Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Tarixiy fonetikaning o‘rganilishi
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unlilar taraqqiyoti.
Tarixiy fonetikaning o‘rganilishi. O‘zbek tilining fonetik, morfologik, leksik, sintaktik
xususiyatlari o‘tgan asrlardan o‘rganila boshlangan. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlarning yuzaga kelishida A.N.Kononov [3], K.K.Yudaxin [4], S.Malov [5], A.N.Samoylovich [6], A.M.Shcherbak [7], A.K.Borovkov [8] kabi turkolog olimlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Keyinchalik G‘.Abdurahmonov [9, 10], S.Ashirboyev [11], A.Rustamov [12], H.Ne’matov [1], Q.Mahmudov [13], Q.Sodiqov [14], E.Fozilov [15], N.Rahmonov [16]larning ishlarida o‘zbek tilining unli, undoshlar tizimi, taraqqiyoti, singarmonizm, urg‘u kabi masalalar turli davrlar adabiy yodgorliklari misolida tadqiq qilindi. O‘zbek tilining turli taraqqiyot davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar, ilmiy va badiiy asarlar tarixiy-fonetik tadqiqot uchun eng asosiy manba vazifasini o‘taydi, chunki har bir yozma yodgorlikda shu yodgorlik yaratilgan davr tili o‘z aksini topadi. Har bir yozma yodgorlikni atroflicha o‘rganish asosida shu yodgorlik yaratilgan davrdagi o‘zbek tilining xususiyatlari, jumladan, fonetik qonuniyatlarini aniqlash mumkin [1:6]. Unlilar taraqqiyoti. Qadimgi turkiy va eski o‘zbek tilidagi unlilar miqdorini belgilashda olimlar tomonidan turlicha fikrlar bildirilgan. Jumladan, K.K.Yudaxin Lutfiy, Amiriy ijodidagi tuyuqlar tarkibidagi shakldosh so‘zlarni tahlil qilib, chig‘atoy adabiyotining taniqli namoyondalari singarmonizm qonuniyati buzilgan, 6 unlili sheva vakillari bo‘lgan degan xulosaga keladi [4:67]. A.M.Shcherbak tuyuq janridagi shakldosh so‘zlarni turlicha talaffuzi orqali unlilarga baho berib bo‘lmasligini, Navoiy tuyuqlarida ara (ora) so‘zi arā (aro) so‘zlari bilan qofiyadosh bo‘lib kelishi vazn talabi bilan ekanligini, o‘zbek tilida ham boshqa turkiy tillarda bo‘lgani kabi tovushlar uyg‘unligiga amal qilinganini, shu asosda 8 ta unli mavjud bo‘lganini aytadi [7:66]. N.Rahmonov va Q.Sodiqovlar qadimgi turkiy tilda tovush qurilishining muhim belgilaridan biri unda unlilar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra old va orqa qator unlilarga bo‘linishini aytadi: “Old qator unlillari “ingichka”, orqa qator unlilari esa yoʻgʻon talaffuz qilinadi. Tovushlarning hosil boʻlish jarayonidagi ayni hodisa fonologik xarakterga, ya’ni ma’no farqlash xususiyatiga ega: at (ot, hayvon) – ät (et, goʻsht), ot (olov) – öt (oʻt qopi)”. Yuqoridagi asosga ko‘ra quyidagi 8 ta unlini sanab o‘tadi: a, ä, i, ï, o, ö, u, ü [16:69]. Unlilarning yo‘g‘on- ingichkalik xususiyatiga ega bo‘lishiga sabab sifatida singarmonizm temir qonun bo‘lgani, qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishi, morfo-fonologik tizimi ana shu qonunga bo‘ysunganini e’tirof etadi [16:76]. G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlar ham qadimgi turkiy tilda 8 ta unli old qator-orqa qator, tor-keng, lablanish-lablanmaslik xususiyatiga ko‘ra farq qilishini aytadilar [9: 7]. H.Ne’matov ham eski o‘zbek tilining kelib chiqish manbai bo‘lgan va qoraxoniylar davlatida rasmiy adabiy til vazifasini o‘tagan eski turkiy tilda 8ta unli fonema borligini qayd etgan [1:15], N.Abdurahmonov [17:20], B.Abdushukurov ham [18:31] 8 ta unli mavjudligini ta’kidlaydilar. G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlar Navoiy davri vokalizmi haqida gapirar ekan, bu davrda quyidagi 9 ta unli mavjud bo‘lganini aytadi: i, i:, e, a, Ͻ, o, ө, u, γ. Qadimgi turkiy tildagi i-ы fonemalari bu davrda konvergensiyaga uchrab, bir i fonemasiga aylangan bo‘lib, cho‘ziq a: fonemasi iste’molda bo‘lgan deyiladi [10:13-14]. Bizningcha, bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki XV asrlarda ham singarmonizmga to‘la amal qilinganligini aksariyat mutaxassislar e’tirof etadi. Shunday bo‘lgach, i-ы yumshoq-qattiq unlilar Navoiy tilida ham qo‘llangan. To‘g‘ri, cho‘ziq-qisqa unlilar arab, fors tillarida ma’no farqlovchi alohida fonemalar hisoblanadi, tilimizga bu tillardan juda ko‘p so‘zlarning kirib kelishi bilan ulardagi ma’no farqlash vazifasi ham kirib keldi, lekin bu milliy o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan xususiyat hisoblanadi. Ikkinchidan, unlilar cho‘ziqligi vazn talabi asosida bo‘lganligi yuqorida aytib 11 o‘tildi, shuning uchun cheklangan so‘zlarda qo‘llangan cho‘ziq “a:” ni alohida fonema sifatida e’tirof etib bo‘lmaydi. Mualliflarning o‘zlari ham “u” fonemasi cho‘ziqligi haqida gapirib, bunday cho‘ziqlik vazn talabi bilan ekanligini, shuning uchun bunday cho‘ziqlikni fonemalik xususiyatiga ega bo‘lmagan deb e’tirof etishadi: “ “u” ning tojik va arab so‘zlarida, ayniqsa, she’rda cho‘zib talaffuz qilinadigan varianti ham bor. Masalan, she’rda “zor”, “hur” kabi so‘zlardagi unlilar doim cho‘zib talaffuz qilinadi. Biroq bu unlilardagi cho‘ziqlikni fonemalik xususiyatiga ega bo‘lgan deyishga yetarli lingvistik asosimiz yo‘q. [10:13-16]. O‘zbek tilida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi haqida H.Ne’matov shunday fikr bildiradi: “Endi unlilarning cho‘ziq-qisqaligi haqida ikki olim - Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiyga murojaat etamiz. Mahmud Koshg‘ariy turkiy so‘zlarning unli tovushlarini tavsiflab shunday yozadi: “Unlilarni cho‘ziq yoki qisqartirib talaffuz qilish so‘zga zarar bermaydi” . “Devon”ning boshqa joyida yana ham aniqroq qilib yozadi: yig‘a:ch deyish ham mumkin, yig‘ach deyish ham mumkin, tanu:q deyish ham, tanuq deyish ham mumkin. Lekin ismlarda ham, fe’llarda ham qisqartirish yaxshi va to‘g‘ridir”. Mahmud Koshg‘ariyning bu so‘zlaridan faqat bitta xulosa chiqarish mumkin: XI asr adabiy tilida cho‘ziq unlilar bo‘lmagan, lekin ayrim so‘zlarni cho‘ziq unli bilan talaffuz etish o‘sha davr shevalarida mavjud bo‘lgan; unlilarning cho‘ziq-qisqaligi fonologik vazifani o‘tamagan. Eski turkiy tilda “a” va “a:” ziddiyati fonologik bo‘lmaganligi uchun cho‘ziq-qisqalik alohida fonemalarni emas, balki fonemaning ko‘rinishlarini farqlagan. Alisher Navoiy eski o‘zbek tilining fonetik imkoniyatlari, she’r tuzish va qofiyalardagi qulayliklari haqida to‘xtalib, bu tildagi unlilarning qisqa ham, cho‘ziq ham talaffuz etilishi sheriyat uchun qulay ekanini ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir, jumladan, turkiy so‘zini ara sifatida talaffuz etib, forscha sara, dara so‘zlari bilan ham, ara: sifatida talaffuz etib, cho‘ziq unlili forscha sara:, dara: so‘zlari bilan ham qofiyalash mumkinligini uqtiradi. Alisher Navoiy bergan ma’lumotlaridan ham qat’iy xulosa chiqarish mumkin: turkiy so‘zlarda cho‘ziq-qisqalik fonologik vazifa bajarmagan va unlining cho‘ziq-qisaligi vazn va qofiya bilan belgilangan. Shunday qilib, eski turkiy hamda eski o‘zbek tilida unlilar cho‘ziq va qisqalik bilan fonologik jihatdan farqlanmagan [1:26-27]. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling