Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


K asallikning odamlardagi patogenezi


Download 77.78 Kb.
bet29/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

K asallikning odamlardagi patogenezi. Toun bakteriyalarini kemiruvchilar tashib yuradi, shuning uchun bu kasallik zoonoz, tabiiy o‘choqli infeksiya hisoblanadi. Kemiruvchilar orasida kasallik tarqalganda tuya, mushuk, tulki va boshqa hayvonlarga ham yuqadi. Odamlarga infeksiya transmissiv, aloqa, havo-chang, havo-tomchi va alimentar yo‘llar bilan yuqadi. Toun qo'zg'atuvchisi jarohatlangan teri orqali (burga chaqqanda, kemiruvchilaming terisiga ishlov berayotganda) kirganida kasallikning teri shakli rivojlanadi. O'pka shaklida esa, toun bakteriyalari havo-tomchi yo'li orqali, bemor bilan gaplashganda yoki u yo'talganda balg‘am bilan kiradi. Teri, jun qabul qiladigan va qayta ishlaydigan korxonalarda toun qo'zg'atuvchisi havodagi chang orqali ham kirishi mum kin. Kasai hayvon (tuya)ning go'shti iste’mol qilinganda kasallikning ichalc shakli yuzaga keladi. Agar mikrob qonga tushsa, kasallikning sepsis shakli rivojlanadi. Kasallikning yashirin davri 3-6 kun, ayrim hollarda bir necha soatdan iborat. Q o'zg'atuvchining joylashgan o 'rn i, mikroorganizmning reaktivligi, bakteriyaning virulentligi, odamdagi hujayra va gamoral immunitetning holatiga ko'ra tounning teri, bubon, birlamchi septik, ikkilamchi septik, birlamchi va ikkilamchi o'pka shakllari farq qiladi. Tounning teri shaklida qo'zg'atuvchi tushgan joyda pustula va karbonkul paydo bo'Iadi. Ko'pincha bu yerda o'zgarish bo'lmaydi, bakteriyalar limfa tomirlari orqali yaqin joylashgan (regionar) limfa tuguralariga boradi, bu yerda yallig'lanish jarayoni boshlanadi va natijada birlamchi bubon shakli paydo bo'Iadi; mikroblar qonga tushib, boshqa limfa tugunlarini shikastlasa, ikkilamchi bubonlar hosil bo'Iadi. Septik shaklda toun bakteriyasi peshob, najas, balg'am bilan tashqi muhitga chiqadi. Birlamchi o'pka shaklida toun bakteriyalari havo-tomchi orqali kiradi, agar qon orqali o'tsa, u holda ikkilamchi o'pka shakli rivojlanadi. O 'pka shaklida mikrob, asosan, balg'am bilan ajraladi. Toun kasalligi to'satdan boshlanadi: bemor qattiq titraydi, boshi og'riydi, yuzi oqarib, ko'karib ketadi, xuddi qo'rqayotgan odam yuziga o'xshaydi (facies pestica), bu belgilar toun kasalligining barcha xiliga taalluqli. Har bir shakli ning o'ziga xos klinik belgilari mavjud. Antibiotiklar kashf qilingunga

  1. qadar toun kasalligidan o‘lish juda yuqori (40-90%) edi. Respublikamizda cho‘1 zonalar ko‘p bo'lganligi uchun toun kasaliigi hayvonlar orasida va onda-sonda odamlarda ham paydo bo‘lib qolish xavfi mavjud.. Toun kasaliigi o‘ta xavfli (I guruhga mansub) infeksiya bo'lganligi uchun tekshirish ishlari maxsus laboratoriyada va tounga qarshi maxsus kiyimlami kiyib o'taehtiyotkorlik bilan o'tkaziladi. Toun kasalligiga tashxis qo'yish uchun avval qon, balg'am , bubon, yara va murdadan olingan materiallar bakterioskopik usul bilan tekshiriladi. Bakteriologik usulda tekshirilishi lozim bo'lgan material maxsus oziq muhitlarga ekiladi va undan sof kultura ajratib olinadi. Kulturani morfologik, biokimyoviy, antigenlik xususiyatlariga ham da dengiz cho'chqachalari, oq sichqonlardagi biosinama natijalariga ko'ra identifikatsiyaqilinadi, ya’ni bakteriologik, bakterioskopikusullar bilan bir qatorda biologik usul ham qo'llaniladi. Tezkor immuno-fluoressent usulida bakteriyalami tekshiriluvchi materialdan maxsus immun zardoblar yordamida tezlikda aniqlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, Bil.GAR ham qo'llaniladi. Epizopatiya o'choqlarida hayvonlar zardobidagi antitelolarni aniqlash maqsadida immunoferment reaksiyasidan foydalaniladi. Tounning tezkor diagnostikasida toun baktcriofaglarini ham qo'llash mumkin.



Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling