268
qanday
yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan
o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur[Sultonova,2005].
Muammoli vaziyatlar bilan ishlashda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi mumkin:
✓ muammoni qo‘yadi va uni o‘zi
hal qiladi;
✓ muammoni qo‘yadi va talabalar bilan birgalikda yechimni topadi;
✓ talabalarning o‘zlari muammoni qo‘yib, o‘zlari yechimni topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
✓ muammoni turli nuqtayi nazardan o‘rganish
va tahlil qilish;
✓ mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
✓ qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro
qiyoslash;
✓ muammo bilan bogʻliq xulosalarni chiqarish;
✓ talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari.
Muammoli ta’limning eng keng tarqalgan va nazarimizda eng samarador usuli “
Keys-stadi”
texnologiyasi bo‘lib, o‘qitishda mazkur usulga murojaat etamiz.
MAVZU: “Tilning tasviriy vositalari”
1.Guruhli ishlash.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linishadi . Har bir guruhga “Keys” topshirig‘i beriladi:
KEYS:
Bir sintaktik figura tasvir vositasi bo‘lishi va uni mahorat bilan qo‘llash badiiy nutqning ko‘rki.
Biroq matnda bir necha sintaktik figuraning kelishi tasviriylik
darajasini oshirib yuborib, uni
reallikdan uzoqlashtiradi. Xulosa quyidagi misralarga taalluqlimi?
Men nadomatlarni unutganman. Men meros dovlamayman. Men molparast ham emasman.
Lekin qani mening yetti ma'dandan eritib quyilgan darvozam?
Jahonning bir mo‘jizasi?
Oltin, temir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush darvozam?
Bibixonim darvozasi?
Yo‘qolgan darvoza...
O‘g‘irlangan darvoza...
Tanga qilib maydalangan darvoza... (I.G‘afurov)
Do'stlaringiz bilan baham: