Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

qo‘liga olib iborasiga almashtirilgan. Natijada qahramonning tezkor harakati, ruhiy olamini aks 
ettirish imkoni tug‘ilgan. 
He come here sponging on us white men, and when we got tired of it he took to sponging 
on these Spigs. Bu yerga tilini osiltirib keldi-yu, og‘irligi bo‘ynimizga tushdi, bizning 
me'damizga tekkach, meksikaliklar huzuriga yukinib bordi. 
Matndagi got tired of “charchab qolgach” fe'li me'damizga tekkach frazeologizmi bilan 
tarjima qilingan. 
I never stole any money. Umrim bino bo‘lib men pul o‘g‘irlagan emasman. Bu misolda 
never “ hech qachon” ravishi “umrim bino bo‘lib” frazeologizmi orqali tarjima qilgan.
"Haven't eaten in two days?" I said. Ikki kun bo‘ldi tuz totmaganimga, — dedi uzr 
so‘ragan kabi. Haven't eaten “yemagan” degan so‘z “tuz totmagan” frazeologizmiga o‘girilgan. 
I was raised religious; I have never used tobacco or liquor; and I don't think now that I 
am going to hell. Meni bolalikdan xudojo‘y qilib tarbiyalashgan, og‘zimga bir tomchi ham 
olmaganman, chekmaganman, umidim borki, do‘zaxga ham tushmayman. 
Matndagi I have never used tobacco or liquor “men hyech qachon tamaki va spirtli 
ichimliklar iste'mol qilmaganman” mazmunidagi jumla, oddiy, denotativ ma'nodagi birikmalar 
“og‘zimga bir tomchi ham olmaganman” frazeologizmi orqali tarjima qilingan. Og‘ziga olmoq 
frazeologizmi o‘zbek mental leksikonida “spirtli ichimlik iste'mol qilmoq” ma'nosida qabul 
qilinadi. Bunda ichimlikning taqiqlanishi bilan bog‘liq semantika namoyon bo‘ladi. 
He hushed ( u jim bo‘ldi) predikativ birligi tili tanglayiga yopishdi frazeologizmiga 
o‘girilgan. 
Ba'zi o‘rinlarda matnning ta'sirchanligini oshirish, mazmunni boyitish uchun tarjimon 
tomonidan ma'lum ifodalarni qo‘shish hollari ham kuzatiladi. 
For fifty-six years, a clotting of the old gutful compulsions and circumscriptions of clocks and 
bells, he met walking the walking image of a small, snuffy, nondescript man whom neither man 
nor woman had ever turned to look at twice, in the monotonous shop windows of monotonous 
hard streets. 
Tarjimada: Bir parchagina etu suyakdan iborat bo‘lgan bu sho‘ring qurg‘ur doim soatlar 
va qo‘ng‘iroqlarning qistalang zabtida yashar, ellik olti yildan beri ko‘rimsiz tosh ko‘chalardan 
qatnagani qatnagan, uvoq va bechorahol, dildiragan bu odamchaning turqi-tarovati ko‘cha 
magazinlarining xira oynalarida aks etgani etgan va lekin na biron erkak va na biron xotin uning 
orqasidan qayrilib qaragan emasdi. 
Ushbu tarjimadagi bir parchagina etu suyakdan iborat bo‘lgan frazeologizmining 
muqobili asliyatda mavjud emas. Tarjimon tomonidan obrazli tasvir yaratish maqsadida 
qo‘shilgan. Qatnagani qatnagan, aks etgani etgan kabi takrorlar kitobxon ongida voqyelik 
takrori haqida tasavvurni jonlantiradi. 
Asliyatdagi small “kichkinagina” so‘zi “uvoq” deb tarjima qilingan. Uvoq so‘zi tilda 
kam ishlatiladi. Urvoq, ushoq ko‘rinishlari ham bor. Tarjimon kam iste'molda bo‘lgan turkiy 
so‘zni qo‘llagan va uni ommalashtirishga xizmat qilgan. Asliyatdagi snuffy “baxtsiz” so‘zi
bechorahol deb tarjima qilingan. Baxtsiz so‘zi o‘zbek o‘quvchisi ongida “ma'naviy 
ehtiyojmand” tushunchasini hosil qiladi. Bechorahol so‘zida esa “moddiy ehtiyojmandlik” 
mavjud. Bu so‘z tarjimasi muvaffaqiyatli chiqmagan. 
"At night I just unroll it and go to bed and the next a. m. I just roll it back up and lean it in 
the corner. Kechasi bo‘lganda, tolni yozib yotaman, ertalab yana o‘rab burchakka qo‘yaman. 
Ushbu matn tarjimasida unroll it and go to bed “uni yozaman va uxlagani yotaman” degan 
birikma “tolni yozib yotaman” deb tarjima qilingan. Bunda kitobxon tasavvuriga real manzara 
taqdim etish uchun asliyatda olmosh bilan ifodalangan narsa-buyum nomi keltirilgan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling