Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Etymology Dictionary]. Intertekstuallik atamasi birinchi boʻlib1967-yilda fransuz olimasi Y.
Kristeva tomonidan “Baxtin, soʻz, dialog va roman” risolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. Olima intertekstuallik hodisasi asosan ilmiy va badiiy matnda uchrashini taʻkidlab, koʻproq badiiy matnda intertekstuallik tamoyiliga urgʻu beradi. [Xomidova M.,2021]. Biz yuqorida tezaurslar va intertekstauallik hodisasiga birmuncha to‘xtaldik. Ana endi intertekstual tezaurs haqida fikr yuritamiz. Intertekstual tezaurs - intertekstlarning (keng ma’noda ) jamlanmasidir. Muayyan til sohiblariga yaxshi tanish bo‘lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so‘z birikmalari,jumlalar hamda matnlar intertektual tezaurslar sifatida qayd etiladi. Pretsedent nomlar intertmatn birligi hisoblangani uchun ham intertekstual tezaurslarning asosiy obyektidir. Pretsedent nomlar badiiy matnda millatning lingvomadaniyatida alohida iz qoldirgan mashhur tarixiy shaxslar, joy va teoremik nomlarni keltirishdir. Pretsedent nomlarning ajratib olishda ikkita muhim xususiyati alohida e’tirof etiladi. Bular mashhurlik va ramziylikdir. Mashhurlikning deganda presedent nomning shaxs xotirasida mavjudligi, shaxsning bu nom haqida ma’lumotga egaligi nazarda tutilsa, ramziylik esa ma’lum bir sifatlar yig‘indisining matnda nom orqali ifodasi bo‘lishidan iborat. Masalan, “Alpomish” dostonidagi “Alpomish” obrazi haqida tasavvur va ma’lumotlar barchamizning lisoniy xotiramizda mavjud. “Alpomish” nafaqat aynan ijtimoiy-gumanitar soha vakillarining xotirasida, balki barcha til egalarining ongida qahramonlik, jasurlik, o‘z so‘zida turadigan komil inson ramziy obrazi sifatida o‘rin olgan. Hozirgi vaqtda Ayyub, Afrosiyob, Alpomish, Bog‘i Eram, Boychibor, jomi Jam, Iskandar, Ka’ba, Kumush,Otabek, Layli, Majnun, Farhod, Shirin, Tohir, Zuhra, Odam Ato, Momo Havo, Masih, To‘maris, Shiroq, Amir Temur, Hotam, Humo, Usmon , Cho‘lpon kabi o‘zbek va Sharq dunyosiga; Gamlet, Gerakl, Ikar, Kolumb, Otello, Yago, Buratino kabi G‘arb olamiga oid nomlar pretsedent nom sifatida faol qo‘llanmoqda. Xususan, Mustaqillik davrida ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash yo‘lidagi sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq o‘zbek tilida To‘maris, Shiroq, Muqanna, Amir Temur, Jaloliddin (Jaloliddin Manguberdi), Boychibor, Humo, Ch o‘lpon, Usmon (Usmon Nosir) kabi pretsedent nomlarning qo‘llanish darajasi ortdi. Bu, avvalo, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini, istiqlolning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish kabi ijtimoiy- psixologik omillar bilan izohlanadi. Hozirgi globallashuv davrida ommaviy axborot vositalari orqali sport, san’at, siyosat, madaniyatga oid bir qancha nomlar o‘zbeklar orasida ham mashhur bo‘ldiki, ularning nolisoniy omillari, xususan, o‘zbek hamjamiyatida tutgan o‘rni alohida yondashuvni taqozo etadi. Tilshunoslarimiz pretsedent nomlarni intertekstual birlik sifatida qayd etganida “allyuziv nom” deb ham atashadi: “Semisotik tizim orqali intertekstuallikni hosil qilishda matn mualliflariga allyuziv ya’ni pretsedent nomlar yordamga keladi. Alpomish, Hizr, Majnun, Farhod, Jaloliddin kabi intertekstual birliklar she’riy va nasriy asarlarda faol qo‘llanib, bu leksik birliklar, ya’ni belgilar orqali ular bilan bog’liq butun bir matn mazmuniga ishora qilinadi.” [Xomidova M.,2021]. Tilshunos olimlarimizdan biri D. Xudoyberganova esa pretsedent nomlarning allyuziv nom sifatida kelishini tadqiq etar ekan, allyuziv nomga shunday ta’rif beradi: “Allyuziv matnda 228 allyuziya ko‘rsatgichi vazifasida keluvchi onomastik birlik, assotsiativ tarzda idrok qilinuvchi pretsedent matnning tarkibiy qismi; ikki madaniy-semiotik maydonni tutashtiruvchi vosita”.[ Xudoyberganova D.,2015.-B.19.]. Mashhur nomlarning funktsional turlaridan biri bo`lgan allyuziv nomlarga nomlar badiiyatida uslubiy figura sifatida qaralsa, lingvomadaniyatshunoslikda ular ikki madaniy- semiotik maydonni o`zaro tutashtiruvchi vosita sifatida eʼtirof etiladi. Bunda quyidagi ikki jihat eʼtiborga olinmogʼi lozim: a) allyuziv nomlarning adabiy faktga ishora qilishi va b) ularning turli ijtimoiy-tarixiy faktga ishora qilishi. ”.[ Xudoyberganova D.,2020.-B.103.]. Ushbu fikrlarni ma’qullagan holda, sevimli shoirimiz Shavkat Rahmon qalamiga mansub quyidagi misrani keltiramiz: Ko‘ngil ag‘darilar latifalardan, orzular, qarashlar naqadar kalta. Nega gapirishmas separatchilar Indira Gandini otgani haqda!?[Rahmon Sh.,1985.-B.54] Shoirning ushbu bayti “Avtobusdagi o‘ylar” she’ridan olingan bo‘lib, bunda Indira Gandhi antroponimi pretsedent nom bo‘lib vazifasida kelgan. Bu baytda ham allyuziv nom tarixiy faktga ishora qilgan. Ushbu she’r bilan tanishayotgan o‘quvchi “Hind temir xonimasi” sifatida mashhur bo‘lgan siyosatchi Indira Gandhining 1984-yil 31-oktabrida o‘zining tansoqchilari tomonidan otib o‘ldirilganligiga ishora borligini sezadi. Yuqoridagi misolimizda allyuziv nom tarixiy-ijtimoiy faktga ishora qilgan. Sevimli shoirimiz Omon Matjonning “Bag‘ring but bo‘lsin, yurtim” she’ridan olingan quyidagi misralarda esa allyuziv nom adabiy faktga ishora qilgan: Farg‘ona go‘zali Kumushbibi deb, Otabek tikdi-ku axir umrni. Shu mehr, shu sevgi, yoshlik, imonning Bizmiz merosxo‘ri- yurakda o‘rni.[Matjon O.,1989.-B.88.] Bu baytda shoir o‘zbek adabiyotida birinchi roman sifatida e’tirof etiladigan A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari bosh qahramonlarini allyuziv nom sifatida qo‘llagan. She’rni o‘qigan lisoniy shaxs bevosita roman voqealarini yodga oladi va Otabek va Kumush taqdiri xususida fikr yuritadi. Shuningdek, bu baytda “Farg‘ona” toponimi ham pretsedent nomdir. Chunki, lingvomadaniyatimizdan kelib chiqsak, xalqimiz orasida viloyat nomi sifatida Farg‘ona ham juda mashhur. Omon Matjon ijodidan olingan yuqoridagi baytda ham allyuziv nom bo‘lib kelgan “Otabek” va “Kumush” antroponimlari adabiy faktga ishora qilgan. Yuqorida keltirilgan misollar orqali ko‘rinib turibdiki, pretsedent nomlar allyuziv nom sifatida she’riy matnda qo‘llanganda, matnga qo`shimcha, lekin verbal ifodaga ega bo`lmagan fakt yoki ma’lumotni lisoniy shaxs xotirasida jonlantirishga xizmat qiladi. Ko‘rinadiki, intertektual tezaurslarning asosiy obyekti sifatida tadqiq qilingan pretsedent nomlar ma'lum lingvomadaniy jamiyat vakillariga yaxshi tanish, ularning orasida keng ommalashgan, jamiyat hayoti va tarixi bilan bogʻliq, oʻxshash hodisalarni ifodalash uchun xizmat qiladigan barqaror namunaviy asosdir. O‘zbek tilining intertekstual tezaursini yaratishda pretsedent nomlar lingvomadaniy jamiyat mafkurasini, uning mental qiyofasi, borliqni anglash tarzini anglashga xizmat qiluvchi asosiy obyektdir. Ularning korpusi doimo oʻzgarib turadi. Ular dinamik va oʻzgaruvchandir, ular madaniy, tarixiy va lingvistik sharoitlarga moslashadi. Pretsedent nomlarining manbalari doimo yangilanib turadi. Ommaviy axborot vositalari, internet resurslari (reklama shiorlari, teledasturlar va ularning nomlari, gazeta va jurnal ruknlari va h.k.) bugungi kunda yangi pretsedent nomlarning paydo boʻlishiga, ularning keng ommalashishiga, eskirgan intertekst birliklarning tez fursatlarda yangilari bilan toʻlib borishiga yoki almashinishiga xizmat qiladi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling