Kasallikning odamlardagi patogenezi. Ko'kyo'tal bilan, asosan, bolaJar kasallanadi. Kasallik manbai faqat bemor yoki mikrob tashuvchi odam hisoblanadi. Ko'kyo'tal bakteriyasi bemordan 4-6 hafta davomida ajralib turadi. Kasal bola yo'talganda, aksirganda havoga tarqalgan mayda balg‘ am va shilliq tomchilaridagi ko'kyo'tal tayoqchasi sog'lom bolaning nafas yo'llari orqali organizmga kiradi (infeksiyaning havo-tomchi yo'li bilan yuqishi). Kasallik ko'pincha 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. KLasallikning 4 davri ajratiladi: 1) yashirin davri -1 ,5 -2 hafta; 2) kataral davri - 1,5-2 hafta; 3) bo'g'ilib yo'talish, ya’ni kasallikning zo'raygan davri - 4—8 hafta; 4) sog'ayish davri - 2-4 hafta. Nafas yo'li orqali tushgan kasallik bakteriyalari shu joyda ko'payadi va toksin ajratadi. Bu endotoksin tomocq, bronx shilliq qavatlarini qitiqlashi tufayli yo'tal tutadi. Adashgan
nerv retseptorlari (tolalari) uzoq vaqt qitiqlanishi natijasida uzunchoq miyaga doimiy ravishda impuls kelib turadi. Bu esa o‘z navbatida uzunchoq miyada turg'un, kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘ining paydo boiishiga, boshqa retseptorlardagi nospetsifik qitiqlanishlarning kuchli o'choqqa aylanib, yo‘tal xurujining ortishi va kuchayishiga olib keladi. Yo'tal shartsiz refleks holatidan kasallik rivojlangan sari shartli refleksga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |