Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
rahbarlarni ayblashga bahona topilmay qolganda, ularning farzandlari va qarindosh-
urug‘larini tuhmat bilan qamashardi. Gazetadan. ” keltirilgan bo‘lib, bevosita ikkinchi ma’nosida hali huquqiy jihatdan jinoiy qilmishni amalga oshirilganligi isbotlanmasdan uni aybdor deb hukm qilish va keng ommaga tarqatish ham shaxsni obro‘sizlantirishga kiradi. Bunday ma’lumotlarni tarqatish, avvalo qonun jihatidan taqiqlangan bo‘lib, uni ommaga e’lon qilgan insonning shaxsiy munosabati va bilim saviyasi kabi omillarning ta’siri natijasida o‘sha shaxsning obro‘sizlantirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda o‘sha ma’lumot tarqatilgan vaqt va joydagi voqea-hodisani batafsil o‘rganish talab etiladi. O‘zganing gapini ko‘chirma gap sifatida aytayotgan nutqiy o‘rinni o‘zinigina tarqatishni ham misol qilishimiz mumkin. Zeroki, tilshunos olim B.Menglievning matn parchasidan ko‘ra mavhumroq narsa bo‘lmaydi degan mazmundagi fikrlari to‘g‘ri va o‘rinlidir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Uyaltirmoq so‘ziga izohi berilmagan bo‘lsa-da ushbu holatda kimningdir xato va kamchiliklarini o‘zgalar oldida e’lon qilish tushuniladi. Aksincha biror shaxsga tegishli xato va kamchilikni o‘zgalardan xoli tarzda aytish uni obro‘sizlantirish hisoblanmaydi. Ushbu fikrlarni “Do‘st aybingni yashirib, dushman toshirib aytar” maqoli ham tasdiqlaydi. Shuningdek, o‘zbek tilining izohli lug‘atida Sharmanda [f. – vijdonli, insofli; uyatchan; uyatga qolgan, izza bo‘lgan] Sharmu hayoni yo‘qotgan; hayosiz. U axloqsiz bir kimsa-ku! U behayo, sharmanda. K. Yashin, Hamza. 276 Sharmanda bo‘lmoq Nihoyatda uyatga qolmoq; sharmandasi chiqmoq. Shunday qilaylikki.. pinhona harakatlari ham fosh bo‘lib, o‘zlari el orasida sharmanda bo‘lsinlar. Gazetadan. Sharmanda qilmoq Nihoyatda uyatli holatga qo‘ymoq. Nega meni shuncha odam oldida sharmanda qilasan, jodugar! O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol .”[O‘TIL,IV,2020:548] Ya’ni qandaydir xatosi yoki aybi ko‘pchilikning oldida oshkor bo‘lgan, obro‘sizlangan shaxs. Odatda shaxsni obro‘sizlantirish uchun haqoratli jumlalardan foydalaniladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Haqoratlamoq kimsa sha’niga haqoratli gap, so‘z aytmoq, haqorat bo‘ladigan ish, xatti-harakat, qiliq qilmoq. -Iya, ha, boshqa bilan qovushdik deng, – u ko‘zini qisib, qizni haqoratlashga og‘iz juftladi. F. Musajon, Huri. Bu o‘tkinchi besh kunlik dunyoda biz yoqalashamiz, qon to‘kamiz, bir-birimizni haqoratlaymiz.. Mirmuhsin, Me’mor.” tarzida berilgan. Bu o‘rinda haqoratlanish natijasida quyidagi hodisalardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelishi mumkin: 1) kimdir kimnidir haqorat qilganda haqorat qilinuvchining obro‘sizlanishi; 2) kimdir kimnidir haqorat qilganda har ikki shaxsning obro‘sizlanishi; 3) o‘zgani haqorat qilgan shaxsning o‘zi obro‘sizlanishi. Birinchi holatda biror shaxs boshqa bir shaxsning xato va kamchiliklari yoki ayblariga ko‘ra o‘zgalarning oldida haqorat qilishi, ikkinchi holatda o‘zaro hamkor, yaqin do‘st sifatida o‘zgalarning e’tiboriga tushgan shaxslarning shaxsiy munosabatlari sababli bir-birini haqorat qilishi, uchinchi holatda jamiyatda ijtimoiy mavqei qanday bo‘lishidan qati nazar martabasi yuqori yashab turgan hamda o‘tib ketgan hurmatli odamlarni haqorat qilganda sodir bo‘ladi. Biroq shaxsni obro‘sizlantirish faqatgina haqorat so‘zlar bilan amalga oshirilmaydi. Masalan, muayyan bir shaxs qilmagan ishini amalga oshirdi deb yolg‘on xabar tarqatish, yanayam aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, biror sportchini g‘olib bo‘ldi deyish, yuqori lavozimga o‘tmagan, balki lavozimi tushirilgan shaxsni yuqori lavozimga o‘tdi deyish kabi holatlar shular jumlasidan. Yolg‘on xabarlar tarqalishining oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida 2020 yil 25 dekabr kuni qabul qilingan O‘RQ–658-son qonuni bilan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan. Umuman olganda o‘zgalar haqida tarqatilgan yolg‘on xabarlar aksariyat hollarda o‘sha shaxslarni obro‘sizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin[https://lex.uz/docs/5186087]. Shuni ta’kidlash joizki, shaxsni obro‘sizlantiruvchi ifodalar faqat haqorat so‘zlardan iborat bo‘lmay, balki semantik jihatdan ijobiy xususiyatga ega, biroq faktik jihatdan tasdiqlanmaganligi bilan ham xarakterlanadi. Lingvistik ekspertizani amalga oshirishda matnli axborotni qayta ishlash jarayonida asosli xulosalar olishning muhim sharti nutq aloqasi nazariyasida olingan asosiy tadqiqot natijalari hisoblanadi. Og‘zaki muloqot nuqtai nazaridan, matnlarni lingvistik o‘rganish - bu matn ma’nosini qonuniy izohlash uchun zarur bo‘lgan til tizimi elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi amaliy bilimlarni qo‘llashdir. Ye.I.Galyashina sud-lingvistik ekspertizani dalillar qiymatiga ega bo‘lgan nutq ma’lumotlarini (har qanday moddiy vositada qayd yetilgan) lingvistik tadqiq qilish bo‘yicha samarali protsessual faoliyat sifatida belgilaydi[https://cyberleninka.ru/article/n/k-вопросу-о-лингвистической-експертизе]. Tilshunoslik sohasidagi bilimlar huquqni muhofaza qilish organlarining ish sifatini oshirishi mumkin. Tilshunos mutaxassislar nafaqat fuqarolik va jinoiy ishlarni tergov qilishda yordam beradilar, ularning tilshunoslik sohasidagi maxsus bilimlari jamiyatning boshqa sohalarida uchun ham zarurdir. Shuni ta’kidlash kerakki, sud ekspertizasining dalillar bazasining ajralib turadigan xususiyati amaliy tilshunoslikka hech qanday aloqasi bo‘lmagan asosli taxminlar yoki farazlar emas, balki empirik tadqiqot natijalaridir. Hozirgi rivojlanish darajasida lingvistik ekspertiza sohasidagi tadqiqotlar dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega. Lingvistik ekspertiza til va huquq sohasidagi lingvistik bilimlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Huquqiy tilshunoslikdagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nutq texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash uchun yangi nazariy ishlanmalarni yaratish, shuningdek, inson faoliyati sohasidagi til turlarining funksional xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq. Sud-tibbiy 277 tilshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar turli huquqiy kontekstlarda tildan foydalanish nazariyasi va usullarini taqdim etadigan innovatsion dastur sifatida muhim ahamiyatga. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling