Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

 
 
Annotation. This article describes the specific features of analogies, their role and 
importance in the Uzbek language. The characteristic of analogies as a linguocultural unity was 
revealed by analyzing the text of uzbek lullaby. 
Key words: analogy, subject of analogy, model of analogy, formal indicator of analogy, 
symbol of analogy. 
Inson o‘z faoliyati davomida doim qulaylikka intilib yashaydi. Inson ongi atrof-
muhitdagi narsa va hodisalarni qiyoslash, o‘xshatish, taqqoslashlar orqali qabul qiladi, qayta 
ishlaydi, baholaydi. Obyektiv olamda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy jarayonlar, 
narsa va predmetlar, o‘y va kechinmalar nimagadir qiyoslab, taqqoslab qabul qilinar ekan, bilish 
jarayoni bir qadar soddalashadi.Ya’ni o‘xshatish orqali biz uchun yangi bilimlar, notanish 
hodisalar lisonimizdagi tayyor bilimlarga biriktiriladi, tassavvur imkoniyati ravshanlashadi. 
Bundan tashqari, ongimizda mavjud bilimlarni tizimlashtirish, guruhlarshtirish kabi jarayonlar 
ham o‘xshatish va taqqoslashlarning natijasi sanaladi. Nizomiddin Mahmudov o‘xshatishga 
shunday ta’rif beradi: “Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli 
jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng 
tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida 
kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z aksini topadi”. 
O‘xshatishlar inson xayoloti va tasavvuriga assotsiativ ta’sir ko‘rsatib, tasvir obyektiga 
nisbatan ma’lum munosabatni shakklantiradi. O‘xshatishlarning o‘ziga xos murakkab tabiati 
haqida, tarkibiy, lisoniy va ma’naviy xossalari haqida turli nazariy, ilmiy, ommabop tadqiqotlar 
mavjud. O‘xshatishlar ham adabiyotshunoslikda, ham tilshunoslikda tasviriy vosita sifatida 
maxsus o‘rganib kelingan. [Yoqubbekova, 2003:10] 
Mantiqiy jihatdan talqin qilganimizda adabiyotshunoslik va tilshunoslikning tarkibiy 
qismi hisoblanmish qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik 
sohalari ham o‘xshatish va qiyoslash mezonlari natijasida vujudga kelgan sohalar deyish 
mumkin.
Tilshunoslik va adabiyotshunoslik tasviriy vosita sifatida tahlil qilinadigan o‘xshatish 
adabiyot va til ilmida keng o‘rganiladi. Biz o‘xshatishlarni aynan tilshunoslik nuqtai nazaridan 
tahlil etishni maqsad qilganmiz. 
Qiyoslash maqsadiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. “Agar ikki predmet yoki tushuncha 
ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish maqsadida qiyoslangan bo‘lsa, sof qiyosiy konstruksiya 
shakllanadi(masalan, yer toshdan qattiq), qiyoslash o‘xshatish maqsadini ko‘zda tutganda esa 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling