Hamma: —Assalomu – alaykum! Qo’shiq: O’zbekiston gulzor (Bolalar xor bo’lib ijro etishadi) 1 – Bola


Lavlagi:Etim semiz moyi yo’q Terim qalin yungi yo’q Sharbati vitaminga boy Terib oling shirintoy Sholg’om


Download 19.84 Kb.
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi19.84 Kb.
#1764232
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hosil bayrami

Lavlagi:Etim semiz moyi yo’q
Terim qalin yungi yo’q Sharbati vitaminga boy Terib oling shirintoy
Sholg’om: Men quyoshga o’xshayman Polizlarda yashayman Nomim sholg’om bilib qo’y
Ovqatga solib yeb to’y
Kartoshka: Men kartoshka, kartoshka
Masalliqman har bir oshga
Menchi, sho’rva joniman
Kuch-quvatning koniman
Piyoz: Ey o’rtoqjon,o’rtoqjon
Men o’zim rohatijon
Mensiz ovgat bo’lmaydi,
Oshga maza kirmaydi.
Hamma sabzavotlar birgalashib raqsga tushadilar.(Sabzavotlar uch qator bo’lib turib oladilar:
1 – Boshlovchi: Bizning polizimizda,
Hosilimiz juda ko’p
Ammo har kim kirolmas,
Qorovuldan o’tolmas.
U tartibni sevadi,
Har qatorni biladi.
Ketmon ko’targan Vali qorovul qo’lini peshonasiga qo’yib,uzoqqa tikiladi va poliz tomon keladi.O’z ekinlarining tagini yumshatadi,tekislab qarab qo’yadi:
Vali: — Juda qiyinmening ishim
Og’riydi belim,biqinim.
Endi ozroq dam olay,
Mana bu yerga yotaqolay.
(Vali qorovul biroz mizg’igani yotadi )
2 – Boshlovchi: Hozir Vali banddir juda
Ishlaydi u tunu – kunda
Uxlab qoldi charchab juda
Shu payt Xo’roz paydo bo’lib, ekinzor ichiga kirib ketadi.
Xo’roz: — Mana men xo’rozman – xo’roz,
Qu – qu – qu
Qanday yaxshi polizda,
Ovqat bo’lsa yonimda
( Xo’roz tarvuzni olib ketadi,so’ngra g’oz kirib keladi )
G’oz: — Mana men g’oz – g’ozvoy
Hech kim yo’qmi hoy – hoy?
Qanday yaxshi polizda Ovqat bo’lsa yonimda ( G’oz piyozni olib ketadi,so’ngra echki kirib keladi.)
Echki: — Mana men echkijon,echki
Me,me,me
Qanday yaxshi polizda
Ovqat bo’lsa yonimda
( Echki sabzini olib ketadi,shu payt sakrab-sakrab quyon chiqib keladi.)
1 – Quyon: — Kelib qoldi omadim
Polizga tushib qoldim
Keling shalpang quloqlar
Sabzi, karam yeb qoling
( Yana bir quyoncha kelib qoladi )
2 – Quyon:- O’rtoqjon qaragin,polizda kata-katta sersuv karamlar o’sib yotibdi,kel maza qilib yeymiz.Ular bittadan karamni ushlab raqsga tushadilar,shu payt Vali qorovul uyg’onib qoladi.
Vali: — Ha endi qo’lga tushdilaringmi?Endi mendan qochib qutulolmaysizlar.Quyonlar tutqich bermay karamlarni olib qochib ketadilar.Vali jahli chiqib kelib toshga o’tiradi.
Vali: — Qani karam,qani tarvuzlar? Piyozlar yo’q,ko’katlar ko’rinmaydi.Sho’rim quridi endi nima qilaman?Polizda hech nima qolmabdi – ku?
Xo’roz bilan echki kirib keladi.
Xo’roz: — Qu-qu-qu! Xafa bo’lma,azizim Vali.Sen hushyor bo’la olmading.O’z ishingga bo’sh qarading.Endi bunday qilmagin.Biz sening oldinga bayramni birga o’tkazgani keldik.

Download 19.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling