Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


Kasallikning odamlardagi patogenezi


Download 77.78 Kb.
bet19/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Bemor, bakteriya tashuvchi va rekonvalessentlar infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik o g 'iz orqali yuqadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri o'rtacha LO-14 kun. Infeksiya patogenezida 7 davr tafovut qilinadi: 1) organizmga tushish davri qo'zg'atuvchi og'iz orqali odam organizmiga kirib me’daga tushadi, so'ng 12 barmoq ichakka, keyin ingichka ichakning pastki bo'l imiga yetib boradi va epiteliy hujayralariga birikadi. Bu yerda mikrob u<;hun qulay sharoit boiganligi sababli ular ichak devoridagi limfa bezlari ga, so'ngra limfa follikulalariga kirib tezda ko'paya boshlaydi, 2) invaziya davri (kirib olish davri). Bu davrda (7-28 kun) ingichka ichakning pastki qismidagi solitar follikula va Peyer pilakchalarida yallig'lanishjarayoni rivojlanadi. Bu ikki davr kasallikning inkubatsion davrini tashkil qilib, b u davming oxirida mikrob ingichka ichakning limfa sistemasidan qonga о "‘tadi. Bunda bemorda kasallikning klinik belgilari paydo bo'la boshlaydi . Bu davrda qonda juda ko'p miqdorda bakteriya bo'Iadi, shuning uchun b u bosqichni bakteremiya davri (3-davr) deyiladi. Qondagi salmonellalar qon bilan butun organizmga tar qaladi. Ular ko'p a’zo va retikuloendotelial to'qimalarda limfa bezlari, taloq, jigar, ilik, buyrak va boshqa a’zolarda ko'payadi. Bu davr 7 kun davom etib, kasallikning birinchi haftasiga to'g'ri keladi va bu davr a’zolarga tarqalish davri (4-davr) deyiladi. Tif va paratif salmonellalari qonda ko'payadi va qonning bakteriotsid ta’sirida bakteriyalar parchalanadi, natijada qonga ко' p miqdorda endotoksin tushadi, u o'z navbatida bemor organizmini zararlsaydi, shuning uchun buni zaharlanish (intoksikatsiya) davri (5-davr) deyiladi. Bu kasal­ likning ikkinchi haftasiga to'g'ri kelib, harorat ko'tariladi , yurak, qon, markaziy nerv sistemasining faoliyati buziladi, shuningdek, boshqa o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin. Bu davrda bemor organizmida sal- monellalarga qarshi immun javob rivojlanadi, fagositoz kucha. yadi va qonda

deyarli mikrob qolmaydi. Parenximatoz organlar ham salmonellalardan asta-sekin tozalanadi. Lekin ularba’zi odamlarning o‘tpufagida saqlanib qoladi. Bu joyda qorin tifi va paratif salmonellalari juda yaxshi ko'payadi, shuning uchun tif bakteriyalari safro yo'llari orqali juda ko'p miqdorda qaytadan ichakka tushadi. Tif bakteriyalarining bir qismi najas orqali tasliqariga chiqariladi, qolgan qismi ingichka ichak devoridagi birinchi bor salmonella ta’sirida sezgir (sensibilizatsiya) bo'lib qolgan Peyer pilakchalari va solitar follikulalarga ikkinchi marta kiradi, ya’ni invaziya ro'y beradi. Natijada pilakchalar va Solitar follikulalar yallig'lanadi, shishadi, so'ngra chiriydi, yaralar paydo bo'lib, uning usti parda bilan qopl anadi. Ba’zan bu yaralar yorilib ichakdan qorin bo'shlig'iga «oqmalar» chiqishi va peritonitga olib kelishi mumkin, bunda bemorga zudlik bilan jarrohlik yordami ko'rsatilmasa u nobud bo'lishi mumkin. Bu - kasallikning eng zo'raygan davri hisoblanadi. Bu davrda tif, paratif bakteriyalari buyrak orqali peshob bilan bemor organizmidan tashqi muhitga chiqadi, bu holatni bakteriuriya deyiladi. Kasallik patogenezidagi bu davr mikrobning tashqariga chiqarilish va allergik davri (6-davr) deb ataladi. Agar organizmning himoya faoliyati patogen omillami yengsa, unda sog'ayish davri (7-rekonvalessensiya davri) boshlanadi. Bu davrda bemorning harorati normallashadi, umumiy ahvoli yaxshilanadi, zararlangan a’zo va to'qimalar tiklana boshlaydi. Bu darddan sog'ayganlarning 80% i ikki haftagacha, 3-5% i bir necha oy va yillargacha, hatto umrining oxirigacha bakteriya tashuvchi bo'lib qoladi. Bakteriya tashuvchilik bemorlar sog'aygandan so'ng qoladigan immiinitetning kuchsizligi, o'tpufagi va jigarda yallig'lanish jarayoni paydo bo'lishi natijasida ro'y beradi. Qorin tifi har xil: juda yengil yoki og'ir-o'lim bilan tugaydigan shaklda kechishi mumkin. Shuning uchun ayrim hollarda klinik jihatdan qorin tifini paratif va boshqa kasalliklardan ajratib olish qiyin. Bunda laboratoriya tekshi ruvi o'tkazish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda qorin tifi va paratifflar sporadik holda uchraydi, yengil kechadi, asoratlar va letallik kam.




Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling