Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning 
ilmiy-nazariy asoslari. – T.: “Fan” nashriyoti, 2007. –144-b. 
2.Dexkanova M. Ta’lim jarayonida noan’anaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash usullari // 
Ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2006. – № 1. – B.9-11. 
3.Qo‘ng‘irov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. –T: 
«O‘qituvchi», 1992. 
4. Султонова Г.А. Педагогик маҳорат. – Тошкент: ТДПУ, 2005. 
5. Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х., Ҳайдаров М., Ҳасанбоева О., Усманов Н. Педагогика 
фанидан изоҳли луғат. – Тошкент: Фан ва технология. 2009. – Б.154. 
 
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SIYOSIY XAVFLILIGI MAVJUD MATNLARNI
LINGVISTIK EXPERTIZASI O‘TKAZISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
PECULIARITIES OF CONDUCTING LINGUISTIC EXPERTISE OF POLITICALLY 
DANGEROUS TEXTS IN SOCIAL NETWORKS 
Nargisa Soliyeva * 

Annotation. The examination of political texts is one of the main research objects in 
linguistic expertise. Social network messages, as well as the expression of negative information 
through various micro-blocks, assessment of the level of danger is important. Texts threatening 
social and political security can be expressed in different ways. The article talks about types of 
texts that threaten social and political security, their characteristics and forms of expression. 
Key words: expertise, political speech, social network message, linguistic expertise, 
forensic political science expertise, threat, invitation. 
Lingvistik ekspertizada bahsli matn tiplarini ajratishda ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikka daxl 
qiluvchi matnlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-siyosiy aloqalarning kuchayishi, ommaviy 
axborot vositalarining ochiqligi va ayniqsa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sonining keskin 
oshganligi axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratini opaydo qiladi. Oxirgi vaqtlarda aynan 
ijtimoiy tarmoqlar istalgan turdagi axborotlarni uzatish, yashirin kommunikativ maqsadni 
ifodalashning eng qo’lay vositasiga aylandi. Dunyo global siyosiy beqarorlik davriga kirdi. Bu 
bilan ijtimoiy keskinlik o'choqlari paydo bo'ladi, "rangli inqiloblar" sodir bo'lishi xavfi ortadi. 
Hozir har qachongidan ham muhim bo‘lib, kechayayotgan jarayonlarni obyektiv, ilmiy tushunish 
kerak, bir-biri bilan murakkab tarzda o‘zaro bog‘langan ob’ektiv va subyektiv xarakterdagi ichki 
va tashqi omillar majmud.
Odatda, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavfini siyosatshunoslar muayyan vaziyatlar va aniq 
shaxslarning harakatlarini tahlil qilish asosida o‘rganadilar.[Коротаев А.,2018:9] Biroq, 
siyosatshunoslik tahlili juda sub'ektivdir, chunki u o'z baholarida mumkin bo'lgan aniq 
ekspertlarning fikrini aks ettiradi. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashga asoslangan beqarorlik 
indekslarini qo'llash siyosiy tahlilning ob'ektivligini oshiradi, ammo, muayyan hududda sodir 
bo‘layotgan beqarorlikning tub ildizi, o‘choqlarini aniqlash va bartaraf etish biroz 
murakkabliklarni yuzaga keltiradi.
Muayyan mamlakatda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavfini tahlil qilishning murakkabligi 
ko'p jihatdan unda yuzaga keladigan siyosiy vaziyat har doim uzoq tarixga ega bo'lib, uning 
xususiyatlari keyingi voqealar qaysi yo'nalishda rivojlanishi uchun muhimdir. Shu sababli, 
mamlakatdagi mavjud vaziyatni aks ettiruvchi beqarorlik indekslari yordamida nutq tahlili, qoida 
tariqasida, ishonchli natija bermaydi. Tahlilning ishonchliligini oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlar (SES) faoliyati barqarorligining pasayishi natijasida beqarorlikni umumiy nuqtai 
nazardan ko'rib chiqishga imkon beradigan nazariy tushuncha va unga asoslangan mantiqiy-


270 
matematik vositalar to'plami talab qilinadi. Ushbu ilmiy muammoni hal qilish uchun metodik 
yondashuv quyida taklif etiladi: 
Ijtimoiy –siyosiy xavfsizlikka qarshi matnlar turli tiplarga bo‘linishi mumkin. Boisi
kommunikativ maqsadni ifodalash yo‘llari ham turlichalikni ko‘rsatadi. Xususan, quyidagi 
xususiyatga ega matnlarni ijtimnoiy-siyosiy xavflilik darajasi mavjud (quyi, o‘rta, yuqori) 
deb baholash mumkin: 
• Tahdid ko‘rinishidagi matnlar (yakka bir shaxs, yoki jamoaga qo‘rquv, tazyiq vositasida 
tahdid ko‘rsatish orqali ta’sir ko‘rsatish); 
• Da’vat ko‘rinishidagi matnlar (biror diniy oqimga qo‘shilish, inqiloblarni amalga 
oshirishga da’vat etish, missionerlikni targ‘ib qilish, insonlarning diniy e’tiqodlariga salbiy ta’sir 
ko‘rsatish); 
• Tashviqot ko‘rinishidagi matnlar (salbiy mazmunga ega bo‘lgan targ‘ibot-tashviqot 
ishlarini amalga oshirish, matnli audio, vizual vositalar orqali muayyan ishni qilish/ qilmaslikka 
undash, inson erkini bevosita bo‘ysundirish). 
Tahdid - do‘q qilish, qo‘rqitish. 1. Qo‘rqituv, do‘q-po‘pisa. “Gulnorning zaharlanganini 
Mirzakarimboy va o‘g‘illari qat’iyan rad qilib, ma’suma qurbonning ota –onalarining tillarini 
do‘q, tahdid bilan muhrlashga tirishdilar”. Oybek. 
Tahdid qilmoq. Tahdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq. “U Hamidani chaqirib 
olib , Haydarga tayoq bilan tahdid qilib qo‘ydi”. 
Tahdidning semalari orasida aynan ushbu ko‘rastilgan biofrinchi semasi lingvistik 
ekspertizada ijtimoiy siyosiy xavfsizlikka daxl qiluvchi matnlar tahlilida ishtirok etadi. Bugungi 
kunda tahdid bilan bog‘liq murojaatlarning soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Stataistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, tahdid bilan bog‘liq murojaatlar soni oxirgi o‘n yillikka nisbatan keskin 
oshgan. Bunday murojaatlarning asosiy salmog‘ini shaxsni obro‘sizlantirish, qadrini tushirish, 
omma oldida sharmanda qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali ovoza qilish, shaxsiy ma’lumotlarini 
tarqatish, yaqinlarining hayotiy daxlsizligiga rahna solish, ishiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq 
holatlarga a’loqador.
Muloqot va yozma matnda tahdidning semantikasini ochib berish Rossiya qonunchiligida 
nazarda tutilgan jinoyatlarning bir qator elementlari bo'yicha ekspert tadqiqotlarini o'tkazishda 
zarurdir. Xususan, bular gijgijlash, tovlamachilik, odam o‘ldirish bilan tahdid qilish, har xil 
turdagi majburlash bilan bog‘liq jinoyatlar, shuningdek, ekstremistik faoliyat, poraxo‘rlik, 
bosqinchilik va h.k. turlari: tahdidlar - jazo va ogohlantirish tahdidlari. Tahdidlar-jazolar, agar 
adresat ma'ruzachi uchun nomaqbul ish qilgan va u qabul qiluvchini keyingi jazo haqida 
ogohlantirgan holatlarda qo'llaniladi. .[ Гловинская М.,2004:9]
Xususan, shaxsiy yozishmalardan olingan quyidagi misollarga diqqat qaratamiz: 
1. A) Makkillab qolibsanmi. Ahvolingni sekuntta hal qilaman. Luboy minusingni topaman. 
Qigan chpelarini hammasini zapis qivoganman. K.t…ni q…b yur. Qo‘limda yana nimalar 
borligini bilmiysan. Urug‘ aymog‘in bn enagnikiga t…b kelishga qudratim yetadi.
B) Qo‘lizdan keganini qilin. Qurqadigan joyim yu. 
A) Kop chiranmagin. Sharmandaeyni chiqaraman. .[ Matn ayrim qisqartirishlar bilan olindi.] 
1. Hurmatli xodimlar, ertadan hamma yuz foiz ishga chiqishi shart. Otpuska tugagani 
qachon edi, kecha birorta xodim o‘z o‘rnidamas. Yangi o‘quv yiliga ko‘p qolmadi, qattiq 
tayyorlanish kerak. Hujjatlaringizni taxlang. Toifaga topshiradiganlar birorta hujjat 
topshirmadinbgiz, aytib qo‘yay, maktab sizga ball bermaydi. Bir hafta qattiq kuni bilan 
ishliymiz. Kimda kim vaqtida kelmasa va bo‘yin tovlasa avansga yozilmaydi, premyadan 
umidlaringni uzaveriylar. 15soatdan ortiq dars ham berilmaydi. Oylik, ish kerak bulsa 
vaqtida kelib ishlaringni bitiringlar. Kechgi beshda yana bir yo‘qlama qilinib uyga 
jo‘natilasiz. Xabarni olganlar izoh qoldiring. 
Har ikki matnda tahdid elemntlari ko‘zga tashlnadi; ingvistik ekspertizada tahdid sifatida 
baholanuvchi matnlarning semantic darajasiga ham diqqat qilish lozim. Ya’ni, tahdidning 
quyi/yuqori/o‘rta darajasi, shuningdek, insonning hayoti, shaxsiy daxlsizligi ta’sir etish 


271 
darajasiga ko‘ra. Yuqoridagi matnlarda tahdidning semantic tabiatini quyidagicha belgilash 
mumkin: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling