Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Lingvodidaktika 
1. 
Til ta’limining an’anaviy ko‘rinishi. Til ta’limining zamonaviy yo‘nalishi. 
2. 
O‘qitishning an’anaviy usullariga 
tayanadi. 
O‘qitishning milliy asosi, zamonaviy metodlari va 
xorij tajribasiga tayanadi. 
3. 
O‘quvchi ijrochi sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
O‘quvchi mustaqil fikr sohibi sifatida o‘zligini 
namoyon qiladi. 
4. 
Tilga o‘rganish obyekti sifatida 
munosabatda bo‘lingan. 
Tilga o‘rganish obyekti va qadriyat sifatida 
munosabatda bo‘linadi. 
5. 
Til 
o‘zlashtirishning 
xilma-xil 
omillari e’tibordan chetda qolgan. 
Til o‘zlashtirishning ijtimoiy-sotsial, psixolingvistik
omillari aniqlanadi. 
6. 
Texnik imkoniyatlardan keng 
foydalanish imkoni bo‘lmagan. 
Texnik 
imkoniyatlar, 
kompyuter 
lingvistikasi, 
kompyuter 
lingvodidaktikasi 
imkoniyatlaridan, 
multimedia jamlanmalari va til oqitish dasturlaridan 
keng foydalaniladi. 


158 
Lingvodidaktika til falsafasi, psixologiya, lingvistika, psixolingvistika, til o‘zlashtirish 
nazariyasi, madaniyatlararo muloqot va boshqa fanlardan farqli o‘laroq metodikaning o‘rganish 
masalalariga kirmagan quyidagi muammolarni hal qiladi: 
1) turli o‘quv sharoitlarida o‘rganilayotgan tilni va til sohiblari olamining lisoniy 
manzarasini o‘zlashtirish darajasini izohlaydi; 
2) tilning aktual holati va taraqqiyoti bilan belgilanuvchi lingvomadaniy tajribani 
o‘rganish va o‘zlashtirishni tahlil qiladi; 
3) yo‘l qo‘yilgan (madaniy, lingvomadaniyatshunoslikka oid va tilning o‘ziga xos) 
kamchiliklar tabiatini asoslaydi
4) til xususiyatlarini o‘rganuvchilarning ko‘p tillilik, ko‘p madaniyatlilik, yosh va 
individual xususiyatlari kontekstida tadqiq qiladi;
5) tilni mukammal va nomukammal egallashni belgilovchi omillarni analiz qiladi va 
asoslaydi [4,8].
Bugungi kunda til bilan bir qatorda til ta’limi ham qadriyat sifatida baholanmoqda. 
O‘zbekiston ta’lim tizimida namuna sifatida yondashilayotgan Kembrij ta’lim tizimi 
(Finlyandiya tajribasi)da ham inson huquqlari, tenglik, xilma-xillik, barqarorlik qadriyatlari 
o‘quv materiali, o‘quv dasturining spetsifikasi sifatida keltirilgan. 
Til ta’limi qadriyat sifatida uch aksiologik blokni namoyon qiladi: 
· 
Til ta’limi – davlat darajasidagi qadriyat; 
· 
Til ta’limi – ijtimoiy qadriyat; 
· 
Til ta’limi – shaxsiy qadriyat [3,6]. 
Ko‘rinadiki, mazkur aksiologik bloklar o‘zaro uzviy bog‘langan. 
Mamlakatdagi til ta’limi taraqqiyotida davlat darajasidagi, ijtimoiy, shaxsiy manfaatlar 
uyg‘unligi, nafaqat davlat, jamiyat, ta’lim oldida turgan sotsial-pedagogik muammollarni hal 
qilishda, balki sotsial-madaniy plandagi muammolar yechimida ham ahamiyatlidir.
Til ta’limini qadriyat sifatida anglash tilga davlat, jamiyat va shaxs munosabatini aks 
ettiruvchi ilmiy va amaliy faoliyatni ishlab chiqish hamda keng yoyishning ahamiyatini 
ko‘rsatadi.
Lingvodidaktikaning muhim usullaridan yana biri kompyuter texnologiyalari yordamida 
amalga oshiriladi. Fan-texnika rivoji natijasida til o‘rgatish uchun maxsus kompyuter dasturlari 
yaratildi. Ularda fe’llar, zamonlar, modal fe’llar tavsifi va zaruriy gap qoliplari keltirilgan [2,19]. 
Har qanday tilning o‘rni uning jamiyat va davlatdagi maqomi bilan belgilanadi. Til 
xalqaro aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda globallashuv doirasida keng 
tarqalgan, umuminsoniy madaniyat qirralarini aks ettiradigan, maksimal hajmda ijtimoiy 
funksiya bajarayotgan xalqaro tillar nazarda tutiladi. Ingliz, rus, nemis tillari shunday tillar 
guruhiga kiradi.
Xulosa. Mamlakat ijtimoiy hayoti va uning yangi maqsadlar, g‘oyalar bilan bog‘liq 
bo‘lgan dinamik taraqqiyoti bir yoki bir necha zamonaviy xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo 
etmoqda. Tillarni, birinchi navbatda, xalqaro muloqot vositasi maqomidagi tillarni bilish shaxsga 
ijtimoiy hayotning keng imkoniyatlarini bermoda. Bugungi bozor iqtisodiyoti va informatsion 
texnologiyalar taraqqiyoti davrida inson resurslari iqtisodiy va sotsial taraqqiyotning asosiy 
strategik omili sifatida maydonga chiqmoqda. Bu masalani hal qilish insonning shaxsiy kamoloti 
va uning sotsial-iqtisodiy erkinligini ta’minlovchi omil sifatida til ta’limida o‘ziga xos o‘rin 
tutadi. Ammo milliy tilni takomillashtirish, uning tafakkurni rivojlantiruvchi omil sifatidagi 
imkoniyatlaridan foydalanish, xorijiy tillarni egallashda vosita sifatidagi o‘rnini doimo esda 
tutish lozim. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling