Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
- Oppoq dada , Padari buzrikvor
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ёқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларида ўхшатиш. – Тошкент, «Фан», 2003 2. Ёқуббекова М. Бешиклар олиб келайин. –Андижон, «Андижон», 1993 3.Маҳмудов Н. Узбек тилидаги содда гапларда семантик-синтактик асимметрия – Тошкент, «Ўқитувчи», 1984 4. Маҳмудов Н, Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: «Маънавият», 2013 5. Маслова В. Лингвокультурология. - М., «Academia», 2001 6. Муккаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Тошкент, «Фан», 1776 7. Сафаров О. Алла-ё алла. - Тошкент, «Ўқитувчи», 1999 8. Umarova N. O‘xshatish konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari.“Oriental Art andCulture” Scientific-methodical journal- (3) 111/2020(https://cyberleninka.ru) O‘ZBEK SHEVALARIDAGI IKKILAMCHI NOMINATSIYA HODISASINING MILLIY QADRIYAT SIFATIDA GAVDALANISHI THE REALIZATION OF THE DUAL NOMINATIVE PHENOMENON IN UZBEK DIALECTS AS A NATIONAL VALUE Ramazon Ortiqov Annotation. This article presents a scientific and critical opinion about the secondary name in Uzbek dialects and the national-cultural specificity of the naming process. Key words: Secondary denomination, national ability, dialect, dialect facts, language. Qadimda ham hozirgi galaballashuv jarayonida ham o‘zidan eng ko‘p madaniyatni, an’analarni va milliy qadiriyatlarni o‘zida tajalli qiladigan omil, bu til hisoblanadi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tilning asosini tashkil etadigan shevani aytish mumkin. Shevada shu tildan foydalanadigan xalqning, millatning milliy qadiriyatlari akslanib, bo‘rtib turadi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Lingvistika(o‘zbek tili) 2- kurs magistranti ramazonortiqov76@gmail.com 328 XIX asr oxirida F.Boasning antropologik tadqiqotlari boshlanishi bilan "madaniyat" atamasi turli jamiyatlarga nisbatan ham qo‘llana boshlandi. Madaniyatga nisbatan qarashlarning bunday modifikatsiyasi tilning qanday ahamiyat kasb eta borishi jihatidan juda muhim hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab til(sheva) va madaniyat uzviy bog’liqlikda ko‘rib chiqiladi. A.Vejbitskaya, madaniyatning Klifford Gerts taklif qilgan ayniqsa samarali bir ta’rifini keltiradi. Unda aytilishicha, madaniyat - bu ramzlarda mujassamlashgan mohiyatlarning tarixiy jihatdan shakllanadigan modelidir. Bu meros qoldiriladigan tasavvurlar tizimi bo‘lib, ular yordamida odamlar o‘zaro bir-biri bilan muloqotda bo‘lishadi va ularning hayot haqidagi bilimlari hamda hayotiy qoidalari shu tasavvurlar asosida qayd qilinadi va rivoj topadi. E.Sepir madaniyatni mazkur jamiyatning ish yuritishi va fikrlashi uchun asos bo‘ladigan narsa sifatida ta’riflagan. E.Sepirning yozishicha: “Til madaniyatning to‘planishi va uning tarixan meros qoldirilishida katta rol o‘ynashi shubhasiz. Bu madaniyatning eng yuksak darajalari va uning sodda shakllariga ham birdek tegishlidir. Eng sodda jamiyat madaniyat fondining katta qismi ko‘proq yoki kamroq aniqlik bilan belgilangan til shaklida saqlanib qoladi”. Bu fikrlardan biz til va madaniyatlar va shu tilning asosini tashkil qiladigan shevalarning bir biri bilan chanbarchas bog’liq ekanligini, ular bir birisiz mavjug emas ekanligini anglashimiz mumkin. Aslida madaniyatlar, qadriyatlar ekstralingvistik hodisalarda, narsa buyumlarda ham mavjud bo‘ladi. Ammo ular ham til yoki sheva orqali ifodalanadi, yuzaga chiqadi. Xuddi shunday shevalarda faol iste’molda bo‘lgan ikkilamchi nominatsiya hosillalari ham o‘zining uzoq va buyuk tarixiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining ajralmas bir madaniy qismi sifatida yashab kelmoqda. Binobarin, perifraza(biz shevada ikkilamchi nominatsiya deb atayotgan hodisa)ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi lisoniy va nolisoniy omillar bilan bevosita aloqadordir. Bunda shubhasiz, ijtimoiy hayotdagi narsa-buyum va predmetlarning nomini obrazli ifodalashda, shuningdek, ma’lum hodisalarga, narsalarga aloqadorlik kasb etishida perifrazalar hosil qilinadi. Albatta, bu holat perifrazalar shakllanishining usul va yo‘llarini belgilab olishni taqozo etadi. Ta’kidlash joizki, perifrazaning shakllanishida motivlovchi asos uchun aynan til va nutqiy hodisa ekanligini anglatish bilan birga, tilning jamiyat hayotidagi o‘rnini belgilash uchun ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi[Bondaletov, 1987: 10]. kuzatiladi. To‘g’ri ikkilamchi nominatsiya faqat borliqdagi ekstralingvistik omillarga bog’liq emas, unda til ichki funksiyalari, qonuniyatlari va konstruksiyalariga ham asoslanadi, ulardagi o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysingan holda rivojlanadi. Bir qaraganda tilning ichki qurulishi mavjud emasdek tuyuladi, biroq unda o‘zbek tiliga xos bo‘lgan grammatik qonuniyatlar mavjud bo‘ladi. Biz ikkilamchi nominatsiyaning bu jihatlariga churqur kirmaymiz, biz yoritmoqchi bo‘lgan jihatlari ikkilamchi nominatsiy hosilalarning milliy-madaniy xususiyatlarining o‘ziga xosligi, qonuniyatlari haqida to‘xtalishga qaror qildik. Shevalarimizdagi ikkilamchi nomlanish xuysusiyati turli xil sohlarda ko‘zga tashlanadi. Bu sohalar ham o‘zbek xalqining tarixdan ajralmas bir qismi sifatida faoliyat yuritgan, shug’illangan sohalari deyish mumkin. Ha, aslida ham shunday bo‘lishi kerak, chunki jamiyat, xalq o‘zi yaxshi bilgan, yaxshi tushungan va muvaffaqiyat qozongan sohalaridagina ikkilamchi nomlar qo‘yishga ehtiyoj sezadi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyat va millat hayotiga qaysi soha eng chuqur darajada kirib kelgan bo‘lsa, shu yo‘nalishda ma’lum yangiliklar qilinadi va ehtiyoj seziladi. Bizning tariximiz turkiylarga borib taqalishini, ular asosan ko‘chmanchi keyinchalik esa dehqonchilik bilan shug’illanganligi va VII-VIII-asrlardan keyin Islom dinini qabul qilganligi nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bizda chorvachilik, dehqonchilik juda yaxshi rivojlangan deyishimiz mumkin. Bu sohalar o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotiga chuqur kirib kelgan. Aynan shuning uchun ham, ikkilamchi nom qo‘yish ehtiyoji shu sohalarda yorqinroq ko‘rinadi. Shu o‘rinda shuni takidlashimiz kerakki, bizning ajdodlarimiz hayotiga va milliy an’analarida oilaga bo‘lgan munosabat, ota-ona savlati va qarindosh- urug’chilik munosabatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu rishtalar muqaddas hisoblangan. Keyinchalik biz yuqorida takidlagan davrga kelib islom dinini qabul qilishimiz, bu rishtalarni yanda mustahkamlashga xizmat qildi. Aynan shu kabi omillar ham qarindosh urug’chilik 329 munosabatlarida ham ikkilamchi nomlash jarayonidan foydalanishga turtki bo‘lgan. Shuning uchun ham ikkilamchi nomlash o‘zbek xalqining turli xil sohalarida paydo bo‘lganligini takidlashimizga asos bo‘ldi. Demak, perifraza (ikkilamchi nominatsiya hosilasi)larning aksariyati joy nomlarini ikkilamchi nomlash, munosabat bilan ifodalash maqsadida ham shakllandi. Shuningdek, perifrazalar oilaviy muhit ta’siri bilan aloqador tarzida yuzaga kelishi ham mumkin. Bunda oila a’zolariga nisbatan turlicha modal munosabat ifodalash asosida perifrazalar hosil qilinnadi. Perifarazalarning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik bilan aloqador tarizda hosil qilinadi. Shuningdek, ilm-fan, sportga oid tushunchalarni obrazli ifodalash asosida talaygina perifrazalar shakllanganki, ular ham til lug’at tarkibining boyib borishiga samarali ta’sir etadi. 1 Hozirda ham xalqimizning ijtimoiy hayotiga kirib kelayotgan turli sohalarda ham ikkilamchi nominatsiya hosilasi ham paydo bo‘lmoqda. Bu jarayon har doim o‘sishda va rivojlanishdadir. Biz maqolada qarindoshlika aloqador bo‘lgan ikkilamchi nomlarning milliy o‘ziga xosligini diqqat markazimizga qo‘yayapmiz, shuningdek kitobxonlarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun yuqoridagi jihatlarga ham biroz to‘xtalib o‘tdik. Bizning millatimizning oilaga bo‘lgan qadiriyatlari oliy darajadadir. Farzandlarning ota-onaga bo‘lgan e’tibori, hurmati beqiyos. Shunday ekan, ular orqali oilaga mansub bo‘ladigan kelin ham, kiyov ham ularga qarab qaynota va qaynonasni yuksak qadrlaydi va ularga nisbatan andishali bo‘ladi. Bu bizning xalqimizda qadimdan qadriyat sifatida shakllanib ulgurgan xususiyatlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qarindosh-urug’larning bir biriga munosabati, kattalarning biri-biriga munosabati, butun bir qishloqning yoki ovulning bir biriga munosabati ham hurmat va lutf asosiga qurilganligini aytish mumkin. Bu munosabatlar allaqachon tartibga solinib milliy qadryat sifatida shakllangan. Bu insonlar bir-biri bilan muloqatda bo‘lar ekan, komunikatsiya jarayonida milliy qadryatlarimiz tartibga solib bergan qonununiyatlarga, an’analarga bo‘ysingan, amal qilgan holda munosabatda bo‘ladi. Ikkilamchi nominatsiya hodisasining ham mohiyatida aynan shu narsalar yotganligi sababli bu sohada yaqqol bu jarayon ko‘zga tashlandi. Farzand ota-onani shunchaki ota yoki ona emas uni ulug’lab, uni hurmatlab ikkilamchi nomlar qo‘yib aytishi va atashi, ota onalar esa farzandlarni izzat qilib, erkalab ikkilamchi nomlar qo‘yib aytishi, kelinning turmush o‘rtog’ining yaqin qarindoshlariga ham murojat qilayotganda ikkilamchi nom qo‘yishi kabi qator jihatlarni sanab o‘tishimiz mumkin. So‘zimizning isboti sifatida o‘zbek oilalarida ota-onaga bo‘lgan ikkilamchi nomlarga misollar keltiramiz. Masalan: otaga nisbatan - Oppoq dada, Padari buzrikvor, Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling