NODIRBEK HABIBULLAYEV
BADIIY SAN’ATLAR
Badiiy san'atlar sharq mumtoz adabivotining o‘ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi va ta'sirchanligini ifodalovchi tasvir vositasidir.
Qadimda bu soha arablarda "Balog'at ilmi", fors-tojiklarda "Ilmi sanoye'" va bizda "San'at ilmi" deb yuritilgan. Bu ilm, asosan, uch qismdan tashkil topgan: Badiiy san'atlar uchga bo‘linadi:
-
Lafziy san'atlar
-
Ma'naviy san'atlar
3. Lafziy-yu ma’naviy san’atlat
1.Lafziy san 'atlar:
Asarning til jihatidan jozibadorligi, ohangini ta’minilashga yordam beradi. Lafziy san’tlar she’riy nutqdagi so‘zning tovushi bilan bog‘liq.Ko‘proq shakl hodisasi sifatida ko‘rinadi. Uning: tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya, tashtir, tasbe, tarse', tadvir,ishtiqoq, raddi matla', mukarrar, aks, saj', qaytariq, muvozina,muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib kabi ko'rinishlari bo'lib, " Lafziy go'zalliklarning asosi uldirkim, alfozki ma'nog'a tobe' qilg'aylar" (Atoulloh Husayniy), ya'ni shakliy bamolik mazmun go'zalligining voqe bo'lishiga xizmat qiladilar.
2.Ma’naviy san’atlar:
Asarning g‘oyalarini yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish. ularnig ma'naviy qiyofalari, his-tuyg‘ular ta'sirchanroq aks ettirishga xizmat qiladi.
So'zning ma'nosi bilan bog'iiq she'riy san'atlar jamini ma'naviy san'atlar deb yuritiladi. Uning: iyhom, ittifoq, tadbix, faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta'lil, iltifot,
talmix, ruju', tazmin, muqobala, ta'riz, tanosib, tajnis, laf va nashr kabi o'nlab ko'rinishlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |