Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

o‘xshatish konstruksiyasi shakllanadi (masalan, yer toshday qattiq). [Mahmudov, 1984:68] 
Alla matnlarini tahlil qilish natijasida qiyosning maqsadiga ko‘ra ikkala turi ham o‘zbek xalq 
allalarida qo‘llanlganligining guvohi bo‘ldik, biroq sof qiyosga nisbatan o‘xshatish 
konstruksiyasi faol qo‘llanilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tahlilga tortilgan 11ta 
o‘xshatishdan 3tasi sof qiyosiy konstruksiya bo‘lsa, 8tasi o‘xshatish konstruksiyasi. 
Alla matnlaridagi sof qiyosiy konstruksiyalar: 
1.Yangi chiqqan oyim bolam alla-yo 
Ipakdan ham mayin bolam, alla 
2. Alla, bolam, ter ekan, 
Urush qursin der ekan. 
Urush bo‘lgan joylarda

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Lingvistika mutaxassisligi II kurs magistranti, 
maftunamamarasulova7@gmail.com


325 
Polvonlardan zo‘r ekan. 
3. Alla derman, oyima, alla, 
Qanddan ham shirin bolima, alla. 
Alla matnlaridagi o‘xshatish konstruksiyalar: 
1.Mehrim senda, kamolingni tinglar qalbim, alla 
Buloqdek jo‘sh, maysalardek tez ulg‘aygin, alla 
2. Xush qushning bolasiday
Daraxt boshi uyasiday
Daraxt boshin yel olsa, 
Shaydullodir onasi-yey 
Alla, bolam, alla. 
3. To‘yda to‘pga qarasa, 
Qo‘yday qilib hurkitar. 
Alla, bolam, allayey 
Jonim bolam, alla-yey. 
Ushbu namunalardan ko‘rinadiki, sof qiyosiy konstruksiyalar –dan chiqish kelishigi 
vositasida hosil qilinadi va -dan affiksi “ortiqlik” semasi anglatishga xizmat qiladi. O‘xshatish 
konstruksiyasi esa –dek, -day, -dayin kabi qo‘shimchalar hamda kabi, misoli, singari va boshqa 
vositalar yordamida hosil qilinadi va bu vositalar “tenglik” semasini anglatishga xizmat qiladi.
O‘xshatishlarning tarkibiy qismlari haqida ilmiy adabiyotlarda turlicha qarashlar mavjud. 
Mantiqan bir xil tushuncha turli yondashuvlar natijasida turli nomlar bilan ifodalangan.
Xususan, Panini grammatikasidan boshlab (mil.avv IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik 
traktatlarida o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilib o‘xshatishning muntazam to‘rt 
unsurdan tarkib topishi ta’kidlangan: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki subyekt, 2) unga o‘xshash 
bo‘lgan narsa yoki obyekt, 3) o‘xshatish belgisi yoki o‘xshatish asosi hamda 4 ) o‘xshatishning 
formal ko‘rsatkichi. 
M.Mukarramov o‘xshatishlarni uchta leksik birlikning o‘zaro munosabatidan yuzaga 
kelishini ta’kidlaydi va o‘xshatish ifodalovchi element bo‘lib kelgan –dek, -day, -simon, -cha, 
kabi, singari shaklida va boshqa grammatik vositalar o‘xshovchi obrazni ifodalagan so‘zlar 
tarkibida yoki o‘zlari alohida so‘z holida shakllansa-da, lekin leksik ma’no anglashilmasligiga 
asoslanib, o‘xshatishning uch komponentli bo‘lishini ma’qul ko‘radi.
Yormatov o‘xshatishning mohiyatini belgilovchi tarkibiy qismlar sifatida uchta birlikni 
belgilaydi: o‘xshatilmish (subyekt-S), o‘xshovchi (etalon - E) va o‘xshash (aktant - A).
N.Mahmudov, D.Xudoyberganovalar ham o‘xshatish tarkibiy jihatdan to‘rt qismdan 
tashkil topishini e’tirof etadi: “O‘zbek tilida ham, bosqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, 
o‘xshatishlar to‘rt unurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, 
o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakily ko‘rsatkichi deb nomlaymiz”. [Mahmudov, 
Xudoyberganova, 2013:5] Mahmudov o‘xshatishlar uchun quyidagi formulani keltiradi: 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling