Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


Download 77.78 Kb.
bet16/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

Laboratoriya tashxisi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullardan foydalaniladi. Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha: balg ‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar boiadi. Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib, havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. Shundan keyin Sil-Nilsen usulida bo'yaladi. S il-Nilsen usulida bo'yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko'rish maydonida qizil bo'lib ko'rinadi, chunki ular tarkibida yog' kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko'k rangga bo'yaladi. Miko bakteriyalar to'g'ri, egilgan, uzun va kalta bo'lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda, to'da-to'da holida uchraydi. Ba’zan ular b ir xilda bo'yalmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko'rinadi. Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh bo'yicha (15-20% HC1 yoki H2S 04 eritmasi) ishlov beriladi. So'ngra sentrifugada aylantiriladi va fiziologik eritma bilan yuviladi. Keyin Levenshteyn-Yensen muhitigaekiladi. Usulning kamchiligi shundan iboratld, mikobakteriyalarningo'sishi 2-12 haftadan so'ng kuzatiladi. Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho'chqachalarida biologik sinama о'tkazish hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml hajmda dengiz cho'chqachalarining terisi ostiga yoki qorin bo'shlig'iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so'ngra tarqalgan infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o'ladi. Serologik usulda. antigen va antitelolami aniqlovchi KBR, agglutinatsiya, bevosita

agglutinatsiya reaksiyalari (Boyden reaksiyasi) qo'yiladi. Kasallikni erta aniqlashda Pirke, Mantu kabi teri sinamalarining ahamiyati katta. Pirke reaksiyasi (teri ustiga tuberkulin surtiladi) yoki Mantu reaksiyasi (tuberkulin teri ichiga yuboriladi), asosan, bolalar silini aniqlashda qoilaniladi. Pirke reaksiyasida bilak terisi tilinib, shujoyga suyuLtirilmagan tuberkulindan bir tomchi surtiladi. Natija 48 soatdan so‘ng hisobga olinadi. Diametri kamida 5 mm li infiltrat paydo boisa, reaksiya musbat deb hisoblanadi. Mantu reaksiyasi aniqroq natija beradi. Bu reaksiya uchun tuberkulin 0,25% li karbol kislota eritmasi bilan 1:1000 va 1:100 nisbatda suyultirilib, teri ichiga yuboriladi. 48 soatdan keyin infiltrat paydo boisa, reaksiya musbat hisoblanadi. 1:100 nisbatda suyultirilgan tuberkulin yuborilganda manfiy natija olinsa, bolada sil yo‘q deb hisoblash mumkin.

9.Ичак таёқчаси чақирадиган касалликларнинг патогенези ва клиникаси

9. Ичак таёқчаси келтириб чикарган касалликларнинг лаборатория ташхиси. Escherichiacoli




Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling