Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
guppang bo‘lib, yerga yiqildik. (X.To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha”)
Hammasi yovvoyi odamga o‘xshaydi-ku! – nordon narsa chaynab olgandek aftini jiyirib dedi Qoravoy. (X.To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha”) – ye yo‘q dema, galvars... Buvimlayam unga yuraklarini ochib-sochalla. (R.Muhammadjonov. “Suyunchi”) E.Qilichev -cha affiksining qozoncha, taqsimcha, daftarcha, bolacha, yigitcha, xotincha so‘zlari tarkibida ob'ektiv kichiklik ma'nosidan tashqari, sub'ektiv baho ma'nosini ham ifodalashi, “Kechga qolding, tulkicham, kech keldimi echkicham” misolida kichraytirish va emotsional ma'noni ifodalashi, atoqli otlarga qo‘shilganda so‘zlovchining salbiy emotsiyasi bo‘rttirilishi (“Shunday emasmi, Fayzicha? – deb so‘radi boy”), egalik affiksi bilan yonma-yon kelib, o‘rni bilan kesatish, piching, hazil ma'nolarini ifodalashini qayd etgan [Qilichev, 1992: 21]. Undov so‘zlar nutqning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilish bilan birga, bevosita bolaning voqyelikka baho munosabatini ham aks ettiradi. Qiyoslang: 1. – Mening etagim yaxshi pirillaydi, – dedi Klara. – Hoo, mana qarang, bizniki siznikidan battarroq pirillaydi. ( M.Sodiqova. “O‘zi ham shirin, so‘zi ham”) 2. – O‘h! Qo‘lim! .. Qo‘lim! – dedi Akram ko‘zi birdan jiqqa yoshga to‘lib. (P.Qodirov. “Akramning sarguzashtlari”) 161 3. Keyin tugun olib kelgan ekan, o‘shandanam faqat bitta non olib, chuqur tokchada boshqa tugunlar ham ko‘p ekan, hammasini opaning tuguniga shunday katta qilib tugdiki, voy- bu, uni qanday qilib ko‘tarisharkan, deb o‘yladim. (X.To‘xtaboyev. “Jannati odamlar”) 4. – Hoo, hyecham-da, menikiyam shunaqa ovoz chiqaradi. (Azim Xoliqov, 14 yosh) Misollardan ko‘rinadiki, undov so‘zlar ifodaning ta’sirchanligini ta’minlashga hamda nutq egasining turli darajadagi subyektiv munosabati (e’tirozi, iztirobi, hayrati, g‘ururlanishi kabilar)ni aks ettirishga xizmat qilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida uchrab turadigan noodatiy murojaat birliklarida ham konnotatsiya va baho munosabatining kattalarda kuzatilmaydigan ifodasi ko‘zga tashlanadi. Buni quyidagi misolda kuzatish mumkin: – Seni bu yerga kim olib keldi? – deb so‘radi dadasi o‘g‘lini bag‘riga bosarkan. Sobit jilmayib turgan militsionerni ko‘rsatdi. Adasiga konfetini ham ko‘z-ko‘z qildi. – Oho, amaking seni yaxshi ko‘rar ekan-ku! Obid aka militsionerga, ko‘k ko‘ylakli opaga rahmat aytib, Sobitni olib ketdi. Uyga kelishganda Karomat xayol surib eshik oldida turardi. – Opavoy, – dedi Sobit, – militsioner amaki yaxshi ekan-ku! Shu-shu Sobit militsionerlarni qachon ko‘rsa: “Assalomalaykum, yaxshi amaki!” – deydigan bo‘ldi. (M.Murodov. “Yaxshi amaki”) E’tibor berilsa, matnda qo‘llangan yaxshi amaki murojaat birligi orqali murojaatning o‘ziga xos ta’sirchan shakli hosil qilingan. Bunday murojaat birligida bolaning subyektiv munosabati ham ochiq sezilib turadi. Umuman, bolalar tomonidan kishilarning ezgu amallari va fazilatlarini baholashga qaratilgan pragmatik birliklar ijtimoiy guruh a’zolarining barchasi uchun ijobiy baho ifodalovchi ishora vositasi vazifasini o‘taydi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, ontogenez davrida yaxshi va yomon tushunchalarini tilda aks ettirish o‘ziga xos tarzda kechadi. Xususan, Toshkent shahar shevasida so‘zlashuvchi bolalar nutqida “yaxshi” tushunchasi opoq, “yomon” tushunchasi biji dialektal birligi orqali ifoda etiladi. Biroq bir millatga mansub bolalarning kommunikativ-pragmatik faoliyatida ijobiy yoki salbiy bahoni umumiy tarzda aks ettirishga xizmat qiladigan ifoda shakllari konnotativ belgili dialektal element yoxud individual okkazionalizm sifatida o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat to‘qqiz oydan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqida ko‘p kuzatiladi. Ikki yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqida esa yaxshi sifati shaxs deyksisini shakllantiruvchi birikma tarkibida qo‘llanib, muayyan ijtimoiy guruh vakillariga nisbatan baho ifodachisiga aylanadi. Bolalar nutqida, ayniqsa, undov gaplar konnotatsiyani hosil qiluvchi faol sintaktik birliklar hisoblanadi. Undov gaplarda bolalarning his-hayajoni va u orqali voqyelikka baho munosabati yorqin aks etadi. Quyidagi gaplarni tahlil qilamiz: 1. … Bir oyna dadasining qornini juda katta qilib ko‘rsatdi. Azamatjon qotib kuldi-da: Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling