Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Abdushukurov B. Eski turkiy til leksikasi. Tafakkur Bo‘stoni. – T.: 2015.
2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 1-1U. Fan. – T.:1983-1985. 
3. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: 2019.
4. Дадабоев Ҳ. Тарихий ҳарбий терминлар луғати. – Т.: 2003.
5. Дадабаев X., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики староузбекского языка. –
Т.,1990.
6. Даниленко В. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. – М.: 
Наука,1977.


459 
MA‘RIFATPARVAR ELBEKNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI RIVOJIDAGI O‘RNI 
THE ROLE OF ENLIGHTENER ELBEK IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK 
LINGUISTICS 

Shohsanam Xazratqulova

 
Annotation. This article talks about the contribution of one of the Uzbek enlighteners, 
pedagog, writer and poet Elbek to the field of linguistics. 
Key words: Mashriq Yunusov, Spelling problem, Alphabet problem, chigatoy gurungi, 
ways of writing, dictionary of forms, dictionary of mapnodaz, terms, dictionaries. 
Asli ismi Mashriq Yunusov boʻlgan, shoir va yozuvchi, bolalar she’riyatining yirik 
namoyondalaridan biri, pedagog, folklorshunos olim Elbekning tilshunslik fani, asosan, oʻzbek 
tilshunosligi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ham sezilarlidir. Uning shunday asarlari, maqolalari 
borki, bularsiz ona tili va adabiyotini oʻqitish fanining tarixini tasavvur etib boʻlmaydi.
Bu asarlaridan dastlabkisi “Imlo masalasi” maqolasidir. Ushbu maqola “Ishtirokiyun” 
gazetasining 1920-yil 20-mart, 18-19-sentabr va 7-oktabrdagi sonlarida bosiladi. Bundan 
tashqari imlo, alifbo va tilni isloh qilishga qaratilgan “Til”, “Alifbo masalasi” maqolalarini 
yozdi. Maktablarda tilga doir darsliklar juda kam edi. Shu sababdan Elbek 1920-30-yillar 
davomida darsliklar yaratish bilan shugʻullandi. Uning “Oʻrnak”, “ Bilim”, “Oʻzbekcha oʻqish” 
kabi bir necha kitobdan iborat oʻqish kitoblari, “Yozuv yoʻllari” deb nomlangan imloga oid, 
“Boshlangʻich maktabda ona tili” nomli metadologik kitoblari aynan shu yillarda yaratildi.
Tilshunoslikka Elbek yoshligidan qiziqqan, lekin biror oliy ta‘lim muassasasida bu 
sohada maxsus ta‘lim ola bilmagan. U bir yozuvchilar soyuzdida ma‘ruzasi davomida ‘‘eskidan 
muhabbatim til sohasida edi‘‘ degan. Elbek turk, tatar, qozoq tili grammatikalarini o‘rgangan. 
Bir qator tatar tilidagi jurnallar ‘‘Oyna‘‘, ‘‘Ong‘‘, ‘‘Ulfat‘‘ dan turkiy til muammolariga 
bag‘ishlab yozilgan maqolalar bilan tanishadi. Shu jarayonlardan olgan bilimlariga tayanib o‘z 
mulohazalarini bayon etuvchi maqolalar yozadi. Elbekning faoliyatida lug‘atshunoslikning o‘rni 
katta. U o‘zing dastlabki faoliyotini ‘‘Chig‘atoy gurungi‘‘ to‘garagida xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini yig‘ib, ularning til xususiyatlarini o‘rganish bilan boshlagan bo‘lsa, keyinchalik 
1924-yilda lug‘at va atamalar ustida izlanish olib boradi. Elbek dastlabki omonimlar lug‘atini 
tuzgan tilshunosdir desak, adashmagan bo‘lamiz. U 1934-1935-yillar davomida o‘zining 
‘‘O‘zbek to‘la so‘zligiga materiallar‘‘, ‘‘O‘zbekcha shakldosh so‘zlar lug‘ati‘‘, ‘‘O‘zbekcha 
ma‘nodosh so‘zlar‘‘ lug‘ati kabi asarlar yaratadi. 30-yillarda O‘zbek ziyolilarini siquvga olish 
boshlandi va bu hol Elbekning ilmiy faoliyatiga ham ta‘sir ko‘rsatmay qolmadi va uning 
‘‘O‘zbekcha ma‘nodosh so‘zlar lug‘ati‘‘ nomli risolasi mafkuraviy ayblar tufayli nashr etilmay 
qoldi. Shundan so‘ng Elbek O‘zbekiston til va adabiyot institutiga kirib u yerda 7 oy faoliyat olib 
bordi. 1937-yilda ko‘pchilik ziyolilar qatori unga ham xalq dushmani tamg‘asi bosildi va surgun 
qilindi. 1942-yilda esa o‘pka shamollashidan Magadanda vafot etdi. 
Barchamizga ma‘lumki, Chig‘atoy gurungi‘‘ tashkiloti o‘zbek tili rivojlanishi va 
mukammallashuvi uchun anchagina mehnat qilishdi. Bu jamoada Abdurauf Fitratlar qatori 
Elbeklar ham ilmiy izlanishlar olib bordi. 1921-yilda Elbek ta’rifi bilan aytganda “yolg‘uzgina 
bir uymoqning o‘ziga tegishli sanalgan imlosida o‘qib yozishlari hamda shu imlo va tilni yalpi 
shu xalqning o‘ziga qabul ettirish” maqsadida o‘tkazilgan Til va imlo qurultoyida harf va imlo 
qoidalari borasida ko‘pchilik tilshunos olimlarning kengashi bilan yangi qarorlar qabul qilindi. 
Qurultoy qarorlarini amalga oshirish uchun tuzilgan komissiyaning raisi Elbek yangi imloni 
maktablarda tezlik bilan joriy etish maqsadida “Yozuv yo‘llari” saboqligini tuzib tarqatdi. Bu 
asar 20-yillarda imlo turliligiga chek qo‘yish, qat’iy yozuv qoidasini o‘rnatishda g‘oyat katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Dastab Elbekning imlo qoidalariga bag‘ishlab maktab o‘quvchilari uchun, ‘‘Bitim 
yo‘llari‘‘ asari asosida yaratilgan ‘‘Yozuv yo‘llari‘‘ asari haqida gapiramiz. Lekin ‘‘Yozuv 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti, 
sharofiddinovnashohsanam@gmail.com
 


460 
yo‘llari‘‘ ning ‘‘Bitim yo‘llari‘‘dan farqi katta. Masalan, “Bitim yo‘llari”da “atf sig‘asi”, “odot” 
kabi arabcha grammatik terminlar qo‘llanilgan (ushbu terminlar Mahmud Koshg‘ariyning 
“Devonu lug‘otit turk” asarida ham ishlatilganligi ma’lum). Elbek o‘z asarida bularning 
o‘zbekchalarini topib ishlatishga harakat qiladi. Misol uchun, “odot” o‘rnida “qo‘shimcha” 
terminini qo‘llaydi. “Bitim yo‘llari”dagi “tovush harfi” ni ixchamlashtirib “tovushliq” tarzida 
ishlatadi. Elbek shu asosda saboqlikni soddalashtiradi. Shu bilan birga Elbekning ushbu asariga 
‘‘Bitim yo‘llari‘‘ dagi kabi arabiy so‘zlar imlosiga bag‘ishlangan mavzular kiritilmagan. ‘‘Yozuv 
yo‘llari‘‘ anchagina ilmiy mukammal va tushunish uchun sodda ishlangan. Ushbu kitobning 
birinchi bo‘lagi 2-3-4-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan. U bu asarida harfni tovushliqlar deb 
atagan va shunday ta‘rif bergan: ‘‘Kishining og‘zindan chiqib yozilg‘anda o‘ziga tegishli 
aft(shakl) va tovushg‘a ega bo‘lgan narsaga tovushliq deb aytadilar‘‘. Elbek O‘zbek yozuvida 
qo‘llanib turgan tovushliqlar(harflar) ni 23ta deb belgilaydi. Ushbu kitob hozirgi vaqtdagi ona tili 
kitoblarimizga asos bo‘lganini, mavzu haqida qisqacha tushuntirish berilgandan so‘ng, 
o‘quvchilar uchun savol va topshiriqlar qoldirilganidan ham ko‘rishimiz mumkin. Mavzu oxirida 
o‘quvchilarga bunday topshiriqlar berish o‘sha vaqtlarda turk va tatar darsliklarida ommalashib 
borayotgan edi. Masalan, Elbek topshiriq sifatida 20tacha so‘z keltirib, ‘‘tubandagi so‘zlarda 
nechta tovushliq qatnashganini ko‘rsating‘‘, -deydi. 2-darsni tovushliq cho‘zg‘ilari(harf hadlar) 
deb ataydi. Va hozirgi kunda unlilar deb ataydigan harflarimizni tovushliq cho‘zg‘ilari sifatida 
keltiriladi. Eslatib o‘tish kerakki, Elbekning ushbu nomlovi, 1925-yilda G‘ozi Olim 
ko‘rsatmasiga ko‘ra olimlarimiz tomonidan unli-undoshga o‘zgartiriladi. 1938-yildan esa unsiz 
termini o‘rniga undosh terminini qo‘llay boshlaydilar.
Keyingi saboqlarda esa so‘zga ham ajib ta‘rif beradi: ‘‘Tovushliq va tovushliq 
cho‘zg‘ilarining bir o‘ring‘a to‘planib kishig‘a belgili bir narsa anglatishig‘a so‘z deb aytiladur‘‘. 
Hozirgi kunda bog‘in deb aytilguvchi birlikni esa ‘‘so‘z bo‘lagi‘‘ deb ataydi. Ushbu asarda 
Elbek o‘zbek imlo qoidalariga tamal toshini qo‘yadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki asarda 
harflarning, bo‘g‘inlarning, qo‘shma so‘zlarning, qo‘shimchalarning qanday yozilishidan tortib, 
tovush o‘zgarishlardagi jarayonlargacha aniq, ilmiy asoslangan qarashlarini berib o‘tadi. 
Masalan, 9-saboqni butunicha e‘tiboringizga havola qilaman.
9- SABOQ 
TOVUSHLIQLARNING O‘ZGARISHLARI 
Qaysi bir tovishliqlar bir yoqg‘a onish bilan yoxud ikki o‘xshashning bir o‘runga 
to‘planishi bilan o‘z aftilarin yo‘qotib, ikkinchi birining aftiga hamda uning tovishiga 
bo‘yinsunadirlar. Bunday tovishlik larga aynama tovishliqlar » deb aytiladir.
Bizning yozuvimizda bunday tovishliqlardan ikki turliginasi bordir. Bular: ‘‘q‘‘, ‘‘k‘‘ 
tovishliklaridirlar. Bularning har ikkovlari ham ikki o‘runda o‘zgara dirlar:
1. So‘z bo‘lagining eng so‘ngida kelgach, ostiga cho‘zil sa ‘‘q‘‘ ‘‘g‘‘‘ ga, ‘‘k‘‘ ‘‘g‘‘ ga 
aylanadir. Misol: o‘qumoq o‘qumog‘i, ko‘rmak ko‘rmagi kabi. 2. Bir- biriga yokin bo‘lgon ‘‘q‘‘ 
bilan ‘‘g‘‘, ‘‘ k‘‘ bilan ‘‘g‘‘ bir urunda kelsalar, so‘nggisi ilgarigisining tusiga kiradi. Misol: 
oyoq- oyoqqa ( buning asli oyoqg‘a dir).
So‘rog‘lar:
1) Qanday tovishliqlarga ‘‘aynama tovishliqlar‘‘ deb aytiladir?
2) ‘‘Aynama tovishliqlar‘‘ so‘zning qaysi o‘rnida o‘zgara dirlar?
3) ‘‘Q‘‘, ‘‘F‘‘ va ‘‘k‘‘, ‘‘g‘‘ tovishliqlari qanday urinda kelsalar bir- birlarining tusiga 
kiradirlar?
Tubanda yozilgan so‘zlarda ko‘rsatilgan ‘‘q‘‘, ‘‘k‘‘ tovishliklarining har birlarini ostiga 
cho‘zub o‘qung: oyoq, moyoq, quloq, saboq, qovoq, sanok, chatok, buloq, yotoq, ovloq, tukun, 
po‘k, toshloq, qishloq, qaroq, cho‘loq, tilak, bilak, kurak, elak, chelak, menmak, merak.‘‘ 
Ko‘rib turganingizdek, tilimizdagi egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida asosda 
sodir bo‘luvchi tovush o‘zgarish hodisalarini ham dastlab Elbek tushuntirib bergan. 
Elbek imlo qoidalarining ham milliyligimiz hamda xalq tilidan kelib chiqishi tarafdori 
bo‘lgan. Uning “Imlo masalasi” “Tilimizdagi yangilishiqlar” (bu olti maqoladan iborat), “Yana 
til, imlo masalasi to‘g‘risida” , “Mana bu juda to‘g‘ri”, “Til, atama va imlo bahslari” 


461 
maqolalarida xuddi shu masala haqida fikr yuritilgan. 20-30-yillarda matbuotda imlo 
o‘zboshimchaligi o‘ta yuqori bo‘lgan. Masalan, so‘zlar “o‘zbek”//“o‘zbak”, “berk”//“bek”, 
“xotun”//“xotin”, “dovush”//“tovush”//“tovish”, “dala”//“tola”, “yorim”//yarim kabi bir necha 
shaklda yozilgan. Elbek bu kabi so‘zlarning qat’iy imlosini belgilashda uning etimologiyasini 
o‘rganadi va shu asosda ish ko‘radi.Tilshunos olim Elbek o‘zining ‘‘Imlo masalasi‘‘ asarida esa 
bir umumiy imlo yaratish kerakligini dolzarb masala sifatida ko‘rib shunday deydi: ‘‘Mana, endi 
ish shul yerga kelib yetdimi? To‘g‘ridan to‘g‘ri imloda bo‘lg‘on eskiliklarni ( nuqsonliklarni) va 
kiyinliklarni yo‘q etib, yangi hakida uni kabul ettiruv lozim keladir. Buning uchun eng birinchi 
chora imlo masa lasini yangidan yuzaga chikarib, uni oraga tashlovdir. Biz ning bu kungacha 
qo‘llanib kelmokda bo‘lg‘on imlomiz ikki turda edi: biri chigatoy imlosi va ikkinchisi eski Bu 
imlo ( lar) dan ‘‘eski imlo‘‘ ( deb) atagan imlomiz burungi chog‘lardan beri bo‘g‘unsiz, negizsiz 
yozilib kelmoqda bo‘lgon bir imlodirkim, buning bilan bir narsani ochiq anglov juda qiyindir. 
Chunki, bir so‘zni bir necha turli o‘qimoq mumkin bo‘lg‘onligidan kishi ko‘b yanglishadir. 
Kulgi bo‘lsa-da, so‘zlab o‘taman: ‘‘yigirma olti‘‘ jumlasin ‘‘igirma olti‘‘ yozib, arabcha deb 
o‘qigonlari-da bordir. Demak, eski imloning bo‘luvsizligi uchun tashlamoqdan boshqa chora 
qolmaydir. 
Elbek atamalar bo‘yicha ham katta izlanishlar olib bordi va u bir qator ilmiy atamalarning 
o‘zbekcha muqobilini topib ‘‘Lug‘at va atamalar‘‘ nomi bilan matbuptda e‘lon qildi.Bu ish 
orqali u darslik tuzishga kirishgan mualliflarning oldidagi bahsli munozaralarni bartaraf etdi. Va 
u qo‘llashni taklif etgan muqobil so‘zlarni biz hali hanuz ishlatamiz. Ba‘zilarini esa boshqa tilda 
qanday bo‘lsa shu tarzda qabul qilganmiz. Qabul qilganlarimiz modai asli-o‘zak, alomat-belgi, 
savol-so‘rog‘, hukm-kesim, istiloh-atama, zamir-olmosh, adad-son, odot-qo‘shimcha kabilar 
shular jumlasidandir. Lekin Elbek taklif etgan ba‘zi atamalar ham borki ularning o‘zga tildagi 
vaqianti ommalashgan. Forma-bichim, apt-shakl, qavs-yoy, turtki-nutqi, so‘ylam-jumla, ishlik-
fe‘l kabi so‘zlar shular jumlasidandir. O‘zga tildan kirgan so‘z ‘‘asos‘‘ bilan birga Elbek taklif 
etgan ‘‘o‘zak‘‘ so‘zi esa birgalikda ommalashgan.
Hozir biz Elbek ilmiy faoliyatining yuzdan bir qismini ham yoritib berolmadik. Uning 
tilshunoslik sohasida qilgan ishlari esa nihoyatda salmoqli.
Xulosa qilib aytganda, Elbek tilshunos olim sifatida birinchilardan bo‘lib terminologik 
izlanishlarni olib boradi. Ilmiy terminlarning muqobil variantini taklif qiladi.Elbek O‘zbek milliy 
yozuvining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 155 ta harfni, maslahatlashgan holda, 28ta 
harfga aylantirishdi. Elbek o‘zbek tilining nisbatan mukammal va qat‘iy imlo qoidalarini 
tuzishga harakat qildi. Elbek o‘zbek lug‘atshunosligi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. U 
inqilobdan keyingi davrdagi o‘zbek shevalari va mumtoz adabiyotimiz tilini tadqiq qilgan 
birinchi tadqiqotchidir. Elbek o‘zbek tilshunosligidan birinchilardan bo‘lib omonimlar-shakldosh 
so‘zlar lug‘atini yaratdi. Umuman olganda, Elbek o‘zbek tilshunosligining rivojlanishi uchun 
tamal toshi vazifasini bajaruvchi ilmiy izlanishlarni olib borgan tilshunos olimdir. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling