Hamshiralik ishi


ONALIKDA HAMSHIRALIK PARVAR ISHINING FAOLIYATI


Download 64.17 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi64.17 Kb.
#1650260
1   2   3
Bog'liq
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK YORDAM KO`RSATISH MUASSASALARIDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O`RNI

ONALIKDA HAMSHIRALIK PARVAR ISHINING FAOLIYATI
Homilador, tug‘ayotgan va tuqqan ayollarga yo‘naltirilgan asosiy faoliyat. O‘zbekistonda akusher-ginekologik xizmat ko‘rsatishning asosiy prinsiplari:
Respublikada tug‘ruq xizmati ko‘rsatish bepul, barchani 100% qamrab oladi, ilm-fanda zamonaviy o‘zgarishlarga asoslangan holda tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini muntazam ravishda oshirib boradi.
Akusher-ginekologik xizmatning asosiy maqsadi – aholi orasida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, abortning oldini olish va sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash.
Akusher-ginekologik xizmatning vazifalari – ayollarning barcha hayotiy davrlaridagi salomatligini saqlash va himoya qilishdan iborat.
ONALIK VA BOLALIKNI HIMOYA QILISHDA HAMSHIRANING ROLI
Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan: sog‘lom oilani shakllantirish, ayolning reproduktiv salomatligini saqlash va himoya qilish, hamshiralik faoliyatining obyekti bo‘lib, ayol uning oilasi va jamiyati hisoblanadi. Hamshira akusherlik va ginekologiyada hamshiralik jarayonini olib borishda ayol va uning oilasiga turli davrlarda davolashprofilaktik
yordam ko‘rsatadi, nazorat va kuzatuvni olib boradi, ginekologik patologiya holatlarida kerakli yordamni ko‘rsatadi. Tibbiyot hamshirasi – ayolga va uning oilasiga maslahatchi, yordamchi vazifasini bajaradi. U hamshiralik jarayoning barcha bosqichlari: birlamchi tekshiruvni o‘tkazish, bemor muammolarini
aniqlash, hamshiralik parvarishini rejalashtirish, parvarishni amalga oshirish, parvarishning natijalarini kundalik va yakuniy baholashi shart. Hamshira xavfli omillar, klinik belgilar, asoratlar haqida bilishi shart. Ginekologik kasalliklarni oldini olish, bemorlar va tibbiy xodimlarni infektsiyaga xavfsizlikni ta’minlashi shart. Hamshira akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsata olishi, tug‘ruqni qabul qila olishi kerak.
SOG‘LIQNI TARG‘IBOT QILISH KONSEPtSIYASI
Onalikda hamshiralik parvarishi obyekti – bu o‘z sog‘liqlarini mustaqil nazorat qila oladigan va o‘z sog‘liqlarini yaxshilay oladigan, yuqori darajadagi sog‘liqqa ega bo‘lgan aholi qismidir. Hamshiralik parvarishida «sog‘liqni targ‘ibot qilish» konsepsiyasini bilish muhimdir.
1. Sog‘liqni targ‘ibot qilish deganda nima tushuniladi? 1986-yil Ottava xartiyasida «sog‘liqni targ‘ib qilish» quyidagicha berilgan: bu jarayon kishilar o‘z sog‘liqlarini mustaqil nazorat qilishlari va sog‘liqlarini yaxshilashlari, sanitar-oqartuv ishlarini olib borishlari va bunga kerakli shart-sharoitlarni yaratishlari kerak. Shunday qilib, salomatlik – bu yashash maqsadi emas, balki kundalik hayotga kerakli zahiradir. Bu konsepsiya bo‘yicha salomatlik jismoniy holat bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy va individual zahira bo‘lib hisoblanadi.
Sog‘lom hayot tarzi targ‘iboti faqatgina majburiyat emas, balki keng ijtimoiy harakatdir. Bu konsepsiya bo‘yicha har bir inson o‘z sog‘lig‘i uchun javobgardir, shifokorlar va hamshiralar esa salomatlikni yaxshilash uchun ma’suldirlar.
2. Ayollar hayoti davomida olib boriladigan sanitar-oqartuv ishlar. 1992-yildan boshlab bolalar ginekologi kabinetlarini ochilishi. Bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishda asosiy tadbirlar, reproduktiv faoliyatning buzilishi va ginekologik kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlarga – bolalar va o‘smirlarda uchraydigan jinsiy sistemasining funksional buzilishlari va kasalliklarini davolash, o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish kiradi. Bolalar va o‘s mirlar ginekologiyasi muammolari o‘rganib chiqilganda, hamda ushbu sohada qilingan ilmiy tadqiqotlarni tadbiq qilish natijasida, ushbu soha bo‘yicha mutaxassis – shifokorlar tayyorlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu mutaxassislar bolalarning jinsiy a’zolarida uchraydigan kasalliklar va buzilishlarni davolash va oldini olish uchun yordam ko‘rsatadilar. Bunday mutaxassislarni tayyorlash O‘zbekistonda 1992-yildan boshlangan. Bolalar va o‘smirlar ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olish uchun 3 bosqichli tizim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
1 bosqich – maktabgacha bo‘lgan muassasalarda, maktablarda va bolalar dam olish maskanlarida tibbiy yordam ko‘rsatish. Bunda asosiy masala o‘qituvchilar, ota-onalar va qizlar orasida sanitaroqartuv ishlarini olib borish, qizlar orasidan kasalliklarni aniqlab, mutaxassislarga yuborish.
2 bosqich – davolash va oldini olish ishlari oilaviy poliklinikalarning
maxsus xonalarida olib boriladi. Bu bosqichning vazifasi – shifoxona sharoitida davolanishni talab qilmaydigan jinsiy a’zolardagi kasalliklarni tashxislash va davolashdan iborat.
3 bosqich – shifoxona sharoitida bemorlarni tashxislash va davolash. Shifokorning muntazam nazoratiga, murakkab tekshirish usullariga va davolashga muhtoj bemorlar shifoxonaga davolanish uchun yuboriladi. JSS Tashkiloti ekspertlari aytishicha, o‘smirlik davri nisbatan muammolardan holi bo‘lishiga qaramay, kritik davr hisoblanadi, chunki bu davrdagi noto‘g‘ri ovqatlanish va turli xil kasalliklar keyinchalik reproduktiv davrida katta asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom turmush tarzini o‘rgatishdan maqsad – inson salomatligini
yaxshilash va saqlash, shuning uchun bir kishi kasal bo‘lgan taqdirda ham hamshira mutaxassislarni jalb qilishi kerak. Shundan keyingina har bir mutaxassis o‘z vazifasini va davolash rejasini tuzib, sog‘lom turmush tarzini amalga oshirishi kerak. Sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish uchun barcha aholini qamrab olinishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy yordamni yaxshilanishi, sog‘lom turmush tarzini
yaxshilanishiga olib keladi, bunda hamshiraning ham roli katta ahamiyatga ega.

Download 64.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling