Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


KZasallikning odamlardagi patogenezi


Download 77.78 Kb.
bet3/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

KZasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik patogenezida streptokokklar ajratadigan ekzotoksinlar, agressiv fermentlar va mikrobning o'zi liam muhim ahamiyatga ega. Streptokokklar qo'zg'atadigan kasalliklar juda xilma-xil bo'lib, bularga angina, surunkali tonzillit, saramas, shika stlanish infeksiyalari, teri va teri osti yog' qavati yiringli kasalliklari, flegmona, sepsis, nefrit, sistit, xoletsistit, revmatizm, yiringli otit, mastoidit, endometrit va boshqalar kiradi. Patologik jarayon patogen streptokokklar to'qim a hujayralariga yopis hganida (adgeziya) boshlanadi. Ularda adgeziya vazifasini ularning

hujayra devoridagi lipoteyxoyeva kislotasi bilan oqsillari bajaradi. Adgeziyadan so'ng patogen mikroblaming to'qimalardagi kolonizatsiyasi boshlanadi. Streptokokklaming to'qimalardagi himoya omillarini (birinchi navbatda fagositoz qiluvchi hujayralardan) yengishda quyidagilarning ahamiyati juda katta: a) antixemotoksik omil; b) A va В guruh streptokokklardagi kapsula; d) bakteriyalarning M-oqsili -fagositar reaksiyaga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga ega, bundan tashqari, bu omil mikroblami makroorganizm hujayrasi ichiga kirishini va u yerda ko'payishini ta’minlaydi.



Odamlarda ko'pincha /3 -gemolitik (A guruhdagi) streptokokklar kasallik qo'zg'atadi. Infeksiya bemor yoki kasal hayvonlardan, streptokokklar tushgan ovqat mahsulotlari va buyumlardan, jarohatlangan teri, shilliq qavatlar orqali organizmga tushadi, ammo streptokokklar, asosan, havo- tomchi yo'li orqali yuqadi. Odam organizmining mikroorganizmlarga qarshi tabiiy qarshiligi susayganda undagi shartli-patogen streptokokklar ko'payib kasallikni keltirib chiqaradi. Bunda turli a’zolar: teri, yuqori nafas yo'llari, o'pka, buyrak va boshqalar jarohatlanadi. Natijada streptodermiya, otit, abssess, flegmona, sistit, piyelit. glomerulonefrit, xoletsistit, peritonit, faringit va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Streptokokk infeksiyalari yiringli va yiringsiz jarayonlami yuzaga keltiradi. Yiringli kasalliklarga yuqori nafas yo'llaridagi o'tkir kasalliklar, saramas, limfa tugunlarining yallig'lanishi, impetigo, angina, tomoq va murtak bezining yallig'lanishi va boshqalar misol bo'la oladi. Yiringsiz streptokokk kasalliklariga skarlatina, revmatizm v ahk. kiradi. Bu kasalliklar patogenezida autoimmun jarayon yotadi. Streptokokklar stafilokokklar kabi bo'g'ma, chinchechak, ko'kyo'tal, gripp va qizamiqlarda ikkilamchi infeksiyalami keltirib chiqaradi. Streptokokklar kasalxona ichi infeksiyalari sifatida tug‘ru

Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling