Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til o‘qitish metodikasi
Natijalar va muhokamalar. Didaktikaning bir qator tamoyillari mavjud boʻlib, ularning
ayrimlari borasida toʻxtalamiz. Negaki bu tamoyillar lingvodidaktika mezonlarini belgilashda asos vazifasini oʻtaydi. Milliy didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning shaxs omiliga yo‘naltirilishidir. Mazkur tamoyil ta’lim uchun bilim bilan bir qatorda o‘quvchi shaxsi asosiy qadriyat ekanligini anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi shaxsini shakllantirishga urg‘u beriladi. О‘quvchining egallagan bilim, ko‘nikma, malakalari ijtimoiy turmush tarzini belgilovchi xarakter kasb etishi nazarda tutiladi. Fan doirasida o‘zlashtirilgan bilim o‘quvchining keyingi hayotida ma’lum natijalarga olib kelishi, uning soha doirasidagi kuztishlariga mos kelishi muhimdir. Umuman, o‘quvchi yoki talaba mehnatga layoqatli, hayotga tayyor bo‘lishi lozim. “Sotsial-kasbiy yondashuv nuqtayi nazaridan kelib chiqib yondashilganda mehnatga tayyorlikni shakllantirish mezonlari quyidagicha: 1) zarur bilim, ko‘nikma, malaka; 2) ta’lim va o‘quv mehnatiga munosabat; 3) rivojlangan, mustaqil, ijodiy tafakkur; 4) sotsium shaxsi oldida turgan vazifalarni tushunish; 5) faoliyatning motivlarini anglash, o‘zining manfaatlarini, qobiliyatini, imkoniyatlarini aniq tushunish, moslashuvchanlik; 6) shaxsiy va jamiyat maqsadlarini umumlashtirish. Bu o‘rinda shaxsning faol mehnat hayotiga tayyorgarligi ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar tizimi orqali ifodalanadi” [5,65]. Insonparvarlik tamoyili didaktikaning asosiy talablaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonida shaxs manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashish maqsadini qoʻyadi. Insonning buyuk qadriyat ekanligini anglash, voqea, hodisalarga shaxs omili nuqtayi nazaridan yondashish bu tamoyilning belgilovchi xususiyatidir. Milliy pedagogikada insonparvarlikning markazida “yaxshilik” konsepti yotadi. Mumtoz ma’naviyatimizda, milliy pedagogikamizda yaxshilik mezonlari ham belgilab berilgan: 1) barcha insonga yaxshilik qilish; 2) yaxshilik qilganga yaxshilik bilan javob qaytarish; 3)qilingan yaxshilikni minnat qilmaslik: yaxshilik qilib minnat qilish xalq hikmatlari va aforizmlarda “qoshiq bilan sho‘rva ichirib, cho‘mich sopi bilan ko‘z chiqarish”ga qiyoslangan; 4) yomonlik qilganga ham yaxshilik qilish;5) o‘zgalarga yaxshilik qilish imkoni bo‘lmasa, yomonlik ham qilmaslik. Bu mezonlar yoshlar xulq-atvorini shakllantirishda muhim qiymatga ega bo‘lgan yondashuvlar hisoblangan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida, individual xuxusiyatlarini hisobga olish ham didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni koʻzda tutadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik, ijtimoiy-tarixiy muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur talablaridan biridir. 157 O‘zbek tilshunosligida lingvodidaktika masalalari ilmiy adabiyotlarda boshqa mavzular atrofida yoritilgan bo‘lib, alohida yo‘nalish sifatida yaqin yillardan boshlab rivojlanmoqda. Ammo didaktika o‘zbek adabiyotida qadim tarixga borib taqaladi. Pand-nasihat tarzida yozilgan asarlar, nasriy va she’riy matnlar so‘ngida keladigan qit’a, fardlar muallif xulosasini ifodalash bilan birga tinglovchiga didaktik ta’sir etish qiymatiga ega bo‘lgan. Keyingi yillarda lingvodidaktika kompyuter tizimida faol qo‘llanmoqda. Lingvodidaktikaga doir anjumanlar tashkil qilinmoqda [6]. “Lingvodidaktika”ning asosiy maqsadi fan mazmunini milliy til asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish, til o‘qitish jarayoni, mazmuni, yo‘nalishi, usul hamda vositalarini tahlil qilish, ta’lim subyektining imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, til o‘zlashtirishning ijtimoiy- siyosiy, sotsial-psixologik omillarini aniqlashdan iborat. Tilni o‘qitish maqsadida tavsiflash, tillar o‘rtasidagi universaliyalar va farqli jihatlarni tadqiq qilish, o‘rganilayotgan tilning tuzilishini, mazmunini, til minimumlarini aniqlash, til o‘zlashtirishdagi nuqsonlar tabiatini o‘rganish, til xususiyatlarini o‘rganuvchilarning ko‘p tillilik, ko‘p madaniyatlilik, yosh va individual belgilari kontekstida tadqiq qilish, tilni mukammal egallashni belgilovchi omillarni tahlil qilish, tillarni o‘rganish metodikasi, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, til o‘rganishni o‘quv predmeti sifatida belgilash, turli o‘quv sharoitlarida o‘rganilayotgan tilni va til sohiblari idrok etgan olam lisoniy manzarasining o‘zlashtirilish darajasini izohlash, tilning aktual holati va taraqqiyoti bilan belgilanuvchi lingvomadaniy tajribani anglash va o‘zlashtirish analizi asosiy vazifalardir. Ona tilini o‘zlashtirishda ham, chet tillarini o‘rganish jarayonida ham tilning grammatik xususiyatlari, grammatika negizida fonetik, leksik belgilari o‘rganiladi. Shu bois lingvistika va pedagogika chegarasidagi muammolarni hal qilish, o‘rganilayotgan til strukutrasini tahlil qilish, tillarning universal va farqli jihatlarini aniqlash ham lingvodidaktikaning vazifalari hisoblanadi. “Lingvodidaktika”ning obyekti til o‘rgatish amaliyoti, deb belgilangan bo‘lsa, til o‘qitish va o‘rgatish jarayoni haqida umumlashtirilgan tasavvur berish, til o‘zlashtirishga zamon talablari va shaxs idroki, qobiliyatidan kelib chiqib yondashish fanning predmetini tashkil qiladi. Fan doirasidagi asosiy masalalardan biri ta’lim doirasidagi o‘rganuvchilarning “lingvomadaniy tayyorgarlik” darajasiga asoslangan til siyosati kontekstida til o‘qitishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishdir. O‘quvchilarning «Lingvomadaniy tayyorgarligi»ga ular tomonidan istalgan til va madaniyatni ona tili hamda xorijiy til sifatida o‘zlashtirishlari kiradi. Til ta’limi ona tili hamda o‘zga tillarni va madaniyatlarni egallashdir. Ona tili va xorijiy tilni o‘zlashtirish doirasi metodlari, ta’lim tamoyillari, yondashuvlar o‘zaro farqlanadi. Ona tili va xorijiy til ta’limida umumiy tamoyillar, metodlar mavjud. Lekin ta’lim maqsadi, metod va usullarning qo‘llanishi ona tilini va xorijiy tillarni o‘qitishda bir xil emasligi kuzatiladi. Lingvodidaktika va metodika terminlarini sinonim tarzda baholash hollari ham mavjud. Ammo bu tushunchalar o‘zaro farqlanadi: № Til o‘qitish metodikasi Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling