Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- RUS TILIGA OZLASHGAN UMUMTURKIY SOZLAR COMMON TURKIC WORDS ASSIMILATED INTO THE RUSSIAN LANGUAGE Kiyishjon Ollamova
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Elbek Tanlangan asarlar //Sharq nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent- 1999. 2. Bobomuroda Sh. Elbekning tilshunoslik merosi// Nodirabegim nashriyoti-2020. 3. Tilchi. Imlo masalasi // Ishtrokiyun. 1920. 26 sentabr. 4. Chig‘atoy gurungi. Imlo to‘dasi. Imlo masalasi // Ishtrokiyun. 1919.-№ 112. 462 RUS TILIGA O'ZLASHGAN UMUMTURKIY SO'ZLAR COMMON TURKIC WORDS ASSIMILATED INTO THE RUSSIAN LANGUAGE Kiyishjon Ollamova Annotation. This article deals with lexemes that have been assimilated into Russian through Turkic languages. Key words: acquired layer, etymology of words, Turkic languages, Erkin Vakhidov, Elizabeth Shipova, V.D. Arakin. 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni. Hozirgi kunda turkiy tillar guruhining eng keng tarqalgan tillaridan bo'lmish - o'zbek tilida 50 milliondan ortiq kishi so'zlashadi. Til shakllanishi va rivojlanishi juda murakkab jarayon hisoblanib, u ichki va tashqi manbaalar asosida boyiydi. Ma'lumki, dunyo tillari orasida sof tilning o'zi yo'q. Tilning sofligi uning o'z til so'zlari hisobiga yashashi bilan belgilanmaydi. Hozirgi o'zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 1) o'z qatlam (umumturkiy va ozbekcha so'zlar) 2) o'zlashgan qatlam. O'zbek tiliga o'zlashgan so'zlarning ko'pchiligi rus tilidan yoki rus tili orqali boshqa yevropa tillaridan o'tganligi barchamizga ma'lum. Har qanday til o'z taraqqiyot bosqichini yuzlab va minglab yillar davomida bosib o'tadi. Tabiiyki, o'zbek tilining rivojlanishida rus tilining ta'siri qanchalik kuchli bo'lgan bo'lsa, rus tiliga ham o'zbek tilining ta'siri shundan qolishmaydi. Uzoq yillar mobaynida bu ikki tilda so'zlashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqalar, har ikki tilga ham ko'p sonli so'zlarning kirib kelishiga sabab bo'ldi. O'zbek tilining turkiy tillar guruhiga mansubligi sababli, u yoki bu turkiy so’zning aynan qaysi til orqali rus tiliga kirib kelganini aniqlash juda qiyin Tarixga nazar solib, rus va turkiy xalqlar oʻrtasida azaldan savdo-sotiq, ijtimoiy-madaniy aloqalar yaxshi bo‘lganligini e’tiborga olib qaraydigan bo'lsak, bunday so'zlardan ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. “Бабай”, “ишак”, “чебурек”, “колпак”, “камыш”, “берккут” va boshqa talaygina so'zlar ikkala tilda ham deyarli bir xil eshitiladi. Ammo shuni yana bir bor eslatib oʻtish lozimki, qaysi turkiy xalq vakillari rus tiliga bu yangi so'zlarni kiritganligini kamdan-kam hollarda, Rossiya hududida kim birinchi talaffuz qilgani ma'lum bo'lgandagina aniqlash imkoni boʻladi. Lekin, hozir bizning asosiy maqsadimiz oʻzbek tilidan rus tiliga oʻzlashgan yoki rus tiliga o'zlashgan turkiy so'zlarning aynan qaysi tildan o'zlashganligini aniqlash emas, balki, rus tiliga o'zlashgan "umumturkiy so'zlar" haqida umuniy to'xtalish va ma'lumot berishdir. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidov o'zining "So'z latofati" kitobida rus tiliga o'zlashgan umumturkiy so'zlarga ko'plab misollar keltiradi. Jumladan, rus tilidagi "карандаш" ya'ni qalam so'zi, aslida sof turkiy "qoratosh" so'zining zamon va makon ta'sirida nutqqa moslashib "карандаш"ga aylangan shakli ekanligini ta’kidlab oʻtadi. Ruslarning mashhur ko'rsatuvi nomi "Ералаш"ning etimologiyasiga qaraydigan boʻlsak, o'zimizning "aralash"imiz, “aлый’’ (toʻq qizil) esa “al”(ol, qizil)dir. Shuningdek, tilshunos olima Yelizaveta Shipova tomonidan tuzilgan va 1976-yilda nashr etilgan "Rus tilidagi turkizmlar" lug'atti 2000 ga yaqin so'zni o'z ichiga olgan bo'lsa-da, bu hali hammasi degani emas. Yuqoridagi lug'at, nafaqat rus tiliga qaysi turkiy so'zlarning o'tganligini, balki rus va turkiy xalqlar o'rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanganligini ham aniqlash imkonini beradi. Sharq har doim savdo-sotiq o'chog'i boʻlgan, yuqori sifatli mato, gilam, ziravor va ko'plab mahsulotlari bilan mashhur bo'lgan. Olimlarning fikriga ko'ra "tovar" so'zi rus tiliga mo'g'ullardan avval turkiy tillar orqali kirgan. "Таможня" (bojxona) – “tamgʻa” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, Oʻrta Osiyoning koʻchmanchi xalqlari orasida mulk belgisi sifatida turli buyumlarga tushirilgan “brend” ma’nosini bildirgan. “Деньги" turkiy “tenge” soʻzidan kelib chiqqan. "Казна" va "базар"so'zlari ham shular jumlasidandir. Yevropaliklar sotib olgan sharqona zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlarning nomlari rus tilida uzoq vaqtdan beri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti. 463 o'rnashib qolgan bo'lsa-da, ularning nomlari ham aslida turkiy tillardan kirib brogan: "Жемчуг", “Алмаз”, “бисер”, “бусы”, “яшма”, “сырга” va boshqalar. Shu kabi yana koʻplab misollarni keltirish mumkin. Masalan, шашлык (shish kabob), плов (palov), “балык” (baliqning maxsus bir qismidan tayyorlanadigan taom nomi soʻz oʻzlasjganda ma’no toraygan), “шурпа” (shoʻrva), “казы” (qazi), “манты” (xitoycha “mantao” turkiy tillar orqali rus tiliga oʻzlashgan). Ba’zi manbalarda rus milliy taomlaridan biri щей (karam sho'rva) ham aslida turliy nordon, shoʻr (кислый) so'zidan kelib chiqqanligi haqidagi qarashlar mavjud. Башмак (bir yoshli buzoqcha terisidan tayyorlangan oyoq kiyim, poyabzal) ”каблук” (yozma manbalarda ilk marotaba 1509-yilda uchragan va turkiy tillar orqali oʻzlashgan), “штаны” (rus yozma manbaalari bu soʻz shimlar paydo boʻlishidan avval ham qoʻllanilganligi, bu soʻz turkiy tillardan oʻzlashganligiga guvohlik beradi), “аркан”, “колпак” (qalpoq), “баклажан”, “арбуз”, “изюм”, “кабан” (toʻngʻiz), “беркут” (burgut), “очаг” va hokazolar shular jumlasidan. Rus tilida yana shunday turkiy so'zlar borki, ular bir qarashda sof ruscha soʻzlardek tuyuladi. Rus dostonlarining pahlavon qahramonlari "богатырь" lar turkiy tildagi "botir" (bahodir) leksemasining rus tiliga moslashgan shakli. Ярлык (yorliq), "бахилы", “балакан”, “капкан” (qopqon), “утюк” XVII asrda turkiy tillardan oʻzlashgan. Qadimgi turkiy tilde “utu”ning temir va oʻtmoq kabi ma’nolari bor. Oʻzbek tilida ba’zi shevalar, xususan, xorazm shevasida “utuk”, “utik” tarzida hamon qoʻllaniladi, “чугун”, “сундук”, “чемадан”, “йогурт” “Devonu lugʻotut turk”da ushbu soʻz qatiq ma’nosida sihlatilgan. German va turkiy tillar bilimdoni, mashhur tilshunos Vladimir Dimitriyevich Arakinning (1904-1983) yozishicha, rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan “dostakan” so‘zi “Igor jangnomasi” asarida qo‘llangan va “tostakan/tustugan” shaklida “suv ichiladigan yog‘och idish”ni ifodalagan. Keyincha bu so‘zdagi birinchi bo‘g‘in -do tushib qolib, u “stakan” shaklini olgan. A.V.Mirtov tuzgan “Donskoy lugʻat”da don kazaklari shevalarida qo‘llanadigan turkizmlardan kaymak (“qaymoq”), chiganok (“chig‘anoq”), malik (“xo‘jayin”), kavun (qovun), balik (“baliq” bu so‘zdan baliqchi so‘zi yasalgan), kurgan (“qal’a”) kabilar ko‘rsatilgan. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling