Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
 


229 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Intertextuality. (2015). Online Etymology Dictionary. Dictionary.com website: 
http://dictionary.reference.com/browse/intertextuality  
2. Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967. 
T. 23, № 239, pp. 
3. Rahmon Sh. Gullayotgan tosh. Toshkent: Yosh Gvardiya,1985. –B.56 
4. Xolmonova Z.T Kompyuter lingvistikasi –Toshkent: Aktiv print, 2019.–B.112-114. 
5. Xomidova M. Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik. Filol.fan. 
fals.dok.(PhD)…Diss. Toshkent, 2021. 
6. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati. -
Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. –B.19. 
7. Xudoyberganova D. Til.Tafakkur.Madaniyat. Ilmiy risola. -Toshkent: Nodirabegim, 
2020.-B.103. 
 
XX ASR BOSHLARIDA ANTRAPONIMLAR TARAQQIYOTI 
 
DEVELOPMENT OF ANTHROPONYMS AT THE BEGINNING OF THE 20TH 
CENTURY 
Zarnigor Davronova 

 
 
Annotation. This article discusses the history of the study of anthroponymy and the 
problematic aspeots today Views on naming traditions were also analyzed. 
Key words: name, surname, nickname, time, andspace, learining weather, problematic. 
 
O‘zbek tili bugungi kunda o‘zbek millatining fikr almashuv quroli sifatida katta ijtimoiy 
vazifa ado etmoqda. O‘zbek tilining bugungi taraqqiyotida tilshunos olimlarimiz, 
yozuvchilarimiz, shoirlarimizning xizmatlari beqiyos. Ularning katta mehnatlari tufayli o‘zbek 
tilining ko‘pchilik sohalarida qat’iy normalar belgilandi, til birliklarining aloqa jarayonidagi 
lisoniy namunalari tafsiya etiladi. Til taraqqiyotidagi ko‘pgina masalalar ilmiy-nazariy asosga 
qo‘yildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimiz leksikasini, uning grammatik 
qurilishini yanada chuqurroq va har tomonlama tadqiq qilish vazifasini qo‘ydi.
XX asr boshlaridan keyingi davrlarda o‘zbek tilidagi atoqli otlar tizimini zamonaviy 
tilshunoslik usullarida tadqiq qilish ,ayniqsa, kuchaydi. Jumladan, yuqorida qayd qilganimizdek 
joy nomlari, kishi nomlari va boshqa sohalar bo‘yicha anchagina ilmiy maqolalar, 
dissertatsiyalar yozildi. Shunga qaramasdan, o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha olib borilayotgan 
ishlarni yetarli deb bo‘lmaydi. Chunki : 
- til sathimizda atoqli otlar juda ko‘p, ularning barcha ko‘rinishlarini to‘plash bilan tarixiy 
taraqqiyotini o‘rganish lozim;
- o‘zbek tilidagi qadimiy nomlarning nomshunoslikka oid lug‘atchilikdagi (onomastik 
leksikografiya) ilmiy tamoyillari ishlab chiqilgani yo‘q;
- tarixiy nomlarning materiallari shu paytga qadar atroflicha, batafsil o‘rganilgan emas;
- o‘zbek atoqli otlariga oid shu kunga qadar qilingan ishlarning deyarli barchasida 
nomlarning xususiyatlari tahlil qilinadi. 
XX asr jahon tilshunosligida onomastika yo‘nalishining mustaqil yo‘nalishlaridan biriga 
aylanib borayotgan davr hisoblanadi. Nomshunoslikka oid lisoniy hodisalarni yirik miqyosda 
tadqiq etuvchi mazkur soha XXI asrda yanada jadal suratlar bilan rivojlanib, fan oldiga yangi 
muammolarni qo‘ymoqda. Ana shunday muammolardan biri har bir asarda qo‘llanilgan 
onomastik materiallarni lingvistik jihatdan tadqiq etishdir. Dunyo tilshunosligida onomastika 
sohasining 
pragmalingvistik, 
lingvokulturologik, 
etnolingvistik 
va 
psixolingvistik
xususiyatlarini yoritish soha taraqqiyotinini taminlaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti o‘qituvchisi 


230 
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida nomlarni ilmiy o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilgan, mazkur 
sohaga oid ko‘plab adabiyotlar, jurnallarning muntazam chop qilinishi, bir qator oliy o‘quv 
yurtlarida onomastika kurslarining o‘qitilishi fikrimizning isbotidir. Jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy 
iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy o‘zgarishlar onomastika sohasining yangi zamonaviy ilmiy 
nazariy yo‘nalishlarini belgilashni kam o‘rganilgan yoki alohida tadqiq etilmagan onomastik 
birliklarni ham o‘rganishni kun tartibiga qo‘yilmoqda.
XX asrda, ya’ni Sho‘rolar davrida o‘zbek tili antroponimlariga, umuman atoqli otlar 
tizimiga munosabatning ko‘pgina salbiy tomonlari mavjud edi: - ittifoqda bir qator millat va 
xalqlar kabi o‘zbeklar ruscha familiya, ota ismga zo‘rlab o‘tkazilgan va ular uch shaklli Sistema 
deb nomlanar edi. Masalan, Tursunova Gulchehra Berdiyevna, Sharipov Tursin To‘xtabayevich 
kabi shaxsning shaxsiy hujjatlarida o‘zbekcha yozuv uchun ham maxsus joy ajratilmagan edi. 
Shaxs nomi mavjud hujjatlarda faqat rus tilida yozilardi. Qayd qilingan xatolar o‘zbek fuqarolari 
ism-shariflarini faqat ruscha imloda yozish holatini tug‘dirdi va o‘zbekcha ismlarning milliy 
talaffuz shaklini buzib aytish va yozishga zamin hozirladi. Rus tilidan va u orqali chet tillar 
onomastikasidan kirib kelgan ismlarni o‘zbek qizlari va o‘g‘illariga berish udum bo‘ldi (Klara 
Svetlana, Marat va boshqalar ). Bunday ismlarni “Internatsional nomlar” (baynalmilal ismlar) 
deb maqtalardi. Shuningdek, Kolxozbek, Savxozbek, Saylovboy, Maya kabi islar “sovetizimlar” 
o‘zbek onomastikasining yangi qatlami sifatida ma’qullanardi. 
Bu o‘rinda shuni takidlash kerakki, keyingi yillarda o‘zbeklar “otchaestvo”ning Ruscha 
shaklidan voz kechishib uni ota ismidan keyin “o‘g‘li” “qizi” so‘zlarini keltirish orqali 
yozishadigan bo‘lishdi: Ermatov Ravshan Turdiqul o‘g‘li, Ermatova Dilbar Turdiqul qizi kabi. 
Bu tip nomlashda maxsus qo‘shimchalar orqali (- ovich, - ovna, - evich, - evna ) mustaqil atoqli 
ot onomastik birlik bo‘lgan ota ism barham topadi va shaxsning kimning farzandi ekani analitik 
usulda ifodalaniladi. Antroponimlar til taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda o‘sadi va rivojlanadi. 
Jamiyat hodisalari bilan bog‘liq holda yangi ismlar paydo bo‘ladi, ayrimlari eskirib iste’moldan 
chiqadi, biror ism kishilarga 50-100 yil davomida berilmasa, u eskirishi yoki unitilishi mumkin. 
Jumladan, ayrim tarixiy asarlarda biz uchun g‘ayritabiiy, eskirib qolgan qolgan ismlar uchrab 
turadi. Bu o‘rinda xalq og‘zaki ijodi namunalarida qo‘llanilgan ismlar o‘zining barqarorligi bilan 
ajralib turishini qayd qilmoq lozim, chunki dostonlar og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga 
ko‘chib yurganligi, doimiy aytilib va tinglanib kelinganligi uchun ularda eskirgan ismlar deyarli 
uchramaydi. Xuddi shuningdek, jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq ravishda yangi ismlar ham paydo 
bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek tilida, sobiq sovet tuzimi bilan bog‘liq qator nomlar paydo bo‘lishi 
bunga misol bo‘la oladi : Marks, Mels, Tel’man va boshqalar… 
Umuman olganda, salbiy bo‘lgan bu an’ananing yuzaga kelishida ismlar va ism qo‘yish 
odatlari hukmron mafkuraning ma’lum darajada va matbuotning aralashuvi ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. Bunday aralashuv 30-yillardayoq yuzaga keldi, masalan, “Yorqin hayot” jurnalining 
1937-yil 9- sonida “Biz topgan otlar” sarlavhasi ostida 107 ism ro‘yxati berilgan va bu nomni 
o‘zbeklarning o‘g‘il va qizlariga qo‘yish uchun tavsiya qilingan. Bu ro‘yxatga o‘zbek xalqi 
uchun an’anaviy bo‘lgan ko‘p ismlar kiritilmagan holda Vansetti, Darvin, Dinamo, Klara, Rinat, 
Elburs kabi ismlar tavsiya etilgan. Bunday holat 1960-1970-yillarga kelib yana avj oldi. 
Bunday harakatlar, albatta, o‘sha davr tuzimining yo‘rig‘i edi. Shu harakatlar ma’lum 
muddat o‘zbek ismlari doirasini torayib ketishiga sabab bo‘lgan desak, adashmaymiz. Bundan 
tashqari, bolani nomlashda zaruriy rasm -rusumlar, milliy an’analarning unitilishiga olib keladi. 
Muhammadqul Jomurod o‘g‘li Po‘lkan baxshining ham bunday “Po‘lkan” deb taxallus 
tanlashida ruslarning ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Oktabr inqilobidan keyin, Po‘lkan shoir 
ko‘plab hamyurtlari kabi sovuq Sibir o‘rmonlariga mardikorlikka safarbar qilinadi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, Muhammadqul “Po‘lkan” taxallusini mardikorlikda yurgan paytida 
tanlagan. Bu jumla “polk” so‘ziga “an” qo‘shimchasi qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan degan 
qarashlar bor. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra “Po‘lkan” qadimgi mo‘g‘ulchada “ulug‘”, “katta” 
ma’nolarini anglatadi. Baxshi shoir shu sababli bu so‘zni taxallus sifatida qabul qilgan bo‘lishi 
mumkin. 


231 
XX asrda, ya’ni ruslarning hayotimizga tasir doirasi kengayganligi tufayli ba’zi milliy 
ismlarning shakllarida loqaydliklarga duch kelyapmiz. Ba’zi o‘zbekcha nomlarning ruscha 
buzilgan shaklini “ijod qilish”da ko‘rinadi. Natijada ba’zi ota-onalar o‘z farzandining, yoshlar 
esa o‘z do‘stlari, o‘rtoqlarining aka-ukalarining ismlarini Alik (Alisher, Ahmad) Gulya (Gulnora, 
Gulandom) Sasha (Sobir, Sadriddin) Raya (Rohila, Ruxsora) va boshqa shakllarda buzib 
aytishadi. Bunday “nombuzarlik” ona tiliga nisbatan hurmatsizlik deb tushuniladi.Yuqoridagi 
ismlar haqida Said Ahmad “Shu yili tug‘ilgan qizlarga Stalina, o‘g‘il bolalarga esa Mels, Marlen 
degan ismlar qo‘yilardi deb yozgan 
XX asrning 20-30- yillarida o‘zbeklarning familiyalari, asosan, Ahmad Fozil o‘g‘li, 
Hakima Fozil qiz tarzida yuritiladi. Shuningdek, bu davrda ziyolilar orasida qisman sodda
Hamza Hakimzoda Niyoziy, iy, viy, iya, viya Abdulla Avloniy Mirzakalon Ismoiliy, Mazayana 
Alaviya qo‘shimchalari orqali ism va familiyalar yasalgan. Ba’zida qo‘shimchalarsiz ham 
yasalgan: Sulton Jo‘ra, Salim Karim, Parda Tursun va b. 
XX asrning yorqin ijodkorlaridan Abdulla Avloniy asarlaridagi ismlarida xalqona, 
sharqona udum va fazilatlar saqlangan. Har bir ismning asoschisi bu, albatta, xalqdir. Zero, 
ismlarda o‘zligimiz, milliyligimiz aks etadi. Nomshunos olim E.Begmatov ta’biri bilan aytganda, 
kishi ismlari - bu xalqimiz tarixi, madaniyati va ma’naviyati, etnografiyasi,ruhiyati, milliyligi 
hamda o‘zligini anglash bilan bog‘liq tushunchalar mujassam bo‘lgan beqiyos, ulug‘ manbadir. 
Mana shu e’tiroflar tufayli ismlar turli xil qadimiy e’tiqodlar, diniy-falsafiy fikrlar va milliy 
xususiyatlarni 
o‘zida mujassam qilgan holda avlodda avlodga o‘tib kelmoqda. 
Xullas, antroponimlar qadimgi tarix qaridan biz tomon yetib kelgan o‘tmish ajdodlarimizning 
bolani nomlash bilan bog‘liq orzu-umidlari haqida ma’lum bo‘lgan qarashlari haqida bizga 
ma’lumotlar beruvchi lisoniy vositadir.
XX asr davri ijodkorlari asarlari, leksik jihatdan boy bo‘lib, ularda hozirgi kunda faol 
qo‘llanilayotgan so‘zlar bilan bir qatorda, tarixiy qatlamga xos lug‘aviy birliklar ham uchraydi. 
Ana shunday qatlamlardan biri kishi ismlaridagi antropoindikatorlardir. Ularda xalq ijodi, 
tafakkuri, ong- u shuurining izlari saqlanib qolganligi ko‘rinadi. Abdulla Avloniy asarlaridagi 
antroponimlarda tasvirlanayotgan davr, zamon, tarixi, holati mujassamlashtirilgan, ularda 
antroponimlar nafaqat nominativ, balki stilistik vazifani ham bajargan. Antroponimlarga 
qo‘shilib kelgan indikatorlar ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. Ijodkorlar antroponim va 
antropoindikatorlarni qo‘llashda o‘ziga xos uslubni qo‘llagan. Adiblar antroponimlar, 
antropoindikatorlar kabi barcha unsurlardan o‘z o‘rnida foydalana olgan va bu bilan o‘z uslubini 
ko‘rsata bilgan. Shoirlarning turli davrlarda yaratgan asarlari til jihatidan bir-biridan farqlanadi. 
Ijtmoiy hayot taraqqiyoti, undagi o‘zgarishlar, yozuvchi dunyoqarashining boyishi va o‘zgara 
borishi yaratgan adabiy asarlarning tiliga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun ham badiiy asar 
tili o‘rganilar ekan, shu asarni yozuvchining boshqa asarlari bilan qiyoslash, o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlash zarur. Adib ijodiy tilini o‘rganishda shu davr tarixiy sharoitini ko‘rib 
chiqish bilan birga yozuvchining siyosiy-adabiy hayotdagi qaysi yo‘nalishga mansubligi, uning 
dunyoqarashi va zamondoshlarining hamda o‘tmish ijodkorlarining unga bo‘lgan ta’sirini, 
shuningdek, asarning yozilish jarayonini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ko‘rib 
o‘tganimizdek, til juda serqirra hodisa. Shuning uchun ham tilni xalq hayoti bilan bog‘liqlikda 
o‘rganish lozim. Buning uchun bizga birinchi navbatda badiiy asarlar yordam beradi. Badiiy 
asardagi onomastik birliklar, xususan, antoponimlar ham mana shu millat, xalq hayoti va 
o‘tmishidan olingan, unda o‘z aksini topadi. Xuddi shuning uchun ularni o‘rganish va tadqiq 
qilish muhimdir. Bu orqali biz o‘z milliyligimiz, tariximizni bilish va anglashda yana bir qadam 
oldinga siljiymiz. Biz o‘ylaymizki, XX asr ijodkorlarining o‘lmas merosi bizga ana shu bir 
qadam oldinga harakat uchun juda katta yordam berdi. Badiiy asar tilidagi antroponimlar tadqiq 
qilish bir tomondan tilshunoslikning antroponimika sohasi uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan tilshunoslikdagi eng dolzarb masalalaridan biri – badiiy asar tili va yozuvchi uslubi 
muammosiga ma’lum bir aniqliklar kiritishi bilan ahamiyatlidir. Badiiy asar tilida 
qo‘llaniladigan antroponimlarni o‘rganish o‘zbek tili tarixida antroponimlarning o‘rnini 
belgilash, bugungi kunga qadar qanday fonetik, leksik va grammatik holatlarni boshdan 


232 
kechirganligi, semantik taraqqiyoti to‘g‘risida ma’lum bir xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Bu, albatta, masaladan ko‘zlangan bir maqsad bo‘lsa, ikkinchi maqsad antroponimning badiiy 
asar tilida qo‘llanishini o‘rganish bilan uning badiiy asar tilidagi roli belgilanadi. 
Antroponimning matndagi uslubiy qiymati, bajarayotgan vazifasi asar g‘oyasini ochib berishdagi 
xizmatini aniqlash orqali shu asarning lingvostilistik xususiyati, asar muallifining individual 
uslubi haqida so‘zlash mumkin bo‘ladi. Abdulla Avloniyning hikoyalaridagi antoponimik 
shakllar, xususan, Kamol, Davron, Muhammad kabi ismlar bizning o‘zligimizni yo‘qotmagan, 
milliylikdan chekinmagan holda tanlangan. Antropoindikatolardan foydalanish ham ijodkorning 
o‘ziga xos uslubidir. Ijodkor antropoindikatorlar orqali o‘zining qahramonlari haqida qandaydir 
ma’lumot beradi, ularga bo‘lgan munosabatiga ishora qiladi. Bundan tashqari, 
antropoindikatorlardan foydalanish ijodkorni kitobxonga yaqinlashtiruvchi vositalardan biridir. 
Abdulla Avloniy asarlarida boshqalarga o‘xshamagan ayollar va erkaklarga nisbatan bir xil 
ismlardan Sarvar, Jamol va Xushvaqt ismlarini qo‘llaganligini ko‘rishimiz mumkin, bizning 
fikrimizcha, asardagi antroponimlar katta ahamiyat kasb etadi. Demak, adib hikoyalarida 
antroponimlardan nafaqat obrazning xarakter xususiyatini ochib berish uchun, balki shunchaki 
uni nomlash uchun ham foydalangan ekan. To‘g‘ri, ijodkorlar doim ham ismdan qandaydir 
uslubiy vosita uchun emas, balki nominativ vazifa, ya’ni qahramonni atash uchun ham 
foydalanishi mumkin. 
Yuqoridagi mulohazalardan ayon bo‘ladiki, o‘zbek tilidagi antroponimlarning mavjud 
tiplari ularning hajmi va chegarasi hozirga qadar belgilangan emas. Professor E.Begmatov 
aytganidek: «Atoqli otlarni har tomonlama o‘rganish o‘z tadqiqotlarni kutmoqda. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling