Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Ko‘nglim gulday yashnaydi, hey, hey 
(Huyalar yoki heyyalar –otalar va bobolar tomonidanaytiladigan alla) 
Ushbu alla matnida Ko‘nglim gulday yashnaydi - turg‘un o‘xshatishi mavjud bo‘lib, 
xursand bo‘lmoq, rohatlanmaoq ma’nosini anglatmoqda. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 
o‘zbek lingvomadaniyatida o‘xshatish etaloni sifatida gul faol qo‘llaniladi. “o‘zbek tili 
o‘xshatishlarning izohli lug‘ati”da gul o‘xshatishiga keng o‘rin berilgan va o‘xshatish uchun asos 


327 
bo‘lgan ma’nolar tavsiflangan. Gul etaloniga bag‘ishlangan lug‘at maqolasida gulning beshta 
xususiyatidan to‘rttasi ijobiy ma’noga ega bo‘lgan belgi-xususiyat hisoblanadi. Birinchi 
xususiyati sifatida gulning quyidagi belgi-xususiyati tasniflangan: gulday yashnamoq, ochilmoq– 
benihoya chiroy ochmoq, go‘zallashmoq. Alla matnlari tarkibidagi o‘xshatishlarning asosiy 
qismi ijobiy sema asosiga qurilgan bo‘lib, bu alla janriga xos xususiyat hisoblanadi. 
Qaraganni qaratar, 
Qaramaganni berkitar. 
To‘yda to‘pga qarasa, 
Qo‘yday qilib hurkitar. 
Alla, bolam, allayey 
Jonim bolam, alla-yey. 
Ushbu alla matnida qo‘yday qilib hurkitar o‘xshatishidan foydalanilgan. Tilimizda, 
asosan, qo‘yning yuvoshlik xususiyati o‘xshatishga asos qilib olinadi, “qo‘ydek yuvosh” 
o‘xshatishi qa’tiy turg‘unlashb qolgan. Qo‘yning tabiatiga xos bo‘lgan hurkaklik xususiyati ham 
o‘xshatish asosi sifatida faol qo‘laniladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o‘xshatishlar o‘zida tilning jozibasini, muayyan 
xalq tafakkur tarzini aks ettiradi. O‘zbek xalq alla matnlarida o‘xshatishlarning barcha turi 
qo‘llanilgan va bu o‘xshatishlarda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan tafakkur imkoniyatlari, turmush 
tarzi, dunyoqarashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Alla matnlaridagi lingvomadiniy birliklarni, 
xususan, o‘xshatishlarni tahlil qilish orqali o‘zbek tildagi milliy-madaniy boyliklarimiz yanada 
sayqallanadi. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling