Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Валентина Т.В. Концепты «жизнь» и «смерть» в системе языка и сознании 
разноязычных носителей (на материале фразеологизмов). Автореф. дисс…канд. филол. 
наук. – К., 2008. – 21 с.
2.Dadaboyev H., Xolmuratova M. “Qutadg‘u bilig”dagi so‘zlarning o‘zbekcha, ruscha va 
inglizcha izohli lug‘ati. – T., 2018. – 384 b. 
3. Mirzayev T., Musaqulov A., Sarimsoqov B.O‘zbek xalq maqollari. –T., 2019. –512 b. 
4.Холманова З. “Бобурнома” – тил қомуси. –Т., 2021. – 336 б. 
5.Ўзбек 
тилининг 
изоҳли 
луғати. 

жилдли. 
3-жилд. 
– 
Т.: 
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – 688 б.
6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 5-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси, 2008. – 592 б.
O‘TGAN ZAMON QO‘SHIMCHASINING O‘ZLASHTIRILISHIDA KUZATILADIGAN 
PSIXOLINGVISTIK JARAYONLAR
PSYCHOLINGUISTIC PROCESSES OBSERVED IN THE ACQUISITION OF THE 
PAST PARTICIPLE 
Odinaxon Saidaxmedova 

 
 
Annotation. The article examines the issue of the acquisition of the past tense suffix -di in 
the acquisition of the Uzbek language as a mother tongue. In order to study the process of 
acquiring the suffix, an experiment was conducted and the development of the past tense suffix in 
children's speech was observed. The results of the experiment were summarized and the situation 
of the past participle in the acquisition of the native language was analyzed linguistically. 
Key words: language acquisition, mother tongue acquisition, child speech, adverb, past 
participle, experience, result of experience. 
 
Tabiiy tartib gipotezasi grammatik shakllar, qoidalar hamda birliklarning muayyan 
tartibda o‘zlashtirilishidir. Ona tilida bir qo‘shimcha boshqa qo‘shimchadan avvalroq 
o‘zlashtiriladi. [Crain, S., Lillo-Martin, D., 1999: 134.] Masalan, ingliz tilida hozirgi zamon 
qo‘shimchasi -ing, ko‘plik qo‘shimchasi -s va aniq nisbatdagi -s III shaxs umumzamon 
qo‘shimchasidan avvalroq o‘zlashtirilishi qator tadqiqotlarda aniqlangan. Bu gipotezaga ko‘ra, 
grammatik strukturalar tizimli tartibda o‘zlashtirilib, tartib til o‘zlashtiruvchining yoshi yoki 
uning ona tilisidan mustaqildir.[Krashen, S. 1982: 12.] 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi. 
saidaxmedova92@mail.ru
 


200 
Bolalarning morfemalar o‘zlashtirishiga oid dastlabki tadqiqot J.Berkoga tegishli. 1958-
yilda J.Berko ingliz tili ona tilisi bo‘lgan bolalarda morfemalar produksiyasini tajriba asosida 
o‘rgangan. Sinaluvchi bolalar 4-7 yosh bo‘lib, tadqiqotchi tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlardan 
foydalangan. Masalan, qushga o‘xshash noma’lum jismning rasmini bolalarga ko‘rsatib, uni 
“wug” (ingliz tilida bunday so‘z yo‘q) deb atagan hamda bolalarga bir nechta “wug” mavjud 
rasmni ko‘rsatgan hamda ulardan bular nima ekanligini so‘ragan. Bolalar tadqiqoqchi 
kutganidek, “wugs” deb javob berganlar, ya’ni asosga ’s ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shganlar. 
Boshqa ko‘plik shakllaridan deyarli foydalanishmagan. J.Berko berilgan javoblar tahlilida 
gender jihatdan juda katta farq yo‘q ekanligini kuzatgan.
1973-yilda R.Braun morfemalar o‘zlashtirishi rivojiga bag‘ishlangan yirik asarini nashr 
etdi. Tadqiqotda ingliz tili ona tilisi bo‘lgan 3ta bolaning (bolalardan biri 18 oylik, qolgan 
ikkitasi 27 oylik) so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirishini boshlagan vaqtidan boshlab 
kuzatgan. Shu tariqa 14 ta morfemaning o‘zlashish tartibini aniqlagan. Namunalar bolalarning 
tarbiyachisi bilan tasodifiy nutqini lentaga yozib olinishi orqali to‘plangan.
R.Braun tomonidan o‘tkazilgan tajriba-kuzatuv asosida aniqlangan morfemalar o‘zlashish 
qatori boshqa tillarda ham xuddi shunday tadqiqotlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Xususan, qator tillarda bolalarning morfemalar o‘zlashtirish jarayoni tadqiqot manbasiga 
aylandi. Tadqiqotlar morfema tartibini aniqlash tadqiqotchi tomonidan hech qanday stimul 
berilmasdan uzoq vaqtli tajriba-kuzatuvga asoslangan yoki turli yoshdagi bolalar guruhlarida 
javobida muayyan morfemani talab qiladigan turli og‘zaki metodlardan foydalanish orqali 
amalga oshirilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar bolalar ona tilisida mavjud morfemalarni o‘zaro tartib 
asosida muayyan izchillikda o‘zlashtirishini ko‘rsatadi. Bu izchillik shu tilni ona tili sifatida 
o‘zlashtirayotgan bolalar uchun umumiy bo‘lib, u bolaning ijtimoiy holatidan alohida, mustaqil 
tarzda shakllanadi.
O‘zbek tilining ona tili sifatida -di o‘tgan zamon qo‘shimchasining qay tartibda 
o‘zlashtirilishi jarayonini aniqlash maqsadida tajriba-kuzatuv o‘tkazildi. Tajribada bolalarning 
kundalik nutqi 10–12 oy davomida kuzatildi. Tajriba-kuzatuv uchun O‘zbekistonning turli 
viloyatidagi o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘zlashtirayotgan 4 nafar: 2ta qiz va 2ta bola tanlandi. 
Tajriba natijalarini tahlil qilar ekanmiz, bolalar nutqidagi -di o‘tgan zamon qo‘shimchasi 
o‘zlashishi rivojini kuzatdik hamda o‘zlashish tartibini yuzaga keltiruvchi xususiyatlarga e’tibor 
qaratdik. Quyida bola nutqida dastlab qo‘shimcha qaysi ma’noda hamda qaysi asos tarkibida 
kelishi, qolaversa, sintaktik strukturasi tahlil qilinadi.
Tajriba natijalariga ko‘ra, o‘tgan zamon shakli kundalik nutqi kuzatilgan sinaluvchilarda 
14tagacha asos tarkibida ishlatildi.
Bir necha tadqiqotchilar fikricha, bolalar fe’llarni dastlab o‘tgan zamon ko‘rsatkichi bilan 
tuslaydi. F.Antinuksi va V.Volterra ingliz va italyan tillarida bolalarning boshqa zamon fe’llarini 
tuslashdan avval o‘tgan zamon fe’li shaklini o‘zlashtirishlarini kuzatishgan. Harakat natijasini 
yoki yakunini ko‘rsatish bola uchun muhim, shuning uchun ular o‘tgan zamon fe’lini tuslashga 
moyil bo‘ladilar. Bola zamonda birinchi duch keladigan holat hozirgi va hozirgi bo‘lmagan davr 
orasidagi qarama-qarshilikdir va shu holatda bola asosan o‘tmishdagi harakatlarni belgilaydi. 
Hozirgi va hozirgi bo‘lmagan davr orasidagi qarama-qarshilik aniqlangandan so‘ng bolalar 
oldingi voqealarni ifodalashga qarshi keyingi ish-harakatlarni belgilash uchun boshqa zamon 
shakllarini ham o‘zlashtira boshlaydilar. [Antinucci, Francesco, & Miller, Ruth, 1976: 167-189.] 
Fe’lning kesim sifatida shakllanishi uchun u zamon va shaxs-sonda tuslanishi kerak. 
Bolalar nutqidagi ilk kesim shakllari II shaxs buyruq maylida yoki III shaxs birlikda bo‘ladi. 
Fe’lning kesim sifatida qaysi shaxsda birinchi o‘zlashishi shu tilga bog‘liq. Bola dastlab eng 
minimal tuslanadigan shaxsni o‘zlashtira boshlaydi. Masalan, ingliz tilida hozirgi zamonni 
ifodalashda I va II shaxs tuslanmaydi, III shaxs affiks bilan tuslanadi, shuning uchun III 
shaxsdagi kesim I va II shaxs kesimlaridan keyin o‘zlashadi, portugal tilida esa aksincha, II va 
III shaxsdagi kesimlar tuslanmaydi, shu sababli ular I shaxsdan avvalroq o‘zlashtiriladi. Kiruvchi 
input chastotasi va minimal tuslanish bolaning dastlabki fe’l o‘zlashtirish shaklini tanlashiga 
xizmat qiladi. Tillardagi ifoda jihatiga ko‘ra, dastlabki tuslanishli fe’llar shaxslarda farq qilishi 


201 
mumkin. Bolalar, odatda, kesimning birlik shaxs-sonda tuslangan shakllarini ko‘plikda tuslangan 
kesimlardan oldin o‘zlashtiradilar.[ Clark E., 381.] 
O‘tgan zamon harakatning nutqqacha bajarilganligni ifodalaydi. Bolaning dastlabki 
o‘tgan zamon shakli bilan tuslangan fe’llari uning ko‘rgan ish-harakati yoki o‘zi bilan sodir 
bo‘lishi bilan bog‘liq. Tajriba-kuzatuvga ko‘ra, bolalar avvalo tildagi “ishchi” fe’llarni -di zamon 
shaklida III shaxs birlikda tuslay boshlashdi: bo‘ldi, ketdi, keldi, qildi, oldi, berdi kabi. Nutqi 
doimiy kuzatilgan sinaluvchilardan olingan natijaga ko‘ra, o‘tgan zamon tuslanishli fe’llarning 
asosiy qismi III shaxs birlikdagi fe’llardir.
Men hozir gullarga nima qildim? 
- Tuv kildi;
-Buni xolangga berdingmi?
-Bedi (berdi).
Savollarga berilgan javoblarda I va II shaxs o‘rnida III shaxs birlikdagi zamon shaklidan 
foydalanilgan. Bu esa shu zamonning dastlab III shaxs birlik shakli o‘zlashishini tasdiqlaydi. 
Ko‘plik sonda tuslash deyarli uchramadi.
Zamon shaklini o‘zlashtirishda dublikat yanglishlar mavjud ekanligi qayd etildi. Tan 
tukadimi, unda man tukamadim (sen to‘kdingmi, unda men to‘kmadim), mutik ko‘nagimi yitadim 
(mushuk ko‘ynagimni yirtdi), amma o‘tili manam sigamadim (amma o‘tiray, men ham 
sig‘madim) misollarida fe’l asosiga ham umumzamon shakli, ham o‘tgan zamon shakli 
qo‘shilgan. Bu holat har ikki zamon ham o‘zlashtirish jarayonida ekanidan darak beradi.
O‘zlashtirishning keyingi bosqichi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining nutqda paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Biroq cheklangan tarzda, bolalar, asosan, 3–5ta 
fe’lni “ishchi” fe’l sifatida tanlab oladi. Quyidagi jadvalda sinaluvchilar nutqida mavjud 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari berilgan.
1-jadval. Sinaluvchilar tomonidan tanlab olingan “ishchi” fe’llar ro‘yxati 
 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling