Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kuydirgi odamlarga kasal hayvonlardan yoki uning yungi va terisi orqali yuqadi. OdamО1 р к a sh а к 1 i. Kuydirgi batsillasining sporalari bilan zararlangan teri, yung va mo‘ynalar bilan muloqotda boiganda sporalar kishilaming yuqori nafas yo'llariga tushadi va natijada infeksiyaning o ‘pka shakli rivojlanadi. Kasallikning bu shakli og'ir (og‘ir bronxopnevmoniya) kechadi va ko'pincha oiim bilan tugaydi. I ch a к sh а к 1 i. Bu odatda, kasal hayvonning go'shti yoki suti iste’mol qilinishi natijasida kelib chiqadi. Bunda ichak shilliq qavatlari og‘ir zararlanadi. Kuchli zaharlanish, ko'ngil aynishi, qon qusish, qon aralash ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallik 3-4 kun ichida yurak yetishmovchiligi hisobiga o‘lim bilan tugaydi. Batsillalar bemorning najasidan topiladi. Kuydirgi kasalligining teri shakli ko'p uchraydi, ichak va o'pka sliakiiari juda kam kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |