Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring
Download 77.78 Kb.
|
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!
Laboratoriya tashxisi. Kasallikning shakliga qarab tekshirish uchun har xil materiallar olinadi. Teri shaklida yaradan olingan suyuqlik, o'pka shaklida balg‘am, ichak shaklida najas va siydik, septitsemiyada esa qon tekshiriladi. Patologik materialdan surtma tayyorlanadi, Gram, Lyofler, Gins-Burri va Romanovskiy-Gimza usullari bilan bo'yaladi. So'ngra mikroskop ostiga qo'yib qaralganda zanjirga o'xshab joylashgan, kapsula bilan o'ralgan, yirik-yirik grammusbat tayoqchalar ko'rinadi. Q o'zg'atuvchining morfologiyasiga ko'ra dastlabki tashxisni qo'yish mumkin. В akteriologik usulda sof kulturani ajratib olish uchun tekshiriluvchi material go'sht-peptonli agar quyilgan kosachaga va go'sht-pepton bulon li probirkaga ekiladi. Sof kulturaning morfologiyasi, tinktorial hamda biokimyoviy xususiyatlari tekshiriladi va shularga asoslanib boshqa mikroorganizmlardan differensiatsiya qilinadi. Batsillaning kapsula hosil qilishini zardob-qonli muhitlarda aniqlanadi. Shuningdek lyuminissent- serologik sinama qo'yish va penitsillin qo'shilgan muhitda o'stirib (marjon shakli ni) ko'rish tavsiya etiladi. Biologik usulda tekshiriluvchi material quyon, oq sichqon, dengiz cho'chqachasining terisi ostiga yuboriladi. Kuydirgi batsillasi oq sichqonlarni 24—48 soatda, dengiz cho'chqachasini 2-3 kunda o'ldiradi. O'lgan hayvonlar yoriladi, uning qoni va ichki a’ zolaridan surtma tayyorla-
nadi va sof kulturasini ajratib olish uchun mahsus muhitlarga ekiladi. Olingan kulturani identifikatsiya qilish uchun tezkor biologik usul q o i laniladi. Kultura oq sichqonlaming qorin pardasiga yuqtiriladi. Bir necha soatdan so'ng peritonial suyuqlik olib surtma tayyorlanadi. Surtmalarda kapsulali batsillalar topilishi yakunlovchi natija hisoblanadi. Kuydirgi kasalligida teri-allergik sinama ham qo'yiladi. Buning uchun bilakning ichki tomoni terisi orasiga 0,1 ml antraksin yuboriladi. 24 soatdan so'ng shu joy qizarib-shishib chiqsa, reaksiya musbat hisoblanadi. Murdaning a’zolari, teri, jun va ularning mahsulotlaridan kuydirgi batsillasini topish qiyin boisa-da, serologik usuldan foydalaniladi, ya’ni termopretsipitatsiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) qo'yiladi. Serologik tashxisda KBR, BGAR, IFU usullaridan foydalaniladi. 15. Ўлатнинг патогенези ва клиникаси 15. Ўлатнинг лаборатория ташхиси Download 77.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling