуюшей лексики современного немецкого языка: автореф. д.ф.н. –Москва, 2006. O‘ZBEK TILI SHEVALARIDAGI LAKUNAR BIRLIKLAR KORPUSINI YARATISH ASOSLARI BASICS OF CREATING A CORPUS OF LACUNAR UNITS IN THE DIALECTS OF THE UZBEK LANGUAGE Sayyora Abdurahmanova * Annotation. This article describes the basics of creating a corpus of lacunar units in the dialects of the Uzbek language, the importance of the platform of lacunar units, its principle of operation, content and resources enriching the platform are described. At the same time, the collected materials were compared with historical sources. Key words: lacuna, corpus dialect, dialect, platform, integration. Jahon tilshunosligida fanlararo integratsiya kechayotgan bir payda kompyuter lingvistikasini ahamiyati ortib bormoqda shu bilan birga kompyuter lingvistikasi doirasida * ToshDO‘TAU tayanch doktoranti 216 kelajak avlodga yetkazib berishimiz lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Til tarixi, shevalar bilan bog‘lik materiallarni kelajak avlodga to‘laligicha yetkazib berishimiz, urbanizatsiya kechayotgan bir paytda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shaharlashish, keksa avlodning tobora kamayib borishi, ahilining ijtimoiy, demografik tarkibi o‘zgarishga yuz tutayotgan bunday vaqtda o‘zbek shevalarida mavjud lakuna birliklarini to‘plash va ularning korpusini yaratish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi. Avvalo, korpus hamda lakuna birliklariga to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki og‘zaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan on-line yoki off- line tizimda ishlaydigan matnlar jamlanmasi hisoblanadi. Korpus tilshunosligi esa kompyuter tilshunosligining tarkibiga kiruvchi tilshunoslik bo‘limidir, u korpus tuzilishining umumiy tamoyillarini ishlab chiqishda, matnlar korpusiga kompyuter texnologiyasini qo‘llash orqali loyihalar yaratishda ishtirok etadi. Lakuna termini ilk bor kanadalik olimlar J.Vine va J.Darbelnelar tomonidan “lacuna” (lotincha lacune - bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy; fransuzcha lacune - bo‘shliq, bo‘sh joy) ilmiy muomalaga kiritilgan. Mazkur olimlar “Fransuz va ingliz tillarini qiyoslash uslubi” nomli kitobida lakunaga ikki til qiyosida aniqlanadigan lisoniy hodisa sifatida quyidagicha tarif bergan: “Bir tildagi so‘zning boshqa tilda muqobili topilmagan o‘rinlarda lakuna hodisasi voqelanadi [2:47]. Shu o‘rinda lacuna va realiya birliklarini bir- biridan farqlab olishimiz lozim. Realiya birliklar ma’lum bir madaniyatda mavjud tushunchani monlaydi, shu tushuncha boshqa madaniyatda mavjud bo‘lmaydi, tushuncha mavjud bo‘lmagach o‘sha madaniyatning leksik fonida shu tushunchani ifodalovchi leksik birlik ham mavjud bo‘lmaydi [2:49]. “Lakunar birliklar ham muayyan madaniyatda mavjud tushunchani nomlaydi, b u tushuncha boshqa madaniyatda ham mavjud, biroq shu tushuncha leksik birlik sifatida o‘sha madaniyatning tilida voqelanmaydi [2:49]. Bir so‘z bilan izohlaydigan bo‘lsak, do‘ppini realiya birligi sifadida qabul qilsak, o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan ibo, hayo so‘zlarining inliz madaniyatida uchramasligi lakunaga yaqqol misob bo‘ladi. Bo‘shliq faqat leksik sath uchun xarakterli emas. Tilning boshqa sathlarida ham ma’noviy (mazmuniy) bo‘shliqlar uchraydi. Masalan, ot turkumiga xos (va otlashgan) so‘zlarning birlik shakli yoki ularning bosh kelishik shaklini ifodalovchi grammatik ma’no muayyan shakl (ko‘rsatkich)ga ega emas. Ayrim adabiyotlarda bu ko‘rsatkichlar nol shakl sifatida talqin etiladi. Bu kabi holatlar ko‘rsatadiki, borliqdagi kabi tilda ham muayyan substansiya (ma’no, mazmun) shaklsiz ham mavjud bo‘ladi. [1:5] Shu o‘rinda ayrim mulohazalar ham mavjudki biz ularni chetlab o‘ta olmaymiz. Masalan shevalarda mavjud dizfemizmlar ham boshqa bir sheva vakillar uchun lakuna bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Biz bu fikrlarni inkor etmagan hilda ushbu farazni yanada aniqlashtirib olishni lozim topdik. Agar shevalardan birida mavjud leksik birlik boshqa bir shevada foydalanilmasa uchramasa u holda o‘sha leksik birlik lakunaga misol bo‘ladi. Agar ma’lum bir tushuncha ikkiala shevada ham boshqa-boshqa nomlar bilan ifodalansa u holda biz bu leksik birlikni lakuna deb ayta olmaymiz. Lakunalarni tahlil qilish asnosida shevalarda mavjud so‘zlarni adabiy tilda muqobili bo‘lmasa ayana shu so‘zlarni adabiy tilda qo‘llashimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada datlab tarixiy manbalarga e’tibor qaratishimiz lozim. Agar manbalarda ushbu tushunchani ifodalovchi so‘z bo‘lsa dastlab ichki manbaga, agar mavjud bo‘lmasa tashqi manbadan qabul qilishimiz lozim. Shevalar leksikasini O‘TIL bilan qiyoslash asosida adabiy til leksikasidan joy olmagan juda ko‘p DSlarni aniqlash mumkin. Biroq mazkur so‘zlar (va ular ifodalaydigan tushunchalar)ni adabiy til uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini belgilash ancha mushkul. Bunday vaziyatda lisoniy birliklarning adabiy norma darajasiga ko‘tarilishi va bunga ta’sir etuvchi omillarni ham bilish talab qilinadi. Zero, adabiy me’yor darajasiga chiqa olmaydigan DSlar bilan adabiy tildagi LBlarni to‘ldirishga urinish bema’ni ishdir. [1:44] 217 Xulosa sifatida suni aytish mumkinki, korpusning ijtimoiy ahamiyati juda keng qamrovli. Korpusdan lingvistik va etno-psixolingvistik tadqiqotlarda, ona tili, adabiyot, xorijiy til ta‟limida, matnga ishlov berish va tarjima dasturlarini tuzishda foydalanish mumkin. Korpus tilshunos, tarjimon, o„qituvchi, dasturchi, gazeta va jurnal muharriri, jurnalist, radio va televideniya xodimi, umuman kundalik faoliyat jarayonida “ish quroli so‘z bo‘lgan” har qanday kishi uchun zamonaviy axborot vositasining bir ko„rinishidir. [4:231] Xulosa qilib qilib aytadigan bo‘lsak tildagi leksik bo‘shliqlarni to‘ldirishni ichki manbaa hisobidan amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tilning sofligini saqlab qolish va tilning boyishini tamilovchi asosiy vosita hisoblanadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling