Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар. –Т.: 
Маънавият, 1997.153-б. 
2.Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006. 
3.Galskova N.D., Gez N.I. Teoriya obuchenii inostrannыm yazыkam. Lingvodidaktika i 
metodika.-M.:Akademiya,2004.


159 
4.Galskova N.D. Yeщe raz o lingvodidaktike / N.D. Galskova // Inostrannыe yazыki v shkole. 
2008. - № 8.
5.Krupchenko A.K., Kuznetsov A.N. Osnovы professionalnoy lingvodidaktiki.-M.,2015. 
6.Til sistemasi va hozirgi zamon lingvodidaktikasi. Respublika ilmiy-amaliy anjumani 
materiallari (Samarqand shahri, 2011 yil, 25-26 mart). – Samarqand: SamDChTI nashri, 2011.
7.Xaleeva I.I. Osnovы teorii obucheniya ponimaniyu inoyazыchnoy rechi (podgotovka 
perevodchikov): Monogr.– M.: Vыssh. shkola, 1989.–C.199. 
8.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ilmiy-uslubiy seminari 
materiallari. 2021 yil 21 aprel. 
9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I tom. –Toshkent, 2006. 
 
BOLALAR NUTQIDA BAHO MUNOSABATINING VOQELANISHI 
REALIZATION OF VALUE ATTITUDE IN CHILDREN'S SPEECH 
Munavvara Qurbonova 
 
Annotation. The article is devoted to the pragmatic interpretation of speech units, and it 
talks about the expression of subjective evaluation attitude by Uzbek children. 
Key words: speech of children, communication, connotation, linguistic unit, evaluative 
relations, subject, pragmatics, ontolinguistics. 
 
Ma’lumki, baho nutq egasining obyektga munosabatini aks ettiruvchi kategoriyadir. Baho 
orqali voqyelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalanadi. Boshqacha aytganda, nutq egasining 
voqyelikka munosabati baho ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Bahoni ifodalash jarayonida adresatga 
ta’sir ko‘rsatish vazifasi ham bajariladi.
Nutqda baho munosabatining voqyelanishida bir necha bosqich amal qiladi. Baholash 
jarayonida nutq subyekti bosh rolni o‘ynaydi. Nutq egasi bu jarayonning boshqaruvchisidir. 
Baho obyekti, uning baholanishiga asos bo‘lgan belgisi, baholash etaloni bu jarayonning ham 
tashkiliy, ham zaruriy qismlari hisoblanadi. Bularning birortasi mavjud bo‘lmasa, baholash 
jarayoni amalga oshmaydi. Baholash belgisi esa bahoning mundarijasini, uning salbiy yoki ijobiy
xarakterdaligini ko‘rsatadi. Anglashiladiki, baholash jarayonining amal qilishida Sh.Safarov 
qayd etgan quyidagi besh unsurning mavjudligi majburiy, “... bular: subyekt, obyekt, asos, etalon 
(namuna) va baholash belgisi. Baholash dastlabki o‘rinda subyekt-obyekt munosabatida, ya’ni 
subyekt tomonidan obyektning muhimligi, e’tiborga molikligi, miqdor va sifat jihatidan ajralib 
turishini aniqlash jarayonida hosil bo‘ladi. Ushbu jarayonda subyekt obyektning baholanayotgan 
xususiyatini ideal namuna yoki me’yorga qiyoslaydi hamda ushbu me’yorga qay darajada mos 
kelishi yoki uzoqlashishiga nisbat beradi. Nihoyat, barcha “o‘lchov”lar bosqichidan o‘tgan baho 
lisoniy belgi vositasida voqyelanadi” [Safarov, 2008: 184]. 
Baho kategoriyasiga berilgan ta’riflarni umumlashtirar ekan, S.Boymirzayeva ularni 
quyidagi uch guruhga ajratadi:
“1. Baho – so‘zlovchi yoki nutq subyektining borliqdagi narsa va hodisalarga 
munosabatidir. Ba’zan ushbu “munosabat” turlari farqlanadi. Ushbu ta’rif ko‘pchilik tilshunoslar 
tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. 
2. Baho – borliqdagi predmet va hodisalar qiymati haqidagi fikr (ushbu fikrni ifodalovchi 
lisoniy birlik). Bu ta’rifdan asosan faylasuflar foydalanib kelmoqdalar, biroq tilshunoslar ham bu 
ta’rifga bee’tibor emas. 
3. Baho predmet va hodisalarga berilayotgan sifatning so‘zlovchining ma’lum qadriyatlar, 
normalarga tayanadigan ehtiyoji, maqsadi, qiziqishiga mos kelishi yoki kelmasligini ifodalovchi 

Filologiya fanlari doktori, professor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
munavvara2013@yandex.ru
 


160 
lisoniy faoliyatdir. Ushbu ko‘rinishdagi ta’rifdan faylasuf va tilshunoslar parallel 
foydalanmoqdalar” [Boymirzayeva, 2008: 15].
Ko‘rinadiki, baho kategoriyasi konnotatsiyadan tubdan farq qiladi. Baho kategoriyasi nutq 
egasining nutq obyekti haqidagi shaxsiy munosabati ifodasi, subyektiv qarashlari majmuidir.
Konnotatsiya va baho kategoriyasining zich bog‘liqligi konnotatsiyani ifodalovchi 
birliklarda baho munosabatining ham yorqin aks etishida ko‘zga tashlanadi. Ba’zi til 
birliklarining denotativ ma’nosi orqali ham baho munosabati sezilib turadi. Masalan, muttaham, 
nonko‘r kabilar. Biroq til birligi baho munosabatini ifodalashga xoslanmagan holatlarda ham u 
orqali konnotativ ma’no ifodalanishi mumkin. Masalan, bola nutqida qo‘llangan mushukcham 
so‘zshaklida -cha affiksi orqali konnotativ ma’no (erkalash, suyish) hosil qilingan. Shu bilan 
birga, ushbu so‘zshakli orqali baho munosabati (ijobiy baho) ham yuzaga chiqqan. Bundan 
xulosa qilish mumkinki, til birligidagi mavjud baho va nutq egasi tomonidan unga yuklangan 
baho munosabatini farqlash lozim. Nutq jarayonida til birligiga yuklangan baho pragmatikaning 
o‘rganish obyekti bo‘lib, uni konnotatsiyadan farqlash lozim.
Baholash jarayonida nutq egasi obyektni o‘z o‘lchovi asosida baholashga harakat qiladi. 
Garchi har bir ijtimoiy muhitda baholashning umum tomonidan qabul qilingan o‘lchovi 
shakllangan bo‘lsa-da, nutq egasi ko‘pincha o‘z o‘lchovi orqali subyektiv munosabatini ifoda 
etishga urinadi. Ayniqsa, bu holat bolalarda o‘ziga xos tarzda kechadi. Jahon tilshunosligida turli 
yoshdagi so‘zlovchilar tomonidan baho munosabatining ifodalanishi muayyan darajada 
o‘rganilgan bo‘lib [Volf, 1985: 228], bu boradagi tadqiqotlar natijalari [Yashenko, 2004], 
ayniqsa, bolalar nutqining sofligini yorqin aks ettiradi. Kattalardan farqli tarzda bolalar uchun 
umum tomonidan qabul qilingan o‘lchov me’yorlari noodatiy, hali o‘zlashtirilmagan bo‘lgani 
bois ularning obyektni baholovchi o‘z o‘lchovlari mavjud bo‘ladi. Quyidagi misolda bolalarning 
laqablar vositasida baho munosabati (salbiy munosabat)ni ifoda etishi yaqqol ko‘zga tashlanadi: 
Past mahalla bolalari o‘sha zahotiyoq bizning brigadamizga “Afandichilar” deb laqab 
qo‘yibdi. Biz ham qarab turmadik. Turon amakimning musallas ichsa yig‘laydigan odati bor edi. 
Shuni hisobga olib, ularga ham “Yig‘loqilar” deb laqab qo‘ydik. (X.To‘xtaboyev. “Besh bolali 
yigitcha”) 
Bolalar nutqida qo‘llangan dialektizm, vulgarizmlar ham, garchi adabiy til me’yorlaridan 
chekinish bo‘lsa-da, nutqning ta’sir kuchini oshirishga hamda nutq egasining baho munosabatini 
ifoda etishga xizmat qiladi.
Rang-qutim o‘chib ketdi. Nega desangiz, ishning bu yog‘i sal ishkalroq edi-da! 
(X.To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”) 
O‘qdek uchib borib, quvlab borayotgan odamning yelkasiga tirmashdim. Ikkovimiz 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling