Nodirbek habibullayev
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
VOSITALAR:
-day, -dek xuddi -simon yanglig‘ -larcha go‘yo -cha misoli -vash, -iy, -oyin kabi kabi qo‘shimchalar va ko‘makchilar ishlatiladi. Tashbehda 4 unsur mavjud bo‘ladi: o‘xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha o‘xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha asos - nimaga ko‘rа o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi vosita - о'xshtilish.belgisi M: yuzing - o‘xshamish go‘zailikda - asos gul - o‘xshatiimish kabidir – vosita Ko'p hollarda asos ishtirok etmaydi. Misollarga murojaat qilami z: Sanga binafsha kibi qaddi nigun, Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun. Ul ulus jondin ayru yel yanglig', Sayr etib suv yuzida yel yanglig'. Ba'zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o'xshamish bilan o'xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, "qoshi hiloldek egik" deyish o'rniga "qoshi hilol", "qomati sarvdek tik" deyish o'rniga "sarvqomat", "yuzi oydek" o'rniga "yuzi oy" ishlatiladi: Ermas alar tufrog'-u, sen nuri pok, Xilqat alarg'a-u sanga-tiyra xok,- baytida ham shu holatni ko'rish mumkin. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'xshamish bilan o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati mutlaq tashbih (aniq o'xshatish) deyiladi. Ayrim o'rinlarda o'xshamish ham tushib, o'xshatilmishning o'zigina saqlanadi. "Hilol", "sarv", "oy", "gul" so'zlarining o'zi o'xshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o'xshatish) deb ataladi. Bo'rini dag'i galadin dur qil, Suv beribon bog'ni ma'mur qil,- baytida to'rtta kinoya tashbih bor: bo'ri-bo'ridek talovchilar, gala-gala singari xalq, suv-suvdek (zarur) adolat, bog'bog'ga o'xshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling