Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


Kasallikning odamlardagi patogenezi


Download 77.78 Kb.
bet25/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Vabo antraponoz kasallikdir. Kasallik manbai bemor, vibrion tashib yuruvchilar hamda vaboning notipik, simptomsiz xili bilan kasallangan kishilar hisoblanadi. Vaboni tarqatishda pashshalarning roli katta. Vibrion odamlarga suv, ovqatlar, ifloslangan qo'l hamda turli zararlangan buyumlar orqali yuqadi. Vabo vibrioni og'iz orqali kirib, ingichka ichakka qadar yetib boradi. Ingichka ichakda ishqoriy sharoit, oqsil parchalanishi natijasida hosil bo'lgan qoldiqlar ko'p miqdorda bo'lishi, adgezivlik xususiyatiga ega bo'lgan vabo vibrioni uchun juda qulay sharoit hisoblanadi. S o'ngra vibrionlar ichakning epiteliy hujayralaridagi mayda vorsinkalarga birikib oladi. So'ng vibrionlar ko'paya boshlaydi va ko'p enterotoksin ajratadi.

Vabo vibrioni ajratadigan enterotoksin ingichka ichak shilliq qavatidagi epitelial hujayralarda adenilsiklaza fermentining faoliyatini oshiradi, u o‘z navbatida adenozinmonofosfat (sAMF) hosil bo'lishini oshiradi, bu esa epitelial hujayralar o'tkazuvchanlik mexanizmining o'zgarishiga va kuchli ich ketishiga sabab bo'ladi. Ko'p ich ketishi, organizmda suvsizlanish, elektrolidar, jumladan, kaliy va natriy bikarbonatlarning kamayib ketishiga olib keladi. Vabo kasalligining yashirin davri bir necha soatdan 6 kungacha (o'rtacha 2-3 kun) davom etadi. Uni enterit, gastroenterit, algid tez rivojlanadigan quruq, tifsimon klinik ko'rinishlari qayd etiladi.




Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling