Hokimiyat bo’linishini tarixiy ma’nosi
Konstitutsiyaviy monarxiyaning asosiy prinsipi- hokimiyat bo’linishi prinsipi deb hisoblash xato bo’lgan. Monarxning qo’lidagi hokimiyat yo’qolmagan edi, ammo uning vakolatlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlarining orasida bo’lingan.
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi funksiyalar sud tomonidan nazorat qilinishi bu sud, ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi vazifalar ham sudlar kompetensiyasida birlashganligini anglatadi. Shunday qilib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlar, bir tomondan, qonun beruvchi va ijro etuvchi organlarga tegishli, boshqa tomondan esa, ular sud hokimiyatning zimmasiga ham kiradi. Qonunchilik jaroyonidagi monarxning ishtiroki u ham qonun chiqaruvchi ham ijro etuvchi vakolatiga ega bo’lganini anglatadi.Shunday qilib, qonun beruvchi vakolat parlament va monarx o’rtasida bo’linadi. Konstitutsiyaviy monarxiyada ijro etuvchi hokimiyat boshlig`i boshqa hokimiyatlarni oldida majburiyati yo’q, lekin vazirlar mahkamasi parlamentga hisobot berishi shart. Shuningdek, monarx tomonidan qabul qilingan aktlarni nafaqat monarxning o’zi , balki vazirlar mahkamasi ham imzolashi lozim. Shunday qilib, parlament , qonun chiqaruvchi organ bo’lsa ham, u ijro etuvchi organlarni nazorat qilish vakolatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |