Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Beobro‘ qilmoq Obro‘sini to‘kmoq. Xaloyiq oldida meni beobro‘ qilishing oqibatini.. bir 
ko‘rsatib qo‘yay hali. M. Ismoiliy, Farg‘ona t.o.”[O‘TIL,III-j,2020:76] 
Semantik ekspertiza nutq faoliyatining ma’nosini aniqlashtirish va to‘g‘ri aniqlash, ma’lum 
bir bayonotda hissiy bahoni aniqlash, salbiy ma’lumotlarni aniqlash, semantik yadroni tahlil 
qilish va barcha mumkin bo‘lgan leksik ma’nolarni aniqlash, nutqdagi muvofiqlik va 
adekvatlikni aniqlash uchun amalga oshiriladi. Bundan tashqari, semantik ekspertiza terroristik, 
tuhmat va haqoratli deb ko‘rsatilgan holatlarni tergov qilishda, sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik 
obro‘sini himoya qilish, patent va mualliflik huquqiga oid nizolarni hal qilishda va hokazolarda 
ushbu profildagi mutaxassisdan foydalaniladi. Mas’uliyati yuqori bo‘lgan mutaxassis tilshunos 
tilshunoslik fanlari bo‘yicha malaka oshirishdan o‘tishi kerak. Mutaxassis keng bilimdonlik, 
kuzatuvchanlik, analitik fikrlash, yaxshi xotira va yuqori darajadagi konsentratsiya, puxtalik va 
mashaqqatli mehnatga ega bo‘lishi kerak. Tilshunoslik bo‘yicha kasbiy bilimga ega bo‘lgan 
mutaxassislarni tayyorlash jarayonida tilshunoslikning leksik va lingvistik semantika kabi 
fanlarini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Bo‘lajak tilshunos mutaxassislar ushbu fanlarni 


275 
o‘zlashtirish jarayonida alohida so‘zlar, iboralar, gaplar, matn bo‘laklarining me’yoriy (lug‘at) 
ma’nolari va ma’nolarini o‘rganadilar. Tilshunoslik sohasidagi maxsus bilimlarni o‘zlashtirish 
uchun mutaxassislar uchun "tilshunoslik pragmatikasi" fanining bo‘limi bilan tanishish va 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, biror narsaga chaqiriqlar shaklida ifodalangan 
bayonotlarning kommunikativ va motivatsion yo‘nalishini belgilaydi. Shuningdek, mutaxassis 
tilshunos ritorika sohasida bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki tadqiqot olib borishda mutaxassis 
voqelikni talqin qilish mexanizmlarini, adresat ongini boshqarish usullarini, nutq xabarlarini 
tushunish mexanizmlarini bilishi kerak. Shunday qilib, lingvistik fanlarda maxsus bilimlar talab 
qilinadi, bu nutq xabaridan muzokarachilarning turli xil aniq va shaxsiy ma’lumotlarini va 
boshqa muhim ma’lumotlarni aniqlashga yordam beradi.[ Грачев,2015,27] 
Shaxsni obro‘sizlantirish odatda tuhmat shaklida bo‘lib, o‘zbek tilining izohli lug‘atida 
“Tuhmat [a.– ayblash, ayblov] 1 Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab chiqarilgan 
asossiz da’vo; bo‘hton. Tuhmat qilmoq. Tuhmat yog‘dirmoq. Tuhmat tosh yoradi, tosh yormasa, 
bosh yoradi. Maqol. -Nega eringga xat yozmaysan? -Voy bundan bo‘lak ham tuhmat bormi? 
Nega xat yozmas ekanman. A. Qahhor, Xotinlar. Uying kuygurda ikki oy qadar ishladim. Keyin 
haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana. Oybek, Tanlangan asarlar.” s. t. Ortiqcha 
tashvish, dardisar. Shoshib turganimda, sen ham tuhmat bo‘lding menga. Xizmatga tuhmat st. 
Kimsaga xizmat, yaxshilik qilib, oxiri aybdor bo‘lib qolish yoki o‘ziga tashvish, dardisar 
orttirish; yaxshilikka yomonlik. ...”[O‘TIL,IV,2020:226] tarzida berilgan. Biroq shaxsni 
obro‘sizlantirish faqatgina tuhmat bilan amalga oshiriladi deb bo‘lmaydi. Masalan, biror 
shaxsning oilaviy muammosi bor, deylik ota-onasi bilan gaplashmaydi, yoki noqonuniy turmushi 
va o‘sha turmushdan farzandlari borligi kabi ommaga sir bo‘lgan ma’lumotlarni ham oshkor 
qilish o‘sha shaxsning obro‘sizlantirishiga sabab bo‘ladi. Zeroki, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 27-moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan
shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. 
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga 
kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar 
sirini 
oshkor 
qilishi mumkin emas.”[ https://www.lex.uz/docs/20596 (Ўзбекистон 
Республикаси Конституцияси)] deb belgilangan. Bunday hollarda shaxsning hayotiga qonun 
ruxsat bergan o‘rinlardan boshqa holatlarda aralashish hamda uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlarini tarqatishning taqiqlanganligi o‘sha shaxslarni obro‘sizlantirishning oldini olish 
uchun belgilab qo‘yilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shaxsni obro‘sizlantiruvchi ifodalarni 
shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki o‘sha ifodalarni ifodalash vositalarini esa verbal va noverbalga 
bo‘lish mumkin. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ayblamoq so‘zining birinchi ma’nosi Aybli deb 
topmoq, ayb qo‘ymoq. Huquqiy ma’nosi esa Jinoiy ayb qo‘ymoq. O‘sha vaqtlarda mahalliy 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling