Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Metodlar. Maqolada tavsiflash, tasniflash, analiz, sintez, qiyoslash, konseptual jadval  metod va usullaridan foydalanildi


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Metodlar. Maqolada tavsiflash, tasniflash, analiz, sintez, qiyoslash, konseptual jadval 
metod va usullaridan foydalanildi. 
Asosiy qism. Jahon tilshunosligida lingvodidaktika ona tili va xorijiy tillarni o‘rganish 
jarayonini ifoda etish uchun qo‘llanmoqda. Aniqrog‘i, xorij tillaridagi lingvodidaktikaga doir 
ma’lumotlarning aksariyati verbal muloqot vositasini xorijiy til sifatida o‘rganishga 
yo‘naltirilgan. Tilni ona tili sifatida o‘zlashtirishning lingvodidaktik omillari tahliliga qaratilgan 
ishlar juda kam. Bu nisbatni hozirgi globall taraqqiyot, dunyo tillarining iste’mol doirasini 
kengaytirish, nufuzi va mavqeyini oshirish maqsadida olib borilayotgan til siyosati bilan 
izohlash mumkin. Bundan yarim asr avval xalqaro tillar dunyo tillari orasidagi qo‘llanish doirasi, 
mavqeyiga qarab baholangan. Endilikda xalqaro tillar doirasining o‘zida ham tilni keng yoyish, 
“yumshoq kuch” siyosatining asosiy vositasiga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Xalqaro tillarning metatil darajasidagi taraqqiyotini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan konferensiyalar, 
xorijiy til metodikasining takomillashtirilishi, xorijiy tilni o‘rganish jarayonining keng yoyilishi
lingvodidaktika yo‘nalishining mazmunini belgilab beradi. Lingvodidaktikada til ta’limi ko‘p 
hollarda xorijiy tillar sohasidagi ta’lim bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. 
Lingvodidaktikaning ikkinchi yo‘nalishi, tilni ona tili sifatida o‘zlashtirish masalalari, 
garchi hozirgi vaqtga qadar nisbatan kam e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, muayyan tilning 
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya 
fanlari doktori. E-mail: 
zulxumor-uzmu@mail.ru
 


155 
mavqeyini oshirish, ona tili maqomini saqlab qolish, davlat tili va rasmiy til sifatidagi nufuzini 
oshirishda muhim qiymat kasb etadi. 
Lingvodidaktika rus tilshunosligida G.I. Bogin, I.I. Xaleeva, N.D. Galskova, G.I 
Boginalar qarashlari asosida shakllangan yangi soha bo‘lib, o‘zida lingvistika fani mohiyatini 
namoyon etadi. I.I.Xaleeva «Lingvodidaktika» terminini «ta’lim, o‘quv mazmuni 
komponentlarini asoslovchi, til tabiati va tilning sotsial fenomeni sifatidagi individning 
o‘zaro harakatlari mexanizmi» deb ta’riflaydi [7,199]. 
Avvalo, lingvodidaktika asosidagi didaktika haqida to‘xtalsak. Didaktika yun. didaktikos 
soʻzidan olingan boʻlib, “oʻrgatuvchi”, “taʼlim beruvchi” ma’nosini bildiradi. Didaktika 
pedagogikaning tarmogʻi, taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadigan yoʻnalishdir. Didaktika 
atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda pedagogikaga doir adabiyotlarda qoʻllangan. Didaktika, 
uning mohiyati haqida bir qator fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shundan keyin didaktikaga 
taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
didaktikaga oid maxsus monografiyalar yuzaga keldi. 
Hozirgi zamon pedagogikasida didaktika taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan 
shugʻullanadigan alohida soha sifatida talqin etiladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni 
qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarali usul va yoʻllarini topish didaktikaning 
asosiy masalalaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy 
asos hamda metodologiyaning oʻrni katta. Didaktika metodologiyasining davrlar osha oʻzgarib 
kelganini kuzatish mumkin. 
Didaktika pedagogika, umumiypsixologiya, oʻqitish psixologiyasi, psixolingvistika hamda 
bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bilish faoliyati va uni amalga 
oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash 
borasida ham mazkur fanlar orasidagi integratsiya katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday 
alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini belgilash qonuniyatlarini aniqlaydigan fan 
sifatida taʼlim va tarbiya ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini koʻrsatishi lozim. 
Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyoti tajribalaridan kelib 
chiqqanligi uchun didaktika tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil hodisalarning 
oʻziga xosligini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasi (maqsadi, mazmuni, 
qonuniyatlari va tamoyillari), umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limi. O‘zbek tilida 
didaktika “pand-nasihat” mazmunida keng qo‘llanadi. Mazmunida pand-nasihat, ibratli fikrlarni 
qamrab olgan badiiy asarlarning didaktik turi ham shakllandi. Didaktik adabiyot yuzaga keldi. 
“Didaktika”ning asosida ta’lim-tarbiya g‘oyasi yotadi. 
Oʻzbek milliy pedagogikasi tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga 
bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika 
hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsa-da, ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilash, uni 
tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatib oʻtganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-
Fargʻoniy, Margʻinoniy, Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni tashkil qilish, uning 
samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi 
qarashlari jahon pedegogikasi taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan 
yoshdagi bolalarni guruhlab oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib 
berilgan boʻlsa, oʻzi ezgu soʻz, ezgu fikr egasi boʻlmay turib, muallimning bolalarda ezgu 
fazilatlarni shakllantira olmasligi Alisher Navoiy asarlarida aks etgan. Sharqda muallim azaldan 
ezgu fazilatlar sohibi sifatida ulugʻlangan. 
Oʻzbek milliy didaktikasining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Abduqodir Shakuriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, 
Muhammadsharif Soʻfizoda kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim 
bosqich boʻldi. XX asr boshlarida vujudga kelgan jadid pedagogikasi milliy asos hamda jahon 
tajribasining so‘nggi yutuqlari negizida shakllangan bo‘lib, bugungi ta’lim tizimini 
takomillashtirishda ham poydevor vazifasini ado etishi lozim. Jadid pedagoglari ta’lim-tarbiya 
borasida yuksak natijalarga erishdilar. Ular ta’lim-tarbiyaning nazariy jihatlari bilangina emas


156 
balki amaliy masalalari bilan ham shug‘ullandilar. Maktablar ochdilar, o‘quv qo‘llanmalari, 
darsliklar yaratdilar. Faqatgina ona tili va adabiyot emas, tarix, geografiya sohasidagi ta’lim 
jarayonini takomillashtirishga ham hissa qo‘shdilar. Milliy pedagogikadagi asosiy tamoyillardan 
biri yozma nutqni shakllantirish masalasi edi. Jumladan, jadid pedagoglari yozma nutqning inson 
tafakkurini o‘stirishga xizmat qilishini yaxshi anglashgan. Shuning uchun maqolalari hamda 
darsliklarida yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berishgan. O‘quvchilarga 
beriladigan matnlar, insholarning mazmuni, sodda-murakkabligiga alohida e’tibor qaratishgan. 
Matnlarni o‘quvchi yoshiga qarab saralashni, bu borada boshqa mamlakatlardagi ilg‘or 
pedagogik tajribalarga tayanish lozimligini ta’kidlashgan. Ayrim mamalakatlarda insho yozish 
mezonlari ishlab chiqilgani xususidagi ma’lumotlarni qayd etishgan: “… mushkul iboratlik uzun 
insholar, albatta, bola zehnini ochmay, balki fikrini(ng) yo‘q bo‘lishig‘a sabab bo‘lur. Biljumla 
mamoliki islomiyaning maktablarindagi bolalar uchun yengil suratda insho tayyorlanubdurki, 
ibtidoiyya, rushdiyya, e’tidodiyya maktab talabalarini(ng) har birig‘a muvofiq suratda insho 
ta’lim beriladur” [1,153].

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling