Kasallikning odamlarda patogenezi. Dizenteriyaning patogenezi yo'g'on ichak distal qismining epitelial hujayralariga bakteiriyalaming kirishi, u yerda ko'payishi hamda toksin ajratishiga bogiiq. Bunda yo‘g‘on ichakning shilliq va shilliq osti qavati ham zararlanadi v a organizm zaharlanadi. 0 ‘tkir va surunkali dizenteriya bilan og'rigan bemor, rekonvalessent va bakteriya tashuvchilar infeksiya manbai h isoblanadi, chunki dizenteriya antroponoz kasallik boiib, faqat odamlardan yuqadi. Kasallik shigella bakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlari, ayniqsa, ifloslangan sut, suv, q o i, pashsha (chivin), suvarak va b.lardan ogiz orqali yuqadi. Ichburug' kasalligida bakteriyemiya kuzatilmaydi, am m o organizm yo‘g‘on ichakning shilliq qavati orqali so'rilgan shigella toksdni ta’sirida zaharlanadi. Sh.dysenteriae qo‘zg‘atgan kasallik og‘i:r kechadi. Dizenteriyada organizm zaharlanadi va yo‘g‘on ichak kuchli jatrohatlanadi. Shu sababli yo‘g‘on ichakda giperemiyali yara, shish pay*io boiadi. Kasallikning bu turi tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda kam uchraydi. Bizda, asosan, Fleksner shigella_si keltirib chiqaradigan ichburug' kuzatiladi. Ichburug* maktabgach.ii yoshdagi bolalarga xos. Zonne dizenteriyasi, asosan, ovqat orqali yuqadi, chunki u boshqa shigellalarga nisbatan ovqatda va ichakda tez ко ‘payadi va enterotoksin hosil qiladi, natijada ovqatdan zaharlanish ro‘y beradi. Ichburug* kasalligining yashirin davri 1-7 kun. BemornLng harorati yuqori bo'lib, qorni burab og'riydi, «soxta hojat», shilliq yiriaig va yangi qon aralash diareya kuzatiladi. Kasallik o'tkir boshlanib surunkali o'tishi mumkin. Yosh bolalarda letallikO-1% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |