2 – Bola: — Nomi esa baqlajon!
Kuz: — Bolajonlar judayam topag’on ekansizlar,meni xursand qildinglar.
1 – Boshlovchi: — Oltin Kuz,bizning bolalar raqs ijro etadilar.Marhamat tomosha qiling.
Kuz: — Voy qanday yaxshi.
“Bozor” raqsi (O’g’il bolalar ijrosida.)
Kuz: — Aziz bolajonlar! Sizlar bilan bayramni juda maroqli o’tkazdim.Men yana boshqa maktablarga borib,jajji do’stlarimni bayram bilan tabriklashim kerak.( Xayrlashib chiqib ketadi.)
2 – Boshlovchi: — Qani bolajonlar,yanakim she’r aytib beradi?
1 – Bola: Chak-chak yomg’ir tomchilab,
Yetib keldi kuz oyi
Bizga juda yoqadi,
Uning mayin shamoli. 2 – Bola: — Xazon uchar,xazon uchar,
Oltin barg yerga tushar Shitirlaydi yerda yaproq To’nin yechar barcha bog’. “Yomg’ir” raqsi.( Qizlar ijrosida )
1 – Boshlovchi: — Dilimday baxtiyor O’zbekistonim.
Yashnagan paxtazor O’zbekistonim. Ming yasha bo’lma xor O’zbekistonim
Qo’lda baxtnomang bor O’zbekistonim, Hosil bayraming muborak O’zbekistonim!
2 – Boshlovchi: — Ishsevar qo’llari paxta ekadi. Dovrug’in cheki yo’q,ko’kka yetadi.
Quvonchdan yuragim irg’ib tepadi G’alaba kuyin chal O’zbekistonim, Mo’l hosilga to’l O’zbekistonim!
Do'stlaringiz bilan baham: |